Muhandislik-texnologiya


Global muammolarning mohiyati



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə73/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   193
Falsafa

Global muammolarning mohiyati.
Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam о‘rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan kо‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin.
Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bо‘lib, ularga muvofik u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tarika bunday xususiyatga ega bо‘lmagan boshqa kо‘p sonli muammolardan farqlanadi.
Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, yer kurrasi bilan bog‘lik. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bо‘lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim obyektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintakalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir kо‘rsatadi. Ularni yechish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaktda global muammolarning yechilmay qolishi, butun insoniyat kelajagi uchun haloqatli okibatlarga olib kelishi mumkin.
Global muammolarning turli darajalari.
Global muammolar butun dunyogagina tegishli bо‘lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bо‘lgani bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati о‘zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bо‘lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida о‘rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa umumiy muammolar sifatida amal qiladi. Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni shu yondashuvni belgilaydi. U geografik deb ataladi, chunki makon omilini yoki, boshqacha aytganda, muayyan muammolar mavjud hududni aks ettiradi.
Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy obyektlarga tegishli bо‘lgan muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va shu kabilar.
Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bо‘lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu yerda, odatda, kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi.
Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g‘amtashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.
Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiyiqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi. Bunday muammolarga Sharqiy Yevropaning bir necha mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan Chernobil fojiasi yoki bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim о‘zgarishlari misol bо‘lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan qurg‘oqchilik «asr faloqati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan kо‘proq odam halok bо‘ldi, taxminan 18 million bosh qoramol nobud bо‘ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli tо‘la sahroga aylandi.
Global muammolar butun yer kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Yerning qolgan yuzasi, yer osti bо‘shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi.

Shunday qilib, global muammolar tо‘g‘risida sо‘z yuritilganda butun sayyora nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar soni va ularning miqyosi kо‘rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo miqyosidagi iqtisodiy koloklik muammosini tadkik etishda, odatda, butun sayyorani ikki mintaka rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetik muammolar yoki xom ashyo muammolarini о‘rganishda esa, mintakalar soni kо‘payadi va har safar tadkiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi.
Bunda shuni kayd etish lozimki, har kanday muammo sayyoraning istalgan mintakasiga nisbatan muhim sanalgan, ya’ni ularning har birida namoyon bо‘lgan holdagina global, deb hisoblanishi mumkin. Aks holda, bir yoki bir necha mintaqalarning muammolari (yoki bundan ham kichikroq miqyosdagi muammolar) tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi.
Bundan barcha global muammolar, ayni vaktda, mintaqaviy ahamiyat ham kasb etadi, lekin mintakaviy darajada aniklangan barcha muammolar ham global bо‘lavermaydi, degan xulosa kelib chiqadi. О‘z-о‘zidan ravshanki, global muammolar soni kamrok bо‘ladi. Boshqa darajalarga kelsak, global muammolar bevosita mahalliy yoki xususiy kо‘rinishga ega bо‘lmasligi yoki bu yerda uncha sezilmasligi mumkin.
Masalan, Antarktidada yoki sayyoramizning atrof-muhit ifloslanadigan asosiy markazlari va manbalaridan ancha uzokda joylashgan boshqa burchaklarida havo yoki suv havzalarining holati konikarli bо‘lishi, tabiiy muhitga antropogen ta’sir esa, deyarli sezilmasligi mumkin. Shunga karamay, bu keskinlik darajasi tabiiy muhitga antropogen ta’sirning notekisligiga bog‘lik bо‘ladigan ekologik muammoning global xususiyatiga shak-shubha tug‘dirmaydi. О‘z navbatida, barcha mahalliy yoki xususiy muammolar global muammolar bilan bog‘lanavermaydi, zero, ularning soni takkoslab bо‘lmaydigan darajada kо‘prokdir.
Keltirilgan mulohaza global va mintakaviy muammolarni nafaqat ilmiy balki, amaliy jihatdan ham farqlash imkonini beradi, chunki barcha global muammolar о‘z mikyosida о‘zgarmaydigan yagona tizim butun sayyoraga tegishlidir. Shu sababli mazkur tizim uchun ularning soni ma’lum tarixiy boskichda muayyan hisoblanadi. Ayni vaktda boshqa darajadagi muammolar sonining anik hisobini yuritish mumkin emas. Zero, mintakalarning va turli hududlarning chegaralari tadqiqotning maksad va vazifalariga karab shartli olinadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə