Muhandislik-texnologiya


Global muammolarning tasnifi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə75/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   193
Falsafa

Global muammolarning tasnifi.
Global muammolarning keltirilgan mezonlari va о‘ziga xos xususiyatlari asosan mazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, uning boshqa muammolar bilan о‘zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi.
Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning о‘ta keskin ziddiyatlarini kompleks о‘rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va mazkur muammolarni ularning о‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai nazaridan о‘rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni va obyektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli о‘zaro aloqasini yanada teranroq tushunishga kо‘maklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi.
Izchil va aniq amalga oshirilgan tasniflash bilishning mazkur sohasidagi avvalgi tadqiqotlarni ma’lum darajada sarhisob qiladi va ayni vaqtda, bunday tadqiqotlarning rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi.
Hozirgi zamonda global muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida, ayniqsa, keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va yechimining ahamiyatiga, shuningdek, real hayotda ularning о‘rtasida qanday sababiy boglanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar о‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu yerda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib о‘rnatish kabi ikki о‘ta muhim muammo farqlanadi.
Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning о‘zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bо‘lib, ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek, Jahon okeani va kosmik fazoni о‘zlashtirish ham kiradi.
Uchinchi guruhni «inson jamiyat» tizimi bilan bog‘liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir.
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog‘liq bо‘ladi. Shu sababli har qanday tasnif masala yechimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar о‘zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga kо‘maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.




Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə