Muhandislik-texnologiya


-MAVZU. BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə26/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   193
Falsafa

2-MAVZU. BORLIQ FALSAFASI (ONTOLOGIYA)


Borliq tushunchasi va uning mohiyati. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon,vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, shuningdek, mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib («ontos» -«borliq», «logos» «so’z», «ta’limot»), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi.Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida, ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi.
Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug’ati»da, so’ngra, X.Volf (1679 -1754)ning falsafaga oid darsligida qo’llanilgan bo’lsada, ulardan ilgari qadimgi yunon faylasuflari ham ontologiyaning mazmunini ifodalovchi turli fikrlarni ilgari surishgan. Ular ontologiyani «haqiqiy borliqni nohaqiqiy borliqdan ajratib oluvchi borliq haqidagi ta’limotdir» deb hisoblashgan. Eley maktabi namoyondalari esa ontologiyani mangu, o’zgarmas, yagona, sof borliq haqidagi ta’limot deb hisoblashgan. Milet va Ioniya maktabi vakillari esa dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl «stixiya», Demokrit «:atomlar», Anaksimandr «apeyron», Anaksagor «urug’» deb atagan. Aflotun esa g’oyalar ontologiyasini yaratgan. G’oyalar ontologiyasi aql bilan erishiladigan mohiyatlar ierarxiyasini tashkil etib, uning yuqori nuqtasida Farovonlik g’oyasi, undan keyin beto’xtov oquvchi xilma-xil hissiy dunyoni aks ettiruvchi ideal namunalar, sonlar, geometrik shakllar yotadi. Arastu fikricha umumiylik ayrim holda yakka narsalardan chetda mavjud emas. Biz olamda ayrim narsalarga duch kelamiz va ulardagi bir-biriga o’xshash jihatlarni umumlashtirib, abstrakt va ideal obraz hosil qilamiz. Shu tariqa Arastu empirizm ontologtyasini yaratdi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə