Muhandislik-texnologiya


-MAVZU. GLOBALLASHUV VA BARQAROR TARAQQIYOT FALSAFASI



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə72/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   193
Falsafa

6-MAVZU. GLOBALLASHUV VA BARQAROR TARAQQIYOT FALSAFASI9.


Og‘ir va murakkab vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bо‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashkarida bо‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani hakidagi ilk ogohlantirishlarning о‘ziyok odamlarni fanga о‘z e’tiborini karatishga, olimlarni esa, bu muammolarni yechish yо‘llarini izlashga majbur kildi.
Yuzaga kelgan vaziyatning о‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har kanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida о‘rganish mumkin bо‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning kо‘p sonli о‘zaro aloqalari va о‘zaro bog‘likliklarida kamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadkik etishga ayrim fanlar kodir emas. Zero, о‘z tadqiqoti obyekti u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talkin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli, u yoki bu fan kaysi muayyan vazifalarni yechishidan kat’i nazar, ular bilan bog‘lik jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-okibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda о‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bо‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas. Shunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy yechimi tо‘g‘risida, boshqa tomondan esa falsafa fanlarning keng doirasi о‘zaro aloqa qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim о‘rin tutishi tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bо‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni о‘rganadi, degan fikr mavjud bо‘lsada, u (falsafa) global muammolarni yechishda muhim rol о‘ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar, ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda kо‘proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum.
Albatta, falsafa siyosiy va boshqa qarorlar qabul qilish jarayoniga muqarrar tarzda va bevosita ta’sir kо‘rsatadi, deb aytish uncha о‘rinli bо‘lmaydi. Zero, uning bosh vazifasi dunyoqarashni shakllantirish va shu tariqa amaliy qarorlar ishlab chiqish jarayoniga bilvosita ta’sir kо‘rsatishdan iborat. Uning vazifasi global muammolarning tabiiy-ilmiy va texnikaviy jihatlarini bevosita о‘rganishdan emas, balki boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli yechimlarning falsafiy, metodologik, madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat.
Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib, masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular bir-birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan о‘rganadi. Boshqacha aytganda, falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit о‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot, avvalo, global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy yechimini topish yо‘llarini kо‘p jihatdan belgilab beradi.
Global muammolarni falsafiy anglab yetishning о‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bо‘lgan xususiyatlarni qayd etib о‘tamiz.
Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yо‘nalishini kо‘p jihatdan belgilaydigan muayyan mо‘ljallar beradi. Shu tariqa falsafa о‘zining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi.
Ikkinchidan, turli fanlar doirasida о‘rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning о‘zaro hamkorligi yо‘lida jiddiy tо‘siq hisoblanadi. Shu ma’noda, falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologik funksiyasi, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga kо‘maklashadi.
Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni о‘rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liq bо‘lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yо‘l kо‘rsatadi. Shunday qilib, global muammolarning paydo bо‘lishi tasodif yoki insoniyatni haloqatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qarama-qarshiliklarga tо‘la insoniyat tarixi obyektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida qaraladi.
Tо‘rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendensiyasini, ularning о‘zaro aloqasi va bir-birini takozo etish darajasini falsafiy nuktai nazardan anglab yetish imkonini beradi.
Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish orkali ma’naviy madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini о‘rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bog‘lamasdan yechish mumkin emas.
Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan о‘sib borayotgan okimida yanada anikrok mо‘ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit kо‘rish va uni talkin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi.
Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, о‘lim va umrbokiylik masalalarini kun tartibiga kо‘yadiki, bu insoniyatga global muammolar taxdid solayotgan sharoitda ayniksa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog‘lik bо‘lgan va bashariyat rivojlanishining obyektiv tendensiyalarini tushunish va anglab yetishda ulkan rol о‘ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inkilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi.
Hozirgi davrning global muammolarini о‘rganishga nisbatan falsafiy yondashuv hakida muayyan tasavvur hosil kilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga karab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning о‘zini shu nuktai nazardan kо‘rib chiqamiz.



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə