Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə33/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193
Falsafa

Butun va qism. Ma’lumki, borliqdagi har bir narsa, hodisa, jarayon bizning ko’z oldimizda bir butun, yaxlitlik sifatida gavdalanadi, ular qismlardan, bo’laklardan komponentlardan, elementlardan iboratligini ko’ramiz. Bu qismlar bo’laklar, komponentlar, elementlar o’zaro muayyan qonuniyatlar orqali birikib, ma’lum tuzilishdagi bir butun narsani, hodisa yoki jarayonni tashkil qiladilar. Bu narsa va hodisalaming ma’lum bir guruhi o’zaro birikib, biron-bir sistemani hosil qiladi. Bu esa ma’lum strukturaga ega bo’lib, muayyan elementlardan iborat boMadi. Bundagi butun, qism, sistema, struktura, elementlar o’zaro dialektik birlikda, bog’lanish va aloqadorlikda mavjud bo’ladi.
Xo’sh, butun va qism deb nimaga aytiladi?
Butun — o’zaro dialektik aloqadorlikda boMgan qismlar, bo’laklar, tomonlar, elementlar, komponentlarning uzviy birligidan iborat bo’lgan alohida narsa, hodisa, jarayondir. Masalan, bizni o’rab turgan olam bir butundir.
Qism esa, shu butunni tashkil qilgan uning tarkibidagi ma’Ium bo’lak, komponent, elementdir. Masalan, bir butun olamning bir qismi tabiatdir.
Butun va qism o’zaro dialektik aloqadorlikdadir. Butunning umumiy tabiati uni tashkil qiluvchi qismlarning umumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, butun tarkibidagi har bir qism butunning o’ziga xos xususiyatini, ma’Ium darajada ifodalaydi. Lekin, butunni tashkil qilgan bu qismlar butun tarkibida har biri alohida-alohida emas, balki butunning bo’laklari sifatida ko’rinadi. Unda butunga xos ma’Ium xususiyat qismlarga ham xos bo’lishi mum kin. Shuningdek, butun tarkibidagi qismlar butun bilan umumiy birlikka ega bo’lishidan tashqari ular bilan o’zaro ziddiyatda, qarama-qarshilikda bo’lishi ham mumkin. Butunsiz qismlar, qismlarsiz butun yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, ular faqat o’zaro aloqadorlikda, birlikda, birgalikda, bir-birini taqozo qilgan holda mavjud bo’ladi. Bunda butunni tashkil qiluvchi qismlar ham o’zaro bir-birlari bilan ta’sir va aks ta’sir qilib turishadi. Butun va qismlarning bu o’zaro ta’sir va aks ta’sir qilib turishlari natijasida butun va qismlarning o’zgarishi va rivojlanishi sodir bo’ladi. Bundan tashqari, har bir butun va qismlar obektiv reallikdagi boshqa butunlik va qismlar bilan ham muayyan aloqadorlikda va bog’lanishda bo’Iadi.
Butun bilan qism aloqadorligining uch tipinifarq qilish mumkin:

  1. Butunning biror qismi uning tarkibidan chiqarib tashlansa, yoki bu qism yana qaytadan butun tarkibiga kiritilsa, bunda butun sifat jihatdan o’zgarmaydi.

  1. Butunning qismlaridan biri butun tarkibidan chiqarilishi yoki bu qism qayta butun tarkibiga kiritilishi bilan butun butunlay yoki qisman o’zgaradi.

  1. Butunning qismlari o’zgarishi bilan butun ham yoki butunning o’zgarishi bilan uning qismlari ham o’zgaradi.

,,Butun“ va ,,qism“ kategoriyalari inson tomonidan borliqni bilish va olzlashtirishning ma’Ium shakllari sifatida dunyoning birligi muammosini ilmiy hal qilishda muhim rol oynagan.
Sistema, struktura va element. Borliqdagi narsa va hodisalar sistema, struktura va element aloqadorligiga ham ega bo’ladi. Chunki ular ma’lum sistemalar tarzida mavjud bo’lib, o’z tuzilishi va tarkibiga ko’ra, muayyan strukturaga ega hamda qator elementlardan tashkil topgan bo’ladi.
Sistema — borliqdagi o’zaro bog’liq, muayyan tartibdagi birbiriga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va jarayonlarning qonuniyatli birligidir.
Struktura esa shu sistemani tashkil etgan narsalar, hodisalar va jarayonlarning tartibi, tuzilishi, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir. Struktura har bir narsa yoki hodisaning, har bir sistemaning ajralmas tub xususiyati bo’lib, u muayyan element­lardan tashkil topadi.
Element sistema strukturasini tashkil qilgan nisbiy mustaqillikka ega bo’lgan tuzilmadir. Har bir sistema o’z strukturasiga ko’ra, bir qancha o’zaro chambarchas bog’liq va aloqadorlikda bo’lgan elementlardan iborat bo’ladi.
„Sistema", „struktura" va „element" kategoriyalari narsa va hodisalarga xos bo’lgan ana shu moddiy sistemalar, strukturalar va elementlarning aqliy in’ikoslaridir.
Odatda, har bir sistema o’zining tuzilishiga ko’ra, alohida sistemachalarga ajralishi, nisbiy mustaqil elementlarga bo’linishi, ularning o’zaro uzviy bog’liqligi, bir butunlikni tashkil etishi kabi xususiyatlarga egadir. Bunda sistemalar iyerarxiyasi shundaki, doimo bir qancha sistemalar birikib, yangi, hajm jihatidan kengroq sistemani hosil qila boradi. Bu holat yanada yuqorilashib borib, natijada, bir-biriga kiruvchi, bir-biri bilan bog’liq, biriga nisbatan ikkinchisi kengroq boiib boradigan sistemalarning yuqori birligi — bir butun borliqni qaror toptiradi.
Umuman, har bir sistemaning tashkil topishi va mavjud boMishida uning strukturasi muhim rol oynaydi. Ayni shu struktura sistemadagi o’zaro ta’sir va aks ta’sir qiluvchi moddiy tarkiblami elementlarga aylantiradi.
Dialektika uchun „sistema", „struktura" va „element" kategoriyalarining o’zaro aloqadorligini, bir-biriga o’tishlarini va har biriga xos alohida xususiyatlarini ko’rsatish, ularning o’zaro umumiyligi va bir-biridan farqlarini aniqlash, ayniqsa, muhimdir.
Struktura narsa va hodisalardagi, ulardan tashkil topgan sistemalardagi o’zaro bog’liq quyidagi uch ma’noni ifodalaydi:

  1. Struktura narsa yoki hodisaning bir xil yoki har xil jinsliligini, lining muayyan, nisbiy mustaqil qismlarga, elementlarga, komponentlarga bo’linishini ifodalaydi.

  1. Struktura narsa yoki hodisani tashkil etuvchi qismlar, bo’laklar, komponentlar va elementlarning o’zaro bir-biriga ta’sir va aks ta’sirlarini, ular o’rtasidagi aloqadorlik va bog’lanishlarni, bu bog’lanishlarga oid qonuniyatlarni ifodalaydi.

  1. Struktura, nihoyat, narsa yoki hodisaning qanday element lardan tashkil topganligidan qat’iy nazar, bu elementlarning organik birligini, ularning yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi. Shuning uchun strukturani bilish: birinchidan, uning elementlarini aniqlash; ikkinchidan, mazkur elementlarning o’zaro aloqadorliklarini aniqlash; nihoyat, uchinchidan, bu elementlar bir butunligining o’ziga xos tabiatini tushunib olishdir.

Demak, „struktura” kategoriyasi butun bir. sistemani tashkil etuvchi elementlar aloqadorligining o’ziga xos usullarini va butunlik doirasidagi elementlarning o’zaro munosabatlarini ifodalaydi. Bunda har bir element strukturaning nisbiy mustaqil komponenti bo’lishi bilan birga, o’zaro muayyan qonuniyatlar asosida birlashib, bir butun sistemani vujudga keltiradi.
Keyingi vaqtlarda, tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot obektini chuqurroq o’rganish maqsadida „sistemali yondashish", „strukturaviy analiz" usullari ishlab chiqildi. Bu usullaming qo’llanilishi, ularning samarador va istiqbolli ekanligini ko’rsatmoqda. Ayniqsa, „sistemali yondashish" usuli o’zining umumiyligi, o’rganilayotgan predmet va hodisalardagi barcha aloqadorlik va bog’lanishlami hisobga olishi bilan dialektik usullaming tarkibiy qismini tashkil etadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə