BOOK CITATION INDEX - ilmiy yo‘nalishlarning yetakchi olimlarini 28 000 dan ortiq ilmiy adabiyotlar va momnografiyalarning indeksi haqida bibliografik axborotlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, to‘liq matnli manbalarga havolalar ham mavjud.
Indeks institutlarning resurslariga kirish imkoniyatini beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri elektron kitoblar va kutubxona kataloglariga murojaat qiluvchi tizim asosida ijtimoiy va gumanitar fanlar bo‘yicha kitoblarning kolleksiyalaridan foydalanishga imkon beradi.
Book Citation Index Web of Science kutubxonalarning kitob fondlarini tadqiqot instrumentlari bilan ta’minlaydi. Bu orqali kerakli axborotni tez va oson topishga imkon beradi. Web of Science
taqdim etadigan kitoblar, jurnallar, konferensiya materiallari havolalari bo‘yicha qulay navigatsiyani taqdim etadi. Mualliflar va tadqiqotchilar ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha kitoblarni havola qilinishini dunyo tadqiqotlari bilan solishtirish imkoniga ega bo‘ladilar.
№
|
Operator
|
Ma`nosi
|
|
AND
|
Barcha qidiruv shartlarini mujassamlantirgan yozuvlarni qidirish uchun qo‘llaniladi. Agar so‘rovlar qatoriga bir nechta so‘zni ketma-ket yozsangiz, tizim avtomatik tarzda bu turdagi so‘rovni AND mantiqiy operatori bilan bog‘laydi. Qidiruv natijasida so‘rovdagi barcha so‘zlar uchraydi, ular mantiqiy bir-biriga bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin.
So‘rov shakli: rent based economy
Rent AND based AND economy
|
|
OR
|
So‘rovlar qatoriga kiritilgan u yoki bu yozuvni qidirish uchun qo‘llaniladi.
So‘rov shakli: rent OR transition economy
|
|
NOT
|
Ma’lum bir so‘zni qidiruvdan olib tashlash uchun qo‘llaniladi
So‘rov shakli: «Authoritarian regime» NOT Russia
Qidiruv natijasida Rossiyadan tashqari barcha mamlakatlardagi avtoritar rejim haqidagi maqolalar aks ettiriladi
|
|
NEAR/n
|
Matndagi so‘zlar bir-biridan n ta so‘zdan oshmasligi kerak. Siz belgi / raqamni qidirilayotgan so‘zlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan so‘zlar sonini keltirib o‘tasiz. Agar raqam ko‘rsatilmasa, tizim 15 ta so‘zlik maksimal intervalni tanlaydi.
So‘rov shakli: nation* NEAR/3 state
Qidiruv natijalari bir-biridan 3 ta so‘z oraliqda uchraydigan millat (nation*) va davlat (state) so‘zini o‘z ichiga oladi.
|
|
SAME
|
Manzilli qidiruv (Address qatori), bir abzatsdagi berilgan so‘zlar (oldindan belgilangan so‘zlar).
So‘rov shakli: polit* SAME institut* SAME USA
Qidiruv natijalari AQShdagi siyosiy (siyosiy va siyosiy-iqtisodiy) polit* (polit*) so‘zi ishtirok etgan) institutlar va tashkilotlar (institut* institute va institution so‘zlarini topishga yordam beradi.
|
|
( )
|
Agar qidiruv so‘rovi bir nechta so‘z tuzilishi va mantiqiy operatorlarga ega bo‘lsa ularni () simvoli orqali guruhlashtirish qulay.
So‘rov shakli (sarlavha bo‘yicha (Title)): («weapons of mass destruction» OR WMD) (terror* OR agent)
|