Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə59/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   193
Falsafa

Tasavvur — ilgari idrok etilgan, ammo, ayni vaqtda, bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Tasawurning o’ziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet va hodisalar bilan, ayni vaqtda, bevosita bog’lanishda bo’lmagan holda ularning ilgarigi paydo bolgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir. Ammo inson o’z tasawurida, shu bilan birga, oldin idrok etilgan predmet yoki hodisaga, ularga o’xshash yangi predmet va hodisalarning hissiy obrazlarini ham hosil qilishi mumkin.
Hissiy bilishning tasawur shaklida predmet va hodisalarning ikkinchi darajali, muhim bo’lmagan xususiyatlari tashlab yuborilib, faqat ayrim muhim xususiyatlarigina in’ikos etgan bo’ladi. Shu tufayli, tasawur predmet va hodisalarni umumlashtirgan, mavhumlashtirgan darajada aniq hissiy shaklida in’ikos ettiradi. Bu jihatdan tasawurda, hech shubhasiz,tafakkuming ba’zi elementlari paydo bo’ladi. Lekin, u hali hissiy bilish chegarasidan chiqib ketmagan bo’ladi.
Umuman olganda, insonning hissiy bilishi, ma’lum darajada, cheklangan, bir tomonlama, to’liq bo’lmagan bilishdir. Inson borliqdagi predmet va hodisalarning ichki tomonlarini, ularning o’zgarish va rivojlanish qonunlarini, bir so’z bilan aytganda, ularning mohiyatini faqat mantiqiy bilish orqaligina bila oladi.
Mantiqiy bilish — predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi — bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarni fikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish — borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir.
Mantiqiy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning ichki bog’lanishlari va aloqadorliklarini, ulaming harakat, o’zgarish va rivojlanish qonunlarining ma’lum fikr shakllari — hukm, tushuncha va xulosalarda ifodalaydi. Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur uchun material bo’lib xizmat qiladi. Tafakkur o:zida hissiy bilish bergan ma’lumotlarni qayta ishlab, ularniumumlashtirib, mavhumlashtirib, ayni.bir vaqtda, aniqlashtirib, analiz va sintez qilib, aniqlikdan mavhumlikka va yana undan aniqlikka keltirib, ma’lum hukmlar, tushunchalar va xulosalarni hosil qiladi.Tafakkur hosil qilgan aqliy bilishning bu fikriy shakllari tilda so’zlar va gaplarda ifodalanadi. Aqliy bilishning dastlabki shakli hukmlardir.
Hukm — mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borhqdagi muayyan predmet va hodisalar, ular o’rtasidagi bog’lanish va aloqadorliklar haqida tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi-yu, inson o’z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiy o’zaro bogllab, turli usullar asosida ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi. Mantiqiy bilishning navbatdagi shakli tushunchadir.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə