Muhandislik -geologik tadqiqotlar



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   335
-qullanma

Gips va angidrit
 - kimyoviy cho’kindi  sifatida ajralib chiqqan jins bo’lib, 
asosan  gips  va    angidrid  minerallaridan  tashkil  topgan.  Tashqi    ko’rinishi  va 
fizikaviy  -  mexanik  xossalari  bo’yicha  bir  -  biridan  farq  qilmaydi.  Qurilishda 
ulardan    mineral  bog’lovchi  moddalar  olish  uchun,  ayrimlaridan  esa  binolarning 
ichki qismini qoplash uchun  ishlatiladi.          
Magnezit
  -  kimyoviy  yo’llar  bilan  hosil    bo’lgan,  magnezit  mineralidan 
tashkil topgan jins.  Undan qurilishda o’tga chidamli buyumlar va  materiallar olish 
uchun, qisman esa bog’lovchi modda  (kaustik magnezit) olishda foydalaniladi.  
Mel  (bo’r)
  -  organik  yo’llar  bilan  hosil    bo’lgan,  o’simlik  qoldiqlaridan 
hosil bo’lgan jins. Kimyoviy tarkibi bo’yicha butunlay kal’tsiy karbonatdan tashkil 
topgan, mustahkamligi unchalik  yuqori emas. Qurilishda buyovchi tarkiblarda oq 


46 
 
pigment  sifatida,  zamaskalar  tayyorlashda,  shuningdek    ohak  va  portlandtsement 
ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Diatomit 
-  organik  qoldiqlardan  hosil    bo’lgan    kremniyli    jinsdir.  Bular 
suvli  qumtuproqdan    (opal)  iborat  bo’lgan  diatomitli  suv    o’simliklarining 
skeletlari  yig’indisidan  tashkil    topgan.  Tashqi  ko’rinishidan  diatomit  oq  yoki 
sarg’ish  rangli, g’ovak, juda  yengil va  yumshoq. Bir  oz    sementlashgan  tog’  jinsi 
bo’lib,  ko’pincha  u  yozadigan    bo’rga  o’xshaydi.  Bo’r  bilan  diatomitning  bir  -  
biridan  farqi  shuki  bo’r  NSl  da  qattiq  qaynagani  holda,  diatomit  mutlaqo 
qaynamaydi. 
Trepel
  -  qadimgi  geologik  davrlardagi    dengizlarda  yashagan  sodda 
o’simliklarning, silitsitli  chig’anoqlarning cho’kishi natijasida hosil bo’lgan  jins. 
Trepel asosan, mayda (0,01-0,001) opal  mineralli zarrachalardan iborat. Rangi oq, 
bo’z,  sarg’ish piritsimon bo’ladi. Diatomit va trepellar  xossalari bir - biriga yaqin 
bo’ladi.  Ularning    g’ovakligi  60...70%,  zichligi  350-950  kg/m
3
,    issiqlik 
o’tkazuvchanligi  0,17.....0,23  VT/(m
0
C),    faol  qumtuproq  miqdori  75....96%  ni 
tashkil  etadi.  Qurilishda  diatomit  va  trepeldan  issiqdan  himoya    qiladigan 
materiallar  tayyorlashda,  shuningdek    mineral  bog’lovchi  moddalar  tarkibiga  faol 
mineral    qo’shimcha  sifatida  ishlatiladi.  Vaqt  o’tishi  bilan    trepel  -  mayda  zich 
zarrali  yoki  g’ovak,  qiyin    namlanadigan  amorfli  qumtuproqdan  tuzilgan  -  
opokaga  aylanadi.  Qurilishlarda  tosh  o’rnida  turli    ko’rinishdagi  ohaktoshlar, 
dolomitlar va qumtoshlar  ishlatiladi.  
Ohaktoshlar
  juda  ko’p  hollarda  organogen    jinslar  bo’lib,  shuningdek 
kimyoviy  yo’llar  bilan    hosil  bo’lgan  ohaktoshlar  ham  uchraydi  (ohakli    tuflar). 
Ohaktoshlar  asosan  kal’sit  mineralidan    tashkil  topsada,  ko’pincha  turli 
aralashmalar    (qumtuproq,  gil,  dolomit,  temir  oksidi,  organik    birikmalar)  bilan 
birgalikda uchraydi. Tashqi  ko’rinishi oqish, sarg’ish va bo’z ranggacha bo’ladi.  
Mexanikaviy  qo’shilmalar  rangiga  ham  bog’liq  bo’lishi    mumkin  (qizil, 
pushti,  kora,  malla  va  boshqalar).    Tarkibida  gil  miqdori  6%  gacha  bo’lgani  - 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə