Muhandislik-texnologiya


Borliqdagi bogdanish va aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy kategoriyalari



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə32/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193
Falsafa

Borliqdagi bogdanish va aloqadorlikni ifodalovchi falsafiy kategoriyalari.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik. Yakkalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida, ma’lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular o’rtasidagi bogdanish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo’lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, in­dividual belgi va xususiyatlar birligi yakkalik deyiladi. Yakkalik alohida narsa va hodisalami ham, ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni ham aks ettiradi.
Ko’pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bodgan, o’zaro o’xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha umumiylik deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko’pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning tomonlariga) xos bo’lgan umumiy belgi va xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir sinf yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarning hammasiga oid belgi yoki xususiyatni ifodalaydi. Chunki, borliqda har bir narsa va hodisa boshqa narsa va hodisalar bilan, albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va xususiyatga egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xususiyatlar birligi „xususiylik" kategoriyasida ifodalanadi. ,,Xususiylik“ kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar o’rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo’lgan tomonlar, belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo’lgan tomonlar, belgi va xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo’lmaydigan universal tushunchadir. Masalan: Axmad —> odam —> tirik mavjudot, nihoyat —> materiyaborliq. ,,Borliq“ tushunchasi bu yerda eng umu­miylikdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bilan o’zaro dialektik munosabatda boiadi. Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog’langan bo’lib, ular o’zaro aloqadorlikdadir. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohidalik bilan bog’laydi, umumiylik esa, yakkaliklardan ajralgan holdabolmaydi, balki yakkaliklarning umumiy xususiyatlari, belgilari, tomonlari, bog’lanishlari shaklida har bir yakkalikning o’zida mavjud boiadi. Demak, har bir konkret narsa va hodisa yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligidan iboratdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi shundan iboratki, maium sharoitda yakkalik xususiylikka, xususiylik umumiylikka va aksincha, ular bir-biriga o’tishi mumkin. Obektiv olamda har qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida paydo boiib, so’ngra u o’sib, rivojlanib xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi.
Lekin, bundan har qanday yakkalik xususiylikka, xususiylik esa umumiylikka o’taverar ekan, degan fikr yuritmaslik kerak. Bunday bo’lishi uchun har bir yakkalik, xususiylik va umumiylik taraqqiyotning asosiy tendensiyasiga mos kelishi shart. Yakkalik, xususiylik va umumiyliklarning o’zaro bog’lanishlarini dialektik nuqtayi nazardan tushunish obektiv voqelikni to’g’ri bilish uchun juda muhimdir. Chunki, insonning borliqni bilishi ham yakkalikdan xususiylikka va undan umumiylikka borishdan iboratdir. Bu umumiylikni biz narsa va hodisalarni ularda ifodalanuvchi yakkaliklar va xususiyliklarni bilish orqali anglab yetamiz.
Mohiyat va hodisa. Mohiyat — narsa va hodisalaming ichki eng muhim o’zaro bog’lanishlari, shu bog’lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bog’lanishlaming namoyon bo’lish shakli — mohiyatning ifodalanishidir. Masalan, hamma tirik mavjudotlaming mohiyati, ulardagi modda almashuv jarayoni bo’lmasa, tiriklik jarayoni — hayot ham bo’lmaydi. Modda almashish jarayoni butun hayot jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin, bu modda almashuv jarayoni har bir tirik organizmda juda xilma-xil ko’rinishlarda sodir bo’ladi. Bu ko’rinishlar — hodisalardir.
Mohiyat va hodisa o ‘zaro umumiy va o ‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar quyidagilardan iboratdir.

  1. Mohiyat — ichki aloqalarni, hodisa esa tashqi aloqalarni ifodalaydi. Masalan, inson daraxtning shitirlashini, qushlarning sayrashini eshitadi. Bu hodisalaming sababi turlicha bo’lsa-da, ularning mohiyati bittadir, ya’ni havo zarralarining tebranishidir. Biroq, inson buni birdan payqay olmaydi. Dastlab, u hodisa sifatida yuz bergan narsani fahmlaydi, so’ng uning mohiyatini bila boshlaydi.

Mohiyat — narsalaming ichki aloqadorligi bo’lgani sababli, u chuqur tahlil qilish vg. izlanish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa esa aksincha, hissiy organlar orqali bevosita idrok etiladi. U hissiy organlarimizga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etib, u yoki bu sezgi va idroklarimizni hosil qiladi.

  1. Mohiyat bilan hodisa o’zaro birlikda bo’lishi bilan, ular bir-biriga qarama-qarshi ham, shu sababli ular hech vaqt birbiriga aynan mos kelmaydi. Ularning qarama-qarshiligi borliqdagi narsalaming o’z tabiatidan kelib chiqadi. Mohiyat hodisada yashirin bo’ladi va uni bevosita hissiy organlar orqali bilish mumkin emas. Hodisa — narsalaming namoyon bo’lish shakli sifatida mohiyat bilan hech vaqt mos kelmaydi. Agar narsalaming namoyon bo’lish shakli bo’lgan hodisa mohiyat bilan bevosita mos kelganda edi u holda har qanday fan ortiqcha bir narsa bo’lib qolgan bo’lur edi. Fanning vazifasi — borliqning ko’pdan-ko’p hodisalari, ularning tashqi tomonlari va belgilari ostida yashirinib yotgan, ularning asosini tashkil qiladigan mohiyatlarni izlab topishdan iborat.

  1. Mohiyat nisbatan doimiyligi va barqarorligi bilan hodisadan farq qiladi. Mohiyat va hodisa munosabatini daryoning yuzidagi ko’piklar va uning ostidagi suvning tez oqimiga o’xshatish mumkin. Bundagi daryo suvi harakatining yuzidagi ko’piklar hodisa bo’lsa, ularning ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir. Lekin uning ustidagi ko’piklar ham mohiyatning o’ziga xos ifodasidir.

  2. Mohiyatning nisbiy doimiyligi va barqarorligini, hodisaning o’zgaruvchanligini mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunki, mohiyat ham, hodisa ham o’zgarib boradi. Lekin, mohiyat hodisaga nisbatan sekin o’zgaradi, u ma’lum barqarorlikka ega.

Mohiyat va hodisa o’zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday mohiyat hodisada namoyon bo’ladi, ya’ni hodisa mohiyatning u yoki bu holda ko’rinishidir; b) mohiyat va hodisa obektiv xarakterga ega bo’lib, ular inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjuddir; d) mohiyat ham, hodisa ham doimo o’zgarishda va rivojlanishda bo’ladi. Biroq, mohiyat va hodisa ziddiyatli xarakterga ega bo’lishi bilan birga, mohiyatning o’zi ham ziddiyatlidir. Dialektika buyumlarning mohiyatidagi shu ziddiyatlami o’rganadi.
Mohiyat va hodisa bog’lanishlarini har tomonlama o’rganish fan va amaliyotda ham muhim o’rin tutadi. Bunda hodisani mohiyatdan ajrata bilish muhim ahamiyatga ega. Mohiyatni hodi­sadan ajrata bilmaslik, nazariya va amaliyotda jiddiy xatolarga olib ‘ keladi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə