Muammoli ta’lim vauning o’ziga xosliglari muammoli vaziyatlarni yaratish,murakkab masalalarni mustaqil izlash va hal etish


Muammoli o‘qitish metodining tuzilmasi



Yüklə 30,99 Kb.
səhifə3/3
tarix15.06.2022
ölçüsü30,99 Kb.
#89564
1   2   3
MUAMMOLI TAlim

Muammoli o‘qitish metodining tuzilmasi

Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni demak muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq yuqorida ta’kidlanganidek barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni uning yechimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.



Evristik metodi o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra bir muncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
xorijiy ta’limda tyutor, edvayzer, fasilitator va moderatorlik faoliyati
Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi.
TYuTOR - ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi hollarda ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma’ruachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi.
EDVAYZER (advisor)-fransuzcha “avisen”“o‘ylamoq”) tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyixalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi.
FASILITATOR - (ingliz tilida .facilitator, latinchafacilis–engil, qulay)- guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy yechimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
MODERATOR -Qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi.
Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog yoki o‘qituvchi deb yuritiladi.

Modulli o’qitishning mohiyati.

Modulli o‘qitish XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va ingliz tilli mamlakatlarda tez tarqaldi. Modulli o‘qitish nazariyasida modul tushunchasi qandaydir bir tizimining aniq funksional vazifasini bajaradigan (yukini ko‘taradigan) mustaqil biror bir qismini bildiradi.
Modul deganda, ma’lum o‘quv predmeti bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zda tutib, ob’ektlarning muhim jihatlarini mantiqan tugal va mukammal holda yorituvchi o‘quv materialining didaktik birligini tushunamiz.
Modulli ta’lim – bu bilimlarni nazorat qilish bilan hamohanglashgan, qandaydir mantiqiy yaxlitlik va tugallanganlikka ega o‘quv axborotidagi mantiqiy belgilangan qism.
Ta’limiy modul – unga tegishli metodik materiallar bilan birgalikdagi o‘quv kursining mazmunli qismi.
O‘quv moduli – har bir o‘quv topshiriqlarini bajarish vaqti, nazorat va hisobga olish usullari, o‘quv materiallari (paragraf, mavzu, bo‘lim, fan, integrallashgan kurs)ni o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatmalar. Ko‘proq oddiy va o‘ziga xos tarzda o‘quv moduli uni o‘rganishning ko‘proq oqilona shakl va metodlari bilan birgalikda odatiy o‘kuv dasturlari mavzu(bo‘lim)larini aks ettiradi.
Modulli o‘qitishning mohiyati shundani iboratki, ta’lim oluvchi (talaba) o‘ziga taqdim etilgan individual o‘quv dasturi asosida mustaqil ish olib boradi. Bu o‘quv dasturida xarakatlarning rejasi, axborotlar bloki, o‘qitish natijalariga erishish bo‘yicha metodik tavsiyanomalar bo‘lishi kerak. O‘qituvchi bu sharoitda nazorat qilishi, maslahat berish, axborotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha xarakatlarni muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi.
Modulli ta’limning o’ziga xosliklari.
O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YuNESKOning Tokiodagi Butunjahon Konferensiyasida so‘z yuritilgan edi. Modulli o‘qitish texnologiyasi funksional tizimlar, fikrlashning neyrofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarping umumiy nazariyasidan kelib chiqadi.
Bu sohalardagi izlanishlarga ko‘ra, to‘qimasi modulli tashkil topgan inson miyasi, axborotni kvant ko‘rinishda (boshqacha aytganda, ma’lum hissalar ko‘rinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi.
Modulli o‘qitish, kasbiy ta’limning quyidagi zamonaviy masalalarini har tomonlama yechish imkoniyatlarini yaratadi:

  • modul - faoliyatlik asosida o‘qitish mazmunini optimallash va tizim­lash dasturlarni o‘zgaruvchanligi, moslashuvchanligini ta’minlash;


  • o‘qitishni individuallashtirish;


  • amaliy faoliyatga o‘rgatish va kuzatiladigan harakatlarni baholash darajasida o‘qitish samaradorligini nazorat qilish;


  • kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o‘qitish jarayonini faol­lashtirish, mustaqillik va o‘qitish imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish.




Modulli o‘qitishning hozirgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: fan bo‘yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi.
Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konsepsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazardan, o‘qitish jarayoni to‘laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta’lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini o‘quvchi tomonidan ketma-ket o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Turli konsepsiyalar doirasida, modulli ta’lim dasturlari, turli xil tarkib va tarkibiy tuzilmalardan iborat bo‘ladi, turli shakldagi hujjatlarda taqdim etiladi, ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majburiy ravishda o‘z ichiga oladi: maqsadli mazmuniy dastur; turli ko‘rinishlarga taqdim etilgan axborotlar banki; o‘quvchilar uchun uslubiy ko‘rsatmalar.


  1. Modulli o’qitish tamoyillari.

1) modullilik – o‘qitish mazmunidan alohida elementlarini bo‘lib olish;
2) dinamiklik – bilimning xarakatchanligi (amaliyligiga) va tezkorligiga erishish;
3) moslashuvchanlik – ta’lim mazmunini va unga erishish yo‘llarini ta’lim oluvchining individual ehtiyojiga qarab moslashtirish;
4) metodik maslahatning xar tomonlamaligi – ta’lim oluvchining bilish faoliyatida va pedagogik faoliyatda professionallikni ta’minlash;
5) tenglik – ta’lim oluvchi va pedagog o‘rtasida ishchan xamkorlikni ta’minlash;
6) xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga, o‘quvchilarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
7) o‘quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil o‘quvchilarda individual va mustaqil ishlash uchun o‘quv vaqtining zahirasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
8) uzviylik tamoyili. Bu tamoyil o‘quv maqsadlariga erishish imkoniyatini ta’minlash uchun o‘quv rejasi va dasturlarni ishlab chiqishda tizimli yondashishin anglatadi. Bunda fanlarning maqsadlariga ko‘ra, o‘quv rejadagi soatlar mosligi ta’minlanadi.
9) faoliyatlilik tamoyili: bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi;
10) tizimli kvantlash tamoyili. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, pedagogik bilimlar konsepsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi.
11) motivatsiya (qiziqishni uyg‘otish) tamoyili. Bu tamoyilning mo­hiyati, o‘quvchining o‘quv-bilim olish faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi. Bu asosiy qoidadir.
12.) modullik tamoyili. Bu tamoyil o‘qitishni individuallash-tirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
13) muammolilik tamoyili. Bu tamoyil muammoli vaziyatlar va mashg‘ulotlarni amaliy yo‘naltirilganligi tufayli, o‘quv materialining o‘zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi.


14) kognitiv vizuallik (ko‘z bilan kuzatiladigan) tamoyil. Bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko‘ra o‘qitishdagi ko‘rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o‘zlashtirish unumdorligini oshiradi.



Yüklə 30,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə