Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil ish



Yüklə 232,02 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü232,02 Kb.
#160182
  1   2   3   4
Dunyoqarash MUSTAQIL ISH fALSAFA




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH
MAVZU: Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari.
Bajardi: 13/23 guruh talabasi Mamatov Bekzod


QARSHI-2023
Reja

  • Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalar.

  • Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi.

  • Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri. O‘rta asr Sharq falsafasi va uyg‘onish davri xususiyatlari. Yangi davr Sharq tasavvufi.



Dunyoqarashning mohiyati va tuzilishi:
Hayot tajribasi va empirik bilimlar asosida shakllanadigan dunyoqarash oddiy dunyoqarash deb ataladi va insonning dunyo haqidagi tasavvurlarining tizimsiz majmui sifatida amal qiladi. U har qanday dunyoqarashning negizi hisoblanadi va odamlarga kundalik hayoti, faoliyatida yo‘l ko‘rsatib, ularning xulq-atvori, aksariyat qilmishlarini belgilab, muhim regulyativ funksiyani bajaradi. Keng ma’noda, dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari,, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va mo‘ljallaridir.
Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash funksiyalari mujassamlashadi.Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha savollarni, shuningdek muayyan yo‘l bilan topuvchi javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi. Dunyoqarashning xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini tarbiyalash, ma’naviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining ma’naviy dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi..
Dunyoqarashda intellektual, emotsional va ruhiy asoslar uzviy bog‘liq bo‘lib, ular jamuljam holda har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida amal qiladi. Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar – odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi. Dunyoqarashga sub’ektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fe’l-atvori xususiyatlari, odatlari va e’tiqodlari, shuningdek milliy madaniyat tipi, etnos xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Dunyo haqidagi tasavvurda ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarni ajratish ham o‘rinli bo‘ladi.
Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (subyekt dunyosi) va «Men - emas» (subyektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir. Dunyoqarash dunyo to‘g‘risidagi umumiy g‘oyalar, qarashlar, insonning dunyoda tutgan o‘rni, hayotiy yo‘nalishi, ishonch-e’tiqodi, ideali, bilim tamoyillari, o‘zi va boshqalarning hayotdagi o‘rnini belgilab olishi, inson mohiyatini, o‘zligini anglashi haqidagi qarashlar tizimidir.
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy idrok etishdir. Bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi, uning obrazini subyektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi. Masalan, bemor odamga haddan tashqari yorug‘ bo‘lib tuyulishi mumkin bo‘lgan nur, sog‘lom odam uchun normal bo‘ladi; daltonik ranglar gammasini ko‘rish qobiliyati normal bo‘lgan odamga qaraganda butunlay boshqacha idrok etadi. Bundan dunyoni sezishning har xil, xususan, optimistik, pessimistik, fojeaviy tiplari kelib chiqadi.
Tarixiy taraqqiyot turlari jihatidan: 1) afsonaviy (mifologik), 2) diniy, 3) falsafiy qarashlardan va 4) ilmiy dunyoqarashdan iborat.
1) Mifologiya (yunoncha – metos naql, rivoyat logos fikr ta’limot degani) - ibtidoiy ongda voqelikning xayoliy in’ikosidir. Mifologik dunyoqarashda olamning kelib chiqishi, tuzilishi, tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib xayoliy shakllarda tasvirlanishidir. Mifologiya tabiat va ijtimoiy turmushning shunday shaklini o‘zida xalq xayolan g‘ayritabiiy ongsizlarcha badiiy qayta ishlab chiqqan.
2)Diniy dunyoqarash. Dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. Din so‘zi arabchadan tarjimada “e’tiqod, ishonch, ishonmoq” degan ma’nolarni anglatadi. Mif kabi, din zamirida ham e’tiqod, tuyg‘ular va emotsiyalar yotadi. Garchi din kurtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, ya’ni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif ta’sirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
3) Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni aqliy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir. U diniy dunyoqarashdan farqli ravishda insonning aqliy intellektual faoliyatiga ko‘proq e’tibor beradi. Falsafiy dunyoqarash - bu mantiqiy tahlil va umumlashtirishlar, mantiqiy muhokamalar va xulosa chiqarishlar, mantiqiy asboblar va raddiyalar asosida nazariy fikr dunyoni, borliqni tushunish, tushuntirish, baholash va izohlashdir.

Yüklə 232,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə