Muhandislik-texnologiya


-MAVZU. JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIG’I



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə37/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   193
Falsafa

3-MAVZU. JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIG’I.


«Jamiyat» tushunchasining mazmun-mohiyati. Insoniyat azalazaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma'noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bogliq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushiga nisbatan ham ushbu tushuncha qo'llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo'lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb ataladi. Har bir jamiyatning o’z qiyofasi, tuzilishi, tarkibiy qismlari mavjud bolishi tarixiy zaruratdir. Muayyan jamiyat hayotiga xos bo'lgan yashash va taraqqiy etish sohalarining ham o’ziga xos xususiyatlari bor. Bu masalani o’rganish ayniqsa dunyo hamjamiyati va O’zbekiston hayotida tub o’zgarishlar roy berayotgani hozirgi davrda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat fanga ma’lum tizimlar orasida eng murakkabi bo’lib, uni o’rganish jiddiy qiyinchiliklar tug’diradi. Jamiyat hayoti juda faol bo’lib, har bir xalq o’zining alohida, betakror tarixiga ega. Jamiyat hayotining barcha jarayonlari bir-biri bilan shu darajada uzviy bog’liqki, ba’zan turli vaziyatlarda belgilovchi va belgilanuvchi jarayonlar o’rin almashadi. Tarixiy jarayonda tasodiflar va sub’ektiv omil ayniqsa, muhim rol oynaydi. Muayyan fanlardan farqli o’laroq, falsafaning vazifasi tarixiy jarayonning umumiy jihatlarini o’rganishdan iborat. Falsafa, muayyan hodisalarning sabablari nimada, degan savolga javob topish vazifasini o’z oldiga qoymasa-da, tarix fanining metodologik asoslarini yaratadi, mazkur sabablarni aniqlashga nisbatan qanday yondashish kerak, degan savolga javob beradi. U dunyoqarashga doir o’z mo’ljallariga tayanadi, ijtimoiy va gumanitar fanlarning kategoriyalar apparatini ishlab chiqishda ishtirok etadi. O’z kategoriyalarining ijtimoiy mazmunini yoritar ekan, falsafa shunga asoslanib, muayyan-tarixiy jarayonlarni tahlil qilishni amalga oshiradi. Tarix falsafasining muammolaridan biri bu tarixiy jarayonning birligi muammosi va tarixni davriylashtirish tamoyillarini belgilashdir. Falsafaning vazifasi jamiyat hayotining asosiy negizlarini, uning tizim tashkil etadigan omillarini aniqlashdan iborat. Tarix falsafasida dunyoqarashga doir mo’ljallarining rang-barangligi bilan ajralib turadigan ko’plab oqimlar va yo’nalishlar mavjud bo’lgan. Shu sababli har bir faylasuf, odatda, o’z mo’ljallariga amal qiladi, nafaqat dunyoni, balki jamiyatni ham o’ziga xos tarzda tushuntiradi. Madaniy-tarixiy tiplar g’oyasi. XIX asrda madaniy-tarixiy tiplar nazariyasi vujudga kelgan bo’lsa-da, aslida bu haqdagi dastlabki qarashlar Forobiy ijodiga mansub. Forobiy insonlar jamiyatini ikki madaniy tarixiy tiplarga ajratadi. Birinchisi to’liq jamiyat bo’lib, u o’zida a) er yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat, b) Erning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o’rta jamiyati v) muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. Ikkinchisi bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo’lgan to’liqsiz jamiyat . Forobiy fikricha, «Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo’lga kiritish mumkin. To’liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar».
Forobiyning bu fikrlari Platon va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o’zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to’liq va to’liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to’liq jamiyatning birinchi bosqichidir deb e’tirof etadi. Platon va Aristotel esa to’liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta’kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig’i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta’kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi.
Fuqarolik jamiyati, davlat, demokratiya. Hozirgi zamon jamiyati o’ta murakkab va faol ijtimoiy tizimdir. Umuman olganda, uni quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan jamiyat sifatida tavsiflash mumkin:

  • u spontan tarzda vujudga keladi va biron-bir boshlang’ich g’oyani o’zida mujassamlashtirmaydi, jamiyatning barcha a’zolari uchun muqarrar bo’lgan olamshumul maqsadga ega bo’lmaydi;

  • unda muvofiqlashtirishga muayyan umumiy maqsad va yagona markazga boysunish hisobiga emas, balki xulq-atvor umumiy qoidalariga rioya etish hisobiga erishiladi;

  • mazkur jamiyatning iqtisodiy asosi xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik, markazlashtirishdan chiqarilgan bozor tizimi va raqobatdir;

  • uning individlari erkin va mustaqil bo’lib, qonun bilan muhofaza etiladigan shaxsiy hayot sohasiga egadirlar, bu hayot doirasida ular o’zlari istagan har qanday qarorlarni mustaqil ravishda qabul qilishga haqlidirlar;

  • individlar shak-shubhasiz va uzviy fundamental huquqlar va erkinliklarga, shu jumladan fikrlash va so’z erkinligi, uyushmalar va tashkilotlar tuzish erkinligi, vijdon erkinligi, bir joydan boshqa joyga ko’chib yurish erkinligi, o’zi istiqomat qiladigan mamlakatni tanlash erkinligiga egadirlar;

  • bu ko’ppartiyaviy jamiyat bo’lib, unda siyosiy partiyalar hech qanday bevosita ommaviy-hokimiyat vakolatlariga ega emaslar;

  • davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarishning vakillik organlari aholi tomonidan saylanadi;

  • hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari bir-biridan ajratilgan. Zamonaviy jamiyatning umumiy tavsifida quyidagi tushunchalar markaziy o’rinni egallaydi: fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat, ko’ppartiyaviylik, demokratiya, hokimiyatning bo’linishi, xususiy mulk, bozor, shaxs erkinligi va suvereniteti.

Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyati organlarining to’g’ridan-to’g’ri aralashuvidan qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi. Kishilarning rang-barang manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali royobga chiqariladi, bunga erishish uchun ular davlat oldida hisobdor bo’lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, AQShda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag’ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to’g’ri keladi. XIX asr fransuz sotsiologi A.De Tokvil Amerikada demokratiyani qo’llab quvvatlovchi ijtimoiy sharoitlar to’g’risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar tuzishga bo’lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega bo’lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma’naviy uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko’p kishilik va atigi bir nechta a’zodan iborat birlashmalardir. Shunday qilib, odamlar o’zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq bo’lgan maqsadga bahamjihat erishish san’atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa harakatining mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko’proq qo’llay boshladilar.
Fuqarolik jamiyatiga O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta’rif beradi: “Fuqarolik jamiyati ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada royobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo’l qoyilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga boysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi, birbirini to’ldiradi va birbirini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so’zsiz rioya qilishlari shart”
Ibn Xaldun (1332-1406) o’z davrida birinchi bo’lib, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g’oyalarni ilgari suradi. Jumladan madaniyatlar va davlatlarning paydo bo’lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat ekanligini, unga tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligini aytadi.
Sivilizatsiyalarning tiplari. Noevropacha sivilizatsiyalar ancha kata guruhni tashkil etadi (A.Toynbi tasnifiga ko’ra, bunday sivilizatsiyalar 21 ta). Bu sivilizatsiyalarning aksariyati betakror tarzda o’ziga xos va ayni vaqtda, umumiy tipologik jihatlarga ega. Bular yevropacha sivilizatsiyadan ancha oldin vujudga kelgan an’anaviy sivilizatsiyalardir. An’anaviy jamiyat juda sust rivojlanadi va mavjud hayot tarzini asrlar va hatto ming yilliklar osha saqlashga qodir. Noyevropacha sivilizatsiyalarning xo’jalik faoliyati qishloq xo’jalikhunarmandchilik ishlab chiqarishi va texnologiyasining hukmronligiga asoslanadi. An’anaviy sivilizatsiyaning ma’naviy sohasida diniy-mifologik tasavvurlar hukm suradi, ilmiy bilimlarning dastlabki shakllari asosan mavjud faoliyat turlari uchun retseptura vazifasini bajaradi. Noyevropacha sivilizatsiyalar evolyusiyasi siklliligi va o’ziga xos institutlar va normalarga ega bo’lgan davlat vaqti-vaqti bilan dam kuchayib, dam zaiflashib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday jamiyat haloqati sivilizatsiya tipini o’zgartirmaydi, u ijtimoiy vorisiylik mexanizmlari yordamida avloddan-avlodga o’tadi. Yevropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanishning alohida tipii bo’lib, u Evropada taxminan XV-XVII asrlarda shakllangan. Uning o’tmishdoshlari antik dunyo madaniyatlari va Yevropa xristiancha an’anasidir. Uyg’onish davrida bu ikki an’ana sintezi texnogen sivilizatsiyaning teran o’ziga xosligini va uning texnika va texnologiya jadal sur’atlarda rivojlanishini, odamlar o’rtasidagi ijtimoiy aloqalar tubdan o’zgarishini ta’minlagan madaniyatini shakllantirdi. Uning zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxs o’z tashabbuskorligi, faolligi va mustaqilligi bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan o’rin olishi yotadi. Odamlar o’rtasida muloqotning faollashuvi va samarali kommunikatsiya vositalari paydo bo’lishi texnogen sivilizatsiyaning o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Madaniyatda ilmiy oqilonalikalohida o’ziga xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol va oqilona tarzda o’zgartirishiga imkoniyat yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning ustunligini tasdiqlaydi. Unda yangilik va unumdorlik, biluvchi sub’ektning bilimi, erkinligi va mustaqilligini tinimsiz oshirish talablari shakllanadi.
O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash uchun asos qilib olib, quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar:

  • ilk sivilizatsiya (arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamoa);

  • qishloq xojalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi;

  • industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya;

  • hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiY.

Madaniyat, uning tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari. «Madaniyat» atamasi arabcha «madina» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «shahar», degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush, deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa, O’rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne’matlari bilan bog’langan. Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko’rinishida shakllangan. Shu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go’zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg’onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa, din bilan bog’lash odati paydo bo’lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Shu ma’noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o’rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan. Ma’rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o’ziga xos jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida, jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat oldiga umumiy ahamiyatga ega bo’lgan maqsadlarni qoyish va ijtimoiy o’zgarishlarni o’ziga boysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo’lgan narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz kengaytirishi lozim edi. Ammo, madaniyatning asl mohiyati, uning o’ziga xosligi inson aqlining mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə