Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyeva



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə58/116
tarix21.12.2022
ölçüsü5,55 Mb.
#97395
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116
JAHON-AXBOROTRESURSLARI

Wiley Online Library tabiiy fanlar, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va gumanitar fanlarga oid onlayn resurslarning ulkan ko‘p tarmoqli kolleksiyasi hisoblanadi. 1500 dan ziyod jurnallarning 4 000 000 maqolalari, 9000 kitob va yuzlab ko‘p hajmli ma’lumotnomalar, laboratoriya tadqiqotlari va ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanish imkonini yaratadi.
Wrox – Wiley kompaniyasining nashriyot bo‘linmasi bo‘lib, dasturlashga oid kitoblarni nashr qiladi. Ushbu sayt turli darajadagi dasturlash mutaxassislariga o‘zaro tajriba almashish, har xil loyihalar bilan almashish, dasturlash kodlarini va hakozolarni aniqlashga yordam beradi.
Wiley-VCH – Nemis Kimyo Hamjamiyati va Wiley kompaniyalarining qo‘shma loyihasi bo‘lib, turli xil ilmiy, texnik va ixtisoslashgan ma’lumotlarning (kitoblar, jurnallar va kitoblar to‘plamlari) nemis tilidagi bosma va elektron shakllarini nashr qiladi. Ixtisosliklar: tabiiy fanlar, kimyo va materialshunoslik.
IOP Publishing
IOP Publishing kompaniyasi – AQSHning Fizika instituti (Institute of Physics) qoshidagi nashriyot hisoblanadi. Institut fizika sohasini rivojlantirish va dunyoning kuchli fiziklarini ilmiy tadqiqotlarga jalb qiladigan yetakchi ilmiy hamjamiyat hisoblanadi. Butun dunyoda a’zolariga ega bo‘lib, bu fanning turli sektorlaridan 50 000 ga yaqin yetakchi fiziklardan iboratdir. IOP Publishing fizika fani tadqiqotlarini ilgari surish, ta’limda qo‘llash masalalari shuningdek, jamoatchilik, siyosatshunoslar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Kompaniyaning noshirlik faoliyatidan tushadigan barcha foyda, institut tomonidan rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar olimlarini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.
IOP Publishing dunyo ilmiy hamjamiyati uchun fizika, elektron kitob, konferensiya materiallari bo‘yicha qimmatli ilmiy jurnallarni taqdim etadi. Bu mahsulot va xizmatlar tadqiqotchilar va tadqiqot muassasalarigan o‘zining izlanishlarini keng ommaga yetkazishga imkon yaratadi.
Nashriyot ofislari Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy va Yaponiya, shuningdek, Meksika va Sidneyda, dunyoning turli qismlarida fizika va uning turdosh sohalari bo‘yicha xodimlariga ega. 70 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop jurnallar chop etilib, ularning IOP Publishing ga tegishli qismi boshqa ilmiy tadqiqot tashkilotlari, nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlikda chop etilgan. Bu jurnallarning ko‘pi o‘zining sohasi bo`yicha ko‘p havolalarga egadir.
Bir yilda o‘rtacha 30000 dan ziyod maqolalar chop etiladi, foydalanuvchilarning murojatlari 22 mln.dan ortiqdir.



Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə