Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 Minerallarning kristall tuzilishi



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   335
-qullanma

 
5.2. Minerallarning kristall tuzilishi. 
        Minerallarni  o’rganish  bilan  -   
mineralogiya
    fani  shug’ullanadi,  kristall  
va  kristalli  birikmalarni  - 
kristallografiya
  fani  o’rganib,    kristallarning  simmet-
riyasi,  shakli  va  tuzilishi  geometriyasi  bilan    shug’ullanadi.  Qattiq  minerallar 
tabiatda  kristall  moddalar  ko’rinishida,    nomuntazam,  donador,  ko’p  yoqli  shakl-
larda, yoxud  yaxlit ko’rinishda uchraydi.   Kamdan  -  kam  hollarda  esa  minerallar 
amorf  holida  uchrab,  shaklsiz  massalarni  hosil  qiladi.  Kristall  ko’rinishdagi 
moddalarning    (minerallarning)  asosiy  xususiyati,  ular  tarkibidagi  atom  va 
ionlarning  qat’iy guruhlar bo’yicha fazoda joylashib, kristall to’rlarni hosil qiladi.  
Geometrik  kristall  to’r,  bir  -  biri  bilan  zich  bog’langan  ko’p  yoqlilar  
(kublar, oktaedrlar, parallelopipedlar, romblar) dan iborat bo’lib,  ularning uchlari, 


29 
 
markazlari  yoki  tomonlarining  o’rta  qismida  aniq  masofada  atomlar  (ionlar) 
joylashgan  bo’ladi.  Kristall  to’rining  tuzilishidan  minerallar  kristallarining 
geometrik  shakli  kelib  chiqadi.  Masalan:  osh  tuzi  (galit)  -  kub  shaklida,  tog’ 
xrustali - prizma shaklida  (5.1-rasm). 
5.1-rasm.
 Ayrim minerallarning kristal turlari

A – osh tuzi, B – olmos, V – grafit 
    
 
Kristallarda yoqlari, qirralari va uchlari bo’ladi 
(5.2-rasm). 
    Kristallarda yoqlari, qirralari va uchlari  soni 
hamma  kristallarda    turlicha  bo’ladi.  Kristallarda 
simmetriya  o’qlari  bo’lib,  uni  o’q  bo’yicha 
aylantirilganda,  qirralarini  bir  -  biriga  mos 
tushishidir.  
    Masalan:  6  qirrali  muntazam  prizmani  o’z 
o’qi atrofida har 60
0
 ga aylantirilsa uning qirralari, 
yoqlari va uchlari dastlabki holatiga mos  tushadi. 
Demak bu kristall simmetrik tuzilgandir. 
     Simmetriya tekisligi esa kristallarning teng ikkiga bo’luvchi xayoliy  tekislik 
bilan ifodalanib, R - harfi bilan belgilanadi va nihoyat simmetriya markazi bo’lib, 
kristall ichidagi nuqta bilan belgilanib,  - to’rning cheklangan elementlari (parallel 
qirralar, uchlar) dan baravar  uzoqlikda joylashgan bo’ladi  (5.3-rasm). 
5.2-rasm.
 Ayrim minerallar 
kristallari shakli. 1-kvarts, 
2-gips, 3-kal`tsit 


30 
 
 
O’q tekisliklari va simmetriya markazlari 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə