Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə36/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   193
Falsafa

Real imkoniyat — rivojlanishning asosiy tendensiyasini ifodalovchi hozirgi sharoitda uning ichki mohiyatidan kelib chiquvchi imkoniyatdir. Real imkoniyat konkret, ayni vaqtda amalga oshishi mumkin bo’lgan imkoniyatdir.
Ijtimoiy taraqqiyotda imkoniyatning voqelikka aylanishida obektiv shart-sharoit hal qiluvchi rol oynaydi. Obektiv shartsharoitlar — inson ongidan tashqarida mavjud bo’lgan shartsharoitlardir. Biroq, jamiyatdagi real imkoniyatlarni voqelikka aylantirishda ongli faoliyatning roli ham g’oyat kattadir. Buning ma’nosi shuki, jamiyat imkoniyatlarining voqelikka aylanishida subektiv omil muhim ahamiyatga ega. Subektiv omil — bu xalq ommasi, uning ongliligi va faol amaliy faoliyatidan iborat hodisa.
Umuman, dialektikada yuqoridagi deterministik aloqadorliklami ifodalaydigan kategoriyalar o’zaro bir-birlari bilangina emas, balki boshqa barcha kategoriyalar bilan ham chambarchas bog’liqlikda o’rganishni talab qiladi.


Tayanch tushunchalar: falsafa, falsafaning milliyligi, falsafaning umuminsoniyligi, faylasuf, falsafiy muammolar, dunyoqarash, tafakkurning o‘zgarishi, dunyoqarashning yangilanishi, dunyoqarashning vazifalari, mifologik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, falsafaning vazifalari, zardushtiylik, «Avesto», Konfutsiylik, «Veda»lar, buddaviylik, ilk o‘rta asrlar falsafasi, «Qur’on», Hadislar, islom falsafasi, tasavvuf, temuriylar davri falsafasi, «Temur tuzuklari», «Ziji Ko‘ragoniy», «Xamsa», « Boburnoma», xonlik va amirliklar davri falsafasi, «Qarolar falsafasi», jadidchilik, jadidlar falsafasi. Yunon falsafasi, Rim falsafasi, xristianlik dini, sxolastika, apologetika, realizm, nominalizm, uyg’onish davri falsa fasi, ingliz falsafasi, fransuz falsafasi, nemis mumtoz falsafasi, XX asr falsafasi, borliq, borliq shakllari, individual borliq, ijtimoiy borliq, real borliq, virtual borliq, tabiat, tabiiy muhit, biosfera, noosfera, hayot, yo'qlik, mavjudlik, reallik, olam, ontologiya, materiya, harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, sabab va oqibat, mazmun va shakl

Takrorlash uchun savollar



  1. «Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?

  2. Falsafaning bahs mavzulari nima?

  3. Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz?

  4. Falsafa milliy bo‘lishi mumkinmi?

  5. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari.

  6. Sharq — insoniyat sivilizatsiyasining qadimiy o‘chog‘i.

  7. «Avesto» to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  8. Zardushtiylikning mohiyati nimadan iborat?

  9. Islom dini va falsafasi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  10. Temur va temuriylar davri falsafasi.

  11. Amirlik va xonliklar davri falsafasi.

  12. Yunon falsafasining falsafa tarixidagi ahamiyati.

  13. Rim falsafasi va undan keyingi davr falsafasi.

  14. Xristianlik va Yevropada ijtimoiy tafakkur.

  15. Inkvizitsiya nima, uning oqibatlari haqida nimalarni bilasiz?

  16. «Uyg’onish davri» tushunchasini qanday talqin etasiz?

  17. XX asr falsafasining asosiy oqim va yo’nalishlari.

  18. Hozirgi zamon falsafasini o’rganishning ahamiyati.

  19. Olam nima va unda odamning o‘rni qanday?

  20. Borliq va yo‘qlik tushunchalari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  21. Borliqning murakkab tuzilishi deganda nima tushuniladi?

  22. Real, konkret va virtual borliqning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.

  23. Mavjudlik va reallik nima?

  24. Harakat va uning asosiy shakllari to‘g‘risida so'zlab bering.

  25. Fazo va vaqt, makon va zamon qanday ma’nolarni anglatadi?

  26. Hayot nima va uning mazmuni nimadan iborat?

  27. Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor?

  28. Hozirgi davrda taraqqiyot va o’zaro bog'liqlik tamoyillari qanday namoyon bo'lmoqda?




Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə