|
![](/i/favi32.png) Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti m. A. Raxmatullayev, B. I. Ganiyevahttp://histories.cambridge.org/public_home
|
səhifə | 57/116 | tarix | 21.12.2022 | ölçüsü | 5,55 Mb. | | #97395 |
| JAHON-AXBOROTRESURSLARIhttp://histories.cambridge.org/public_home
Shakespeare Survey Online (Online Shekspir So‘rovnomasi)
Yillik Shakespeare Survey Online (Online Shekspir So‘rovnomasi) nashri 1948 yildan nashr etib kelinadi. Har bir nashr aniq bir mavzu, p’esa yoki p’esalar to‘plamiga bag‘ishlanadi va nashr maqolalari o‘zining sharhiga va Shekspirning Buyuk Britaniyadagi zamonaviy sahna ko‘rinishlari haqidagi kritik materiallarga ega bo‘ladi. Shakespeare Survey Online (Online Shekspir So‘rovnomasi) ning elektron kolleksiyasi boy illustratsiyaga - ya’ni ko‘pgina noyob sur’at, rasm, portretlarga ega bo‘lib, uning ma’lumotlar bazasiga alohida Online Cambridge Kolleksiyalar platformasi yordamida kirish imkoniyati mavjud.
Shakespeare Survey Online (Online Shekspir so‘rovnomasi)
64 tomdan iborat;
Arxivi- 1948-yildan boshlangan;
Original bosma nashrga to‘liq mos tushadi;
Qulay interfeys va mukammal qidiruv tizimiga ega bo‘lib, IP -adres orqali kirish imkoniyati mavjud bo‘lib, har bir foydalanuvchining qidiruv natijasi saqlanadi.
http://www.cambridge.org/online/cco.htm
University Publishing Online – Cambridge University Press kompaniyasi dunyoning boshqa nufuzli universitetlarining nashriyotlari bilan hamkorlik qilib butun dunyodan ilmiy asarlarni bir to‘plamga yig‘adi. Bunga quyidagi nashriyotlar ishlari kiradi: Emirates Center of Strategic Studies and Research, American Mathematical Association, Edinburgh University Press, Liverpool University Press, Royal Economic Society, Acumen Publishing, The University of Adelaide, Boydel&Brower, Anthem Press va boshqa nashriyotlardir.
3.9. WILEY
Wiley (AQSH) – xalqaro tashkilot bo‘lib, akademik adabiyotlar, tibbiyot xodimlari, olimlar, tadqiqotchilar, mutaxassislar, oliy o‘quv yurt talabalari va o‘qituvchilari uchun adabiyotlar, kitob, jurnal, ensiklopediyalarning bosma va elektron shakllarini nashr etishda ixtisoslashadi, shuningdek, Internet mahsulotlari va xizmatlaridan erkin foydalanishni taqdim etadi. Kompaniya 800 ilmiy jamiyatlar bilan hamkorlik qilish orqali 4000000 maqola, 1500 jurnal, 9000 kitob va yuzlab kitoblar seriyalaridan erkin foydalanish imkonini yaratadi.
Quyidagi sohalarni qamrab oladi:
Tibbiyot, hamshiralik va stomatologiya
Qishlok xo‘jaligi
Buxgalteriya va moliya
San’at va arxitektura
Biznes va menejment
Ximiya
Kompyuter fanlari
Turizm, mehmonxona va kulinariya
Yer va atrof-muhit haqidagi fanlar
Iqtisod
Ta’lim va pedagogika
Muhandislik fanlari va materialshunoslik
Yuridik fanlar
Tabiiy fanlar
Matematika va statistika
Fizika va astronomiya
Psixologiya
Veterinariya
Tilshunoslik
WILEY kompaniyasining mahsulotlari:
FOR Dummies – eng ommabop kitob seriyalar ma`lumotnomalari bo‘lib, 1600 nomdagi 200 million kitoblarni o‘z ichiga oladi. Mutaxassisliklarni qamrovi sohalari: raqamli fotosur’at, fitnes, ovqat va ichimliklar, pazandachilik, sog‘lom oziqlanish, ro‘zg‘orshunoslik.
Dostları ilə paylaş: |
|
|