Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə77/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   193
Falsafa

Ta’lim muammosi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘lik. Sо‘nggi yillarda, jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamaygan bо‘lsa, mutlak hisobda о‘sishda davom etmokda. Bunda ma’lumotsiz odamlarning hayoti amalda kо‘p bolalikni xurofiy akidalar bilan oklaydigan arxaik oilaviy an’analarga bо‘ysunadi. Pirovardda, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar о‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmokda. Hozirgi vaktda ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlak rakamlarda о‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni о‘kish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham о‘sib bormokda (Hindiston aholisining 70 foizi, Pokiston aholisining 60 foizi, Afrika mamlakatlari aholisining 80 foizi savodsiz).
Shu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda tо‘lakonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘lik funksional savodsizlik ham о‘sib bormoqda.
Bu muammoning boshqa bir jihati shundan iboratki, jahonning aksariyat davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bо‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning kо‘shimcha manbai hisoblanadi. Shuningdek, hozirgi davrda ta’lim sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi kо‘ndalang bо‘lib turmokda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki ta’limning ijtimoiylashuvi о‘kuv jarayonida gumanitar fanlarning о‘kuv soatlari yoki fanlar sonini kо‘paytirish emas, balki tabiiyilmiy fanlar mazmunini gumanitarlashtirish, har kanday ilmiy kashfiyotni inson manfaatlarini himoya qilishga yо‘naltirishi lozim. Shundagina inson о‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Shu nuktai nazardan, О‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida» aynan shu maksadlarni о‘zida ifodalaydi. «О‘zbekistonda har yili ta’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu kо‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi»10 Zero, insonning nafaqat bilim olishi, balki kasbiy malakalarga ega bо‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə