Muhandislik -geologik tadqiqotlar


Diabaz   -  mineral  tarkibi  bo’yicha  gabbrolarga  o’xshab    ketadi.  Rangi  esa  to’q  yashildan qora ranggacha bo’ladi.   Strukturasi



Yüklə 6,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/335
tarix11.05.2022
ölçüsü6,89 Mb.
#86548
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   335
-qullanma

Diabaz
  -  mineral  tarkibi  bo’yicha  gabbrolarga  o’xshab    ketadi.  Rangi  esa 
to’q  yashildan qora ranggacha bo’ladi.  
Strukturasi
 - turli yiriklikdagi donali, kristall, va  ba’zan porfirli tuzilishga 
ega bo’ladi. Diabazlar, ayniqsa mayda donali diabazlar yuqori mustahkamlikka ega  
bo’lib,  450  Mpa  gacha  yetib  boradi.  Yuqori  zarbiy  qovushqoqlikka  ega,  kam 
yeyiladi. Singanda  muntazam shakllar bo’yicha ajraladi. 
Diabazdan  yo’l  qurilish  ishlarida,  masalan;  yo’llarga  yotqizish  uchun, 
yo’llar  chetlariga teriladigan tosh  ko’rinishida, betonga  qo’shiladigan chaqiq tosh 
ko’rinishida    va  ba’zan  esa  qoplama  materiali  sifatida  ham  ishlatish  mumkin. 
Diabazdan  quyma  tosh    ishlarida  xom  ash’yo  sifatida,    kislotaga  chidamli 
buyumlar tayyorlashda foydalanish mumkin. 
Bazal’t  –
  (diabazga  o’xshab,  gabbro  analogi)  shishasimon    yoki  yashirin 
kristalli, ba’zan esa porfir tuzilishli, zich,  og’ir  tog’  jinsidir. 
Bazal’t  kulrangdan toki   qora ranggacha bo’lib,  yuqori  mustahkamlikka 
ega  (500  Mpa.)    Bazal’tning  porfir    strukturali    bo’lishligi,  magmaning  sovishi 
paytida  hosil  bo’lgan yoriqlar va g’ovaklilar tufayli, bazal’tning  mustahkamligi 
100  Mpa  gacha  kamayishi  mumkin.    Bazal’tlarning  yuqori  mustahkamligi  va 
mo’rtligi  ularga  ishlov  berishni  qiyinlashtiradi.  Bazal’t  ko’prik  ustunlari, 
poydevorlar,  yo’lkalar,  katta    ko’chalar  qurish  uchun  va  tosh  yo’llarga  yotqizish 
uchun ajoyib  material hisoblanadi. Bazal’tdan shuningdek betonga  qo’shiladigan 
chaqiq  tosh  sifatida,  kislotaga  chidaydigan    material  ko’rinishida,  quyma  tosh 
ishlarida, mineral paxta  ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Bazal’tning    kamchiligi  shundaki,  u    o’tga  ko’p    chidamli  emas,  katta 
yo’llarga yotqizilgan bazal’t  toshlari, vaqt o’tishi bilan juda silliq bo’lib qoladi. 


44 
 
Vulqon  mahsulotlari  bo’lmish,  kukunsimon  (1mm    gacha)  zarralarni  - 

Yüklə 6,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   335




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə