Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə79/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   193
Falsafa

Yangi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mо‘ljallarini izlash jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan о‘zga sivilizatsiyaga о‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qо‘yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish kо‘rishi ham lozim. Uning dunyoga munosabatini о‘zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish mо‘ljallarini yaratishdan boshqa yо‘li yо‘q.
Dunyo xalqlar о‘rtasida о‘zaro aloqa va asosli hamkorlik yо‘liga yanada ishonch bilan kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar hakidagi ilmiy bilimlarni kengaytirish va chukurlashtirish, shuningdek, odamlarning yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarga о‘z javobgarligini yanada teranrok tushunishiga erishish lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy elektron kurilmalar va hisoblash texnikasi insonning о‘z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin bо‘lgan okibatlarni ham chamalash va bashorat qilish kobiliyatini kо‘p karra oshiradi. Shu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun ham, atrof-muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa okibatlarga olib kelishi mumkin bо‘lgan texnik loyihalar bо‘yicha karorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Sо‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar о‘ziga tobora kо‘prok e’tiborni tortmokda. Bu yerda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar ochilmokda. Bu kо‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi, chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga shakllanadi, kolgan jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudotdir.
Shu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik masalalari yana birinchi о‘ringa chikmokda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning, balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita bо‘ysundiruvchi inson faoliyatini butunlay о‘zgartirish lozimligini ifodalovchi «ilmiy insonparvarlik» atamasi faol ishlab chiqilmoqda. Birinchi Prezident I.A.Karimov bu xususda: «Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday taxdid о‘z-о‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yо‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inkirozga olib kelishi mumkin»12, degan edi.
Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy tizimini yaratishning boshlang‘ich tayanch nuktasiga aylandi. Bu odamlar, davlatlar va xalqlar о‘rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni rо‘yobga chiqarish mumkinligi va zarurligini e’lon qilgan Forobiy, Ibn Sino, T.Gobbs, P.Gassendi, M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar etikasida, ayniksa, bо‘rtib namoyon bо‘ldi. Uning bizgacha turli kо‘rinishlarda yetib kelgan mazmuni Volter bayonida barcha odamlarga karatilgan insoniy chorlov sifatida yangraydi: «О‘zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalar bilan shunday muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk (1632-1704) insonning uzviy huquqlari (yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Alisher Navoiy о‘zining mashhur «erkinlik», «tenglik», «birdamlik», «adolat» shiorlarini e’lon qilib, odamlarning umuminsoniy qadriyatlarga bо‘lgan ishonchini mustahkamladi.
O’zbekiston o‘z aholisi o‘sishi bilan bog‘liq masalalarni, aytish mumkinki, muvaffaqiyatli hal qilishga kirishdi. Keyingi paytlarda respublika hukumati inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ilgan har bir chaqaloq oldida ota va onaning, qolaversa, jamiyatning javobgarlik hissini oshirish borasida, Shuningdek, farzandning ota-ona va Vatan hamda xalqi oldidagi burchlarini chuqur anglashlari uchun juda katta ma’naviy rag‘batlantiruvchi tadbirlar ishlab chiqqanligi o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda «Sog‘lom avlod» jamg‘armasining tuzilishi, «Sog‘lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi ham fikrimizning dalili bo‘ladi.
Bugungi kunda ajdodlarimizning o‘z Vatani, tabiiy muhitga mehr-muhabbatli bo‘lish kabi muqaddas tuyg‘ulari avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tayotganligi bejiz emas. Zero ona Vatanimiz Yer yuzining eng obod va ozod go‘shalardan biriga aylanishi shak-shubhasizdir.



Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə