Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə34/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   193
Falsafa

Mazmun va shakl. Mazmun va shakl ham kishilarning borliqni bilishida katta rol oynaydi.
Mazmun — narsa yoki hodisani aynan shu narsa yoki shu hodisa sifatida ifodalovchi jarayonlar, muhim elementlar o’zgarishlarining majmuyidan iborat.
Shakl — mazmunning mavjudlik usulini, uning strukturasini, ya’ni tuzilishini ifodalovchi, narsa va hodisalarning ichki va tashqi tomonlarining birligidan iborat. Mazmunni tashkil etuvchi xususiyatlar, ziddiyatlar, elementlar shaklsiz ifodalanmaganidek, ularning mavjudlik usuli, strukturasi, tuzilishi ham mazmunsiz namoyon bo’la olmaydi. Demak, mazmun va shakl muayyan bir narsa yoki hodisaning bir-biri bilan dialektik aloqador bo’lgan ikki tomonidir.
Obektiv olamda narsa va hodisaga oid bo’lmagan sof mazmun ham, sof shakl ham yo’q. Aksincha, faqat muayyan mazmun va shakl birligiga ega bo’lgan narsalar va hodisalargina mavjuddir. Bunda hamisha muayyan mazmun, muayyan shaklda ifodalanib, muayyan shakl muayyan mazmunga ega bo’ladi.
Borliqdagi har bir narsa va hodisa mazmun va shakl birligi tufayligina mavjud bo’lsa-da, ular shu birlikni vujudga keltirishda turlicha rol oynaydi. Shakl esa, aksincha, mazmunni ifodalaydi. Qisqa qilib aytganda, mazmun shaklni belgilaydi.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalar o’zlarining paydo bo’lishlari, shakllanish va rivojlanishlarida bir-birlari bilan aloqadorlikda va sababiy bog’lanishlarda boMishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab tufayli kelib chiqqan oqibat bo’ladi. Ularning o’zaro bunday aloqadorligi sababiy bog’lanish deyiladi. Bu sababiy bog’lanishda har bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki hodisani vujudga keltiradi.
Bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi sabab deb ataladi. Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa oqibat deyiladi. Masalan, qo’llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo’llarimiz qiziydi. Bu yerda ikki hodisa: ishqalanish va issiqlikning guvohi bo’lib turibmiz. Lekin, bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni ishqalanish issiqlikning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Demak, ishqala­nish — sabab, issiqlik — oqibat bo’lmoqda.
Odatda, borliqdagi har bir hodisaning paydo bo’lishida, rivojlanishida o’z sababi bo’ladi va, ayni vaqtda, muayyan oqibatni namoyon qiladi. O’z navbatida, bu oqibat boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo’lib xizmat qilishi mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz ulami umumiy aloqadorlikdan ayirib olishimiz hamda alohida-alohida tekshirishimiz lozirm Bunday holda bir-biri bilan almashinib turuvchi harakatlardan biri sabab tarzida, boshqasi pqibat tarzida ko’z oldimizda namoyon bo’ladi.
Sabab bilan oqibatning o’zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va jamiyatdagi sabab-oqibat bog’lanishlarning kishilar fikridagi ifodasi ,,sababiyat“ kategoriyasining paydo bo’lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o’rtasidagi shunday ichki aloqadorlikki, bunda har doim bir hodisa mavjud bo’lar ekan, uning ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo’ladi.
Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz oqibatlar yo’q va bo’lishi ham mumkin emas, hamma narsaning o’z sababi bor. „Shamol bo’lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi“, deydi xalqimiz. Aniqroq qilib aytganda, kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo’ladi, degan tasawur ulaming amaliyoti asosida kelib chiqqan.
Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin, oqibat sababdan keyin keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin, borliqda ketma-ket keluvchi har qanday predmetlar va hodisalar bir-birlari bilan sababiy bog’lanishda bo’lavermaydi. Masalan, qishdan so’ng bahor, bahordan so’ng yoz, yozdan so’ng kuzning kelishi sabab va oqibat bog’lanishi emas, ular bir-birlarini keltirib chiqarishmaydi. Bu hodisalarning roy berishi Yerning Quyosh atrofida o’z holatini o’zgartirgan holda aylanishi sababli sodir bo’ladi.
Odatda, sababni bahonadan ham farq qilish lozim. Bahona bevosita oqibatdan oldin sodir bo’ladigan biror hodisa yoki voqea bo’lib, u o’z mohiyati bilan oqibat sifatida roy bergan hodisaning haqiqiy va asosiy sababi bo’la olmaydi. Bunda bahona sababning oqibatini keltirib chiqarishda turtki bo’lishi, oqibatning sodir bo’lish jarayonini tezlatuvchi omil rolini oynashi mumkin. Masalan, bunga Rossiya Federatsiyasida 1991-yil 19-21-avgustdagi davlat to’ntarishi qilishga uringan Favqulodda davlat komitetining faoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Bu o’rinda sobiq Ittifoq yemirilishi, uning o’miga yangi mustaqil davlatlar paydo bo’lishining sabablari butunlay boshqa narsalar edi.
Borliqdagi sababiy bog’lanishlaming murakkab zanjirida zaruriy va tasodifly aloqadorliklar ham muhim rol oynaydi.
Bunday aloqadorliklarni ,,zaruriyat“ va „tasodif’ kategoriyalari ifodalaydi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə