Muhandislik -geologik tadqiqotlar


 CHO’KINDI  TOG’  JINSLARI   VA  ULARNING  QURILISH



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   335
-qullanma

8. CHO’KINDI  TOG’  JINSLARI   VA  ULARNING  QURILISH 
XOSSALARI
.
 
 Cho’kindi  tog’  jinslarining  ko’pchiligi  qurilish    materiali  ishlab  chiqarish 
uchun  xom  ashyo  bo’lib    hisoblansa,  ba’zilari  bevosita  qurilish  toshlari    sifatida 
ishlatiladi. 
Qum  va  shag’al
  -  Magmatik,  metamorfik  va    cho’kindi  tog’  jinslarining 
nurashi  natijasida  hosil    bo’ladi.  Qumning  o’lchamlari  0,14mm  dan  5mm  gacha, 
shag’alniki esa 5-70 mm bo’ladi. Qurilishda  qumlardan qorishmalar tayyorlashda, 
ohak  bilan  aralashtirib  silikatli  buyumlar  olish  uchun,  shag’alni  esa  betonga 
to’ldirgich sifatida ishlatiladi. 
Gillar
  -  juda  mayda  zarrali  yotqiziqlardir.    Ular  tabiatda  tog’  jinslaridan 
granitlar, gneyslar  singari  dala shpatlari tarkibida bo’lgan jinslarni  yemirilishidan 
hosil  bo’ladi.  Uning  tarkibiga    kaolinit  gruppasiga  kiruvchi  minerallar,  kvarts 
zarralari,  slyuda,  temir  oksidi,  kal’tsiy  va  magniy    karbonatlar  kiradi.  Kaolinitli 
gillar (kaolinlar)  oq rangga ega boshqa gillar tarkibidagi begona  aralashmalar turi 
va miqdoriga qarab turli rangda, toki qora ranggacha bo’ladi. Gillar namlangandan 
so’ng  plastik  holatga  o’tib,  xoxlagan  shaklga  kira    oladi.  Uni  kuydirilganda  esa 
sun’iy  tosh    materialiga  aylanadi.  Gillar  sopol  materiallar,    sement  ishlab 
chiqarishdagi asosiy xom ashyodir. 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə