Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə74/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   193
Falsafa

Globallik mezonlari.
Shaxs va jamiyat fani va falsafada global muammolarni yanada anikrok tavsiflash uchun yukorida zikr etilgan «geografik» mezondan tashkari bu muammolarni boshqa tomondan ularning sifati va muhim xususiyatlari nuktai nazaridan tavsiflovchi kо‘shimcha mezonlar kо‘llaniladi.
Birinchidan, global muammolar о‘z mohiyatiga kо‘ra nafaqat ayrim kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir.
Ikkinchidan, ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hech bо‘lmasa aksariyat qismining kuch-gayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish kо‘rishi talab etiladi.
Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining obyektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas.
Tо‘rtinchidan, global muammolarning yechilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bо‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Qayd etilgan mezonlardan tashqari ba’zan global muammolarning boshqa bir qator xususiyatlari ham kо‘rsatiladi. Xususiy, mahalliy va mintaqaviy muammolardan farqli о‘laroq, global muammolar nisbatan turg‘unroqdir. Ular globallikning yuqorida sanab о‘tilgan barcha mezonlariga mos kelishdan oldin, zimdan va uzoq shakllanadi, yechilishiga qarab esa (nazariy jihatdan), quyiroq darajaga tushib, dunyo miqyosida о‘z ahamiyatini yо‘qotishi mumkin. Ammo tendensiyalarni teskari yо‘nalishda о‘zgartirish kamida butun jahon hamjamiyatining izchil harakatlarini talab etuvchi о‘ta og‘ir ish bо‘lib, hali bunga erishilganicha yо‘q. Global muammolar mavjudligining nisbatan qisqa tarixiga nafaqat ularning quyiroq darajaga tushishi, balki susayish hollari ham ma’lum emasligining sababi ana shundadir.
Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati ularning barchasi birbiriga shu darajada bog‘liqki, ulardan birini yechish hech bо‘lmasa unga boshqa muammolarning ta’sirini hisobga olishni nazarda tutadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə