Tibbiyot xodimlari malaka oshirish instituti hujjat almashish tizimi



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə1/10
tarix08.06.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#116017
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Hujjat almashish tizimi




MUNDARIJA




KIRISH 2
I BOB. HUJJAT ALMASHISH TIZIMIDA ISHLATILGAN TEXNOLOGIYALAR 6
1.1. TCP IP protokoli 6
1.2. Mijoz-server arxitekturasi 11
1.3. MySQL, SQL tilining realizatsiyasi 13
II BOB. “TIBBIYOT XODIMLARI MALAKA OSHIRISH INSTITUTI HUJJAT ALMASHISH TIZIMI” UCHUN DASTURLASH MUHITI HAMDA MALUMOTLAR BAZASI 21
2.1. PHP dasturlash tili haqida 21
2.2. PHP tili asoslari 24
2.3. PHP tilining operatorlari 26
III BOB. TIZIM loyihasi va interfeysi 32
3.1. Dasturiy taminotni yaratish va ishga tushirish jarayoni 32
3.2. Tibbiyot xodimlari malaka oshirish instituti hujjat almashish tizimi 34
3.3.Foydalanuvchilarni favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash 39
XULOSA 43
ILOVA 47

KIRISH


Mamlakatimizda mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechilib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, ilg’or jahon tajribasiga asoslanib, hayotimizni tubdan yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta’lim va tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratilib, bor kuch va imkoniyatlar shu yo‘lda safarbar etilib kelinmoqda. Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti shunday degan edi: “Biz bir haqiqatni esdan chiqarishga haqqimiz yo‘k, ya’ni hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi. Islohotlar va o‘zgarishlar yo‘lida faqatgina erishilgan marralar bilan cheklanib qolish aslo mumkin emas. Islohotlar va o‘zgarishlar jarayoni hech qachon nihoya bo‘lmaydi. Albatta, biron bir bosqich yakunlanishi mumkin, ammo hayotning o‘zi yangidan - yangi bosqich va vazifalarni hali oldimizga qo‘yaveradi.
XXI asr – axborot texnologiyalari asrida yashar ekanmiz, har qadamda insoniyat faoliyatining barcha jabxalariga axborot texnologiyalari shiddat bilan kirib borayotganligining guvohi bo‘lamiz. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2012-yil 21-mart, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi ПҚ-1730-sonli qarorida faoliyatning barcha tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida” ПФ-5349-sonli qarorida sohada mavjud kamchiliklar keltirilgan bo‘lib, unlarni bartaraf etish va sohani jadal rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Bugungi kunda respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari ham bunday jarayonlardan chetda qolmayapti. Davlatimiz rahbari tomonidan 2017-yil 20-aprelda qabul qilingan “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi ПҚ-2909-sonli qarorida ham oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlari sirasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vositalarini keng targ’ib qilish kiritilgan. Bundan tashqari, “Raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimizda ishlab chiqarilishini va ichki bozorini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish va uning muvofiqlashtirilishini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida va iste’molchilarda zamonaviy dasturiy mahsulotlar va axborot tizimlarini yaratish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining eng muhim vazifalaridan biri etib belgilangan.
Hozirgi kunda tashkilotlarda fayl almashinish dasturlari kamligi yoki umuman yo’qligi sababli o’zaro almashishinishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Ko’pchilik asosan flash xotira yoki internetdan foydalanishadi va noqulayliklarga duchor bo’lishadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə