Muhandislik-texnologiya


Borliq tushunchaning etimologiyasi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə28/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   193
Falsafa

Borliq tushunchaning etimologiyasi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi na faqat eng muhim, balki boshqa kategoriyalar orasida ayniqsa, ko’p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning ayniqsa, keng tarqalgan tillarida ayni bir ma’no «bo’lish»,«mavjud bo’lish», «hozirlik», «hozir bo’lish», «mavjudlik» ma’nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o’tilgan va ma’no jihatidan unga yaqin fe’llar negizini tashkil etadigan «bo’lmoq» fe’li, o’zining bevosita ma’nosidan tashqari, yordamchi fe’l sifatida ham faol ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash lozim bo’lib, uning mantig’i va qonunlari fikmi bayon etishning til shakliga bog’liq bo’lmaydi, lekin, albatta, fikrlash mumkin bo’lgan, universal va o’zgarmas sifatida amal qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qilishi mumkin bo’lgan nimagadir tayanishi lozim. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq tom ma’noda universal fe’l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o’zbek tilida «bo’lmoq», «bor», ingliz tilida «is», nemis tilida «ist»va hokazo.
Shunday qilib, «borliq» va «yo’qlik» kategoriyalarining o’ziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma’nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe’ldan, aniqroq aytgan da, «bo’lmoq» fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo’lgan tushunchalar hisob lanadi va narsaning o’zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo’qligini ko’r satadi. Masalan, stol bor, yomg’ir yo’q, oqlik bor, aks yo’q, miya bor, g’oyalar yo’q va hokazo.Borliq tabiiy tillarda otlar, ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya’ni bilishda uning ob’ekti yoki sub’ekti sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni zamonda bu ob’ektlaryoki sub’ektlarning birortasi ham uning borligi yoki yo’qligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə