Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə35/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193
Falsafa

Imkoniyat va voqelik. Imkoniyat va voqelik narsa va hodisalarning o’zgarishi, rivojlanishi jarayonidagi ikki davrni, holatni, ularning o’zaro munosabatini ifodalovchi kategoriyalardir.
Voqelik — hozir real mavjud bo’Iib turgan narsa va hodisalardir. Lekin, bu hodisalar rivojlanish jarayonida hozirgi holatda bo’lmay, balki dastlab imkoniyat holatida bo’lib, ular o’zlarining ma’lum kelib chiqish davriga, vaqtiga, tarixiga ega. Voqelik paydo bo’lishidan oldin imkoniyat shaklida mavjud bo’ladi.
Imkoniyat — bu voqelikning kurtak holdagi ko’rinishidir, u yuzaga chiqmagan voqelikdir. Shu bilan birga, imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning obektiv va subektiv shart-sharoitlari tarzida ham namoyon bo’ladi. Ya’ni, imkoniyat obektiv qonuniyatlardan kelib chiqadi, lekin ular turli subektlar tomonidan yaratilishi ham mumkin.
„Imkoniyat va „voqelik" kategoriyalarini, ularning o’zaro dialektikasini chuqur bilib olish, kishilarning amaliy faoliyatida, ilmiy-tekshirish ishlarlda katta ahamiyatga ega.
„Imkoniyat" va „voqelik" kategoriyalarining mazmuni ongdan tashqaridagi obektiv olamdan olinadi. Bu kategoriyalar bir butun moddiy yoki ruhiy jarayonning ikki tomonini aks ettiruvchi o’zaro dialektik munosabatdadirlar. Shuning uchun imkoniyat va voqelikni bir-biridan farq qilish lozim, chunki ulami aralashtirib yuborish nazariyaning rolini inkor etishga, insonning tabiat va jamiyatni o’zgartiruvehi faoliyatini tushunmaslikka, amaliyotning ahamiyatini yo’qqa chiqarishga, yo’q narsani bor, deb bilishga, yangining kurash jarayonida eski ustidan g’alaba qilishini ko’rmaslikka olib keladi.
Jamiyatdagi imkoniyatlar yangi — endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan va eski — umrini tugatayotgan real kuchlar sifatida progressiv va konservativ bo’lishi mumkin.
Eskilikni ifodalovchi imkoniyat, rivojlanish jarayonida voqelikka aylanib qolishi ham mumkin, lekin bu harakatning ichki qonuniyatidan, uning tub xarakteridan kelib chiqmaydi. Shuning uchun eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo’lishi vaqtinchadir.
Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, awalo, kurtak shaklida mavjud bo’lib, so’ng rivojlanib borib, tobora reallasha boradi va ma’lum davrda, ma’lum shart-sharoit tufayli voqelikka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgan sari uning mavjud eski voqelik bilan kurashi ham keskinlashib boradi. Shunga ko’ra, imkoniyatni formal, abstrakt va real imkoniyatlarga ajratib o’rganiladi. Quruq, fikriy izchillik jihatidangina to’g’ri bo’lgan, lekin real asosga ega bo’lmagan imkoniyat formal imkoniyatdir. Formal imkoniyat obektiv rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqmaydi. Shuning uchun ham, u hech qachon voqelikka aylanmaydi.
Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to’liq yetilmagan, lekin amalga oshishi qonuniy bo’lgan, narsa va hodisaning o’zgarish va rivojlanish mantiqidan kelib chiquvchi imkoniyat abstrakt imkoniyat deyiladi. Abstrakt imkoniyat rivojlanish jarayonida ma’lum obektiv va subektiv shart-sharoitlar yetilganda real imkoniyatga aylanadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə