Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə118/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   193
Falsafa

Ezgulik va yovuzlik - u inson faoliyatining muhim tomoni, asl mohiyatini anglatadi
Ezgulik – insonga eng kuchli ma‘naviy lazzat bag’ishlaydigan, uni ijtimoiy shaxsga aylantirib, u haqiqiy baxtga olib boruvchi fazilat; shaxsni komilikka, jamiyatni esa yuksak taraqqiyotga yetkazuvchi yuksak qadriyatdir.
Ezgulik va yovuzlik keng qamrovli bo’lib, ijtimoiy xususiyatga ega. Shu tufayli amaliyotda qaxramonlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, jasurlik singari tamoyillarni o’z ichiga oladi. Masalan, insonparvarlik – odamzot qadri, erkinlik va qobiliyatlarini har tomonlama namoyon bo’lishi uchun kurashish, kishilarning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotning taqdim etishga intilishini ifodalaydigan g’oya va qarashlardir. Bu jarayon insonni ezgulikka yetaqlaydi.
Ezgulik axloqiy ideal bilan bog’liqdir va inson faoliyatini baholash xususiyatiga ega. U odam bolasini ulug’lik va tubanligini ulchaydigan taroziga uxshaydi. Ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik kategoriyasiga uxshasada, ular o’rtasida farq bor. Ezgulik ijtimoiy xususiyatga ega, yaxshilik shaxsning odobiga, hulqiga bog’liq bo’lgan ijobiy hodisadir. Unda mardlik, ochiq ko’ngillilik, halollik singari axloqiy me‘yorlar mujassamlashgan. Biroq, u kaxramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga ko’tarila olmaydi. Alisher Navoiy ezgulik bilan faoliyat ko’rsatdi. Uning asarlari yuzlab yillar mobaynida zavq – shavq ulashib, kishilarni komillikka chorladi. U ko’plab yaxshilik qildi, muxtoj odamlarga yordam berdi.
Ezgulik xech qachon yovuzlikka aylanmaydi, har zamonda har qanday sharoitda ham yovuzlik yovuzlik bo’lib kolaveradi. Chunonchi, Lenin, Stalin, Gitler, Pol Potlarni yovuz insonlar, sobik Sho’rolar Ittifokining esa jamiyat sifatida «Yovuzlik saltanati» deb baholash buning yorkin misolidir.
Yaxshilik va yomonlik -juft kategoriya bo’lib, ular ham bir-biriga ziddir. Kishining butun ma‘naviy hayoti, shu jumladan, axloqiy tushunchalar ham ijtimoiy hayot ta‘sida o’zgaradi. Yaxshilik va yomonlik insonning tugilishi bilan birga vujudga kelmaydi. Yaxshilik va yomonlik o’zaro munosabatli, ayni vaktda kutbiy va bir-birini inkor etuvchi kategoriyalardir. Yaxshilik tushunchasida bir muncha ijobiy narsalar, yangi axloqiy idealga mos keladigan narsalar haqidagi tasavvurlar jamlansa, yomonlik tushunchasida kishilarning idealiga, ular e‘zozlaydigan narsalarga zid keladigan narsalar haqidagi tasavvurlar baxtga erishishiga, kishilar orasidagi munosabatlarda, taraqqiyotning qaror topishiga va insoniylikning usishiga tuskinlik qiladigan hamma narsalar haqidagi tasavvurlar ifodalanadi.
Yaxshilik deganda kishilarning mehnatsevarligi, halolligi, mardligi, insoniyligi, oliyjanobligi, odamlarga, xalqqa, jamiyatga yetkazadigan nafi, mehr-muruvvati, muhabbati, kishilar og’irini yengil qilish kabi ijobiy hatti-harakatini ifodalovchi fazilatlar tushuniladi.
Yaxshilikning zid tomoni yomonlik bo’lib, u kishilarni dangasalik, tekinxo’rlik, zararkunandalik, zolimlik, mayxurlik, giyohvandlik, ig’vogarlik, g’iybatchilik, buzuqlik kabi salbiy hatti-harakatlarni ifodalaydi. Yaxshilik ezgulik, himmatlilikni anglatsa, yomonlik yovuzlikni anglatadi.
Inson hayotining barcha ijobiy tomonlari yaxshilik bilan bog’langan tushunchadir. Ijtimoiy taraqqiyot, kishilar o’rtasidagi bo’ladigan munosabatda insoniylikning o’sishiga mos keladigan tub insoniy muammolardan kundalik turmush tarzi va uning munosabatlari, hatti-harakatlari, ijobiy hulq-odobi kabilar yaxshilik bilan ifodalanadi. Yaxshilikning zid tomoni yomonlik bo’lib, u ham insonlar o’rtasida bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo’ladi.
Adolat qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholaydi. Adolatda jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyati bor, unda ham axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashadi. Uni ma‘lum ma‘noda axloq sohasidagi miqdor o’lchovi ham deyish mumkin: u talab bilan taqdir o’lchab turadigan tarozidir. Adolat bir joyda fayz-baraka, haqiqat qaror topadi.
Adolat kishilarning jamiyatdagi axloqiy o’zaro munosabatlarini mujassamlashtirib, taqdirlash va talab qilishning mikdoriy ulchovini beruvchi baholash kategoriyasi hisoblanadi va huquq bilan axloqni bog’laydi. Axloq tushunchasi huquq normalarining muhim ijtimoiy – axloqiy mezonlari sifatida maydonga chiqadi. Demak, adolat tushunchasi huquqiy ongdan ancha oldin paydo bo’lgan. U huquqiy munosabatlar sohasida katta ahamiyat kasb etadi. Axloqshunoslikning asosiy baho kategoriyasi bo’lgan adolat turli dalillar, iqtisodiy, siyosiy huquqiy hodisalarni baholashda namoyon bo’luvchi obe`ktivlik, xolislik, haqqoniylik, insonparvarlik kabi alomatlarni zaruriy ravishda taqozo etadi va umuminsoniy axloqning muayyan elementlarini o’z ichiga oladi.
Birinchi Prezident I. A. Karimov: «Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarni qamrab olmogi darkor, adolat va haqiqat g’oyasi faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bulmogi shart. Davlatchilik va fuqarolik munosabatlari mehnat va uy – joy, nafaqa va soliq, tabiatni muhofaza qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalasi, kiyingi, hayotimizning hamma jabhalari ana shu zaminga tayanishi zarur», deb ta‘kidladi.
Demak, adolat bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining kelajagi buyuk davlatimizning tushunchasiga aylanib bormoqda.
Burch kishilarning jamiyatga nisbatan bo’lgan axloqiy majburiyatlarini ifodalaydi. Bu kishilarning oila, Vatan, millat, umuman jamiyat oldidagi majburiyati, mas‘uliyati, sodiqligi, ongliligini ifodalovchi hatti-harakatlar majmuidir. Burch tushunchasi oilada yoshlikdan boshlanadi. U vijdon, e‘tiqod, mas‘uliyat kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liq. Ijtimoiy hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida burch tushunchasi, ya‘ni burchiga sadoqat yoki hikmat yotadi. Agar inson o’z burchiga sadoqatli bo’lsa, u har bir kishiga obro’, shon-sharaf keltiradi, agar inson o’z burchiga sodiq bo’lmasa, u kishiga xiyonat keltiradi.
Burch tushunchasi keng qamrovli bo’lib, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida mas‘uliyat bilan faoliyat ko’rsatgan: insoniylik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, fuqarolik burchi, otalik burchi, onalik burchi, farzandlik burchi, talabalik burchi, Vatant oldidagi burchi va xokazolar bo’lib, barcha davrlar uchun umumiy bo’lgan tushunchalari ham, jurnalistik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy burch tushunchalari ham mavjud.
Demak, burch insonga mas‘uliyat va majburiyat yuklaydi. 64-moddada bunday deyilgan: «Ota onalar o’z farzandlarini voyaga yetkunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar». 66-moddada: «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishiga majburdirlar», deb ta‘kidlanadi.
Vijdon vijdonlilik va vijdonsizlik tushunchalari ijtimoiy taraqqiyotining muayyan davrida, ijtimoiy muhitning ta‘sirida shakllanadi. Vijdon insonni o’z muayyan jamiyat axloq normalari nuqtai-nazaridan turib axloqiy baholash va uni nazorat qilish, shuning bilan birga o’z hatti-harakatlariga bog’liq bo’lgan his-tuyg’u va kechinmalarini tahlil qilishdir. Inson o’z vijdoni oldida mas‘uliyat his qilib yashaydi.
Vijdon tushunchasi ijobiy va salbiy kechinmalarni ifodalaydi. Masalan, inson quvonchi, u yoki bu iztirobdan qutulish, o’zini yengil tortishi, xijolatdan forig’ tortish va yuzining yorug’ bo’lishi vijdondagi ijobiy his tuyg’ularni aks ettirsa, uzr surash, tavba qilish, iztirob chekish, pushaymon, uyalish, xijolat tortish kabilar salbiy kechinma, his-tuyg’u, hatti-harakatlarni ifodalaydi.
Vijdon tushunchalari o’zining rivojlanishi tarixi davomida umuminsoniy ma‘no elementlari bilan boyib boradi, unga ko’p jihatdan axloq adolat va odamgarchilikning oddiy normalari o’z aksini topadi.
Vijdon ham axloqshunoslikning boshqa ba‘zi asosiy tushunchalari singari baholash xususiyatiga ega, bu xech qachon obe`ktga kiritilmaydi, u sube`ktning hatti-harakatlarini baholaydi, ya‘ni unda sube`kt o’zi uchun ichki obe`kt vazifasini o’taydi.
Vijdon ko’zga ko’rinmas, lekin o’lkan va mutlaq aybsiz axloqiy hodisadir.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə