Muhandislik-texnologiya



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə78/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   193
Falsafa

Sog‘liqni saqlash. Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek, atrofmuhit holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bogliq. Aksariyat kasalliklar va atrof-muhitdagi antropogen о‘zgarishlar о‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof-muhit ifloslanishining hali о‘rganilmagan yoki kam о‘rganilgan kо‘p sonli fizik (avvalo, elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir kо‘rsatmokda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan о‘zgarishlar ayni shu hol bilan izohlanadi.
Bu yerda yukumli kasalliklar bartaraf etilgan bо‘lib, ular odamlar о‘limining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin, yurak-kon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada kо‘paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bо‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-kon tomir kasalliklari о‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zо‘rikish, stress holatlari ekanligi aniklangan. Bu hodisalar insonga tabiatning kudratli kuchlarini jilovlash va о‘zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, о‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu yerda kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlangan mamlakatlardagidan kо‘proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar о‘limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bо‘lish ehtimoli, rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bо‘lmaydigan darajada yuqoridir.
Sо‘nggi ma’lumotlarga kо‘ra, dunyo bо‘yicha yurak qon-tomir kasalliklari kun sayin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda о‘lim bilan tugaganligi sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (WHO) hisobotiga kо‘ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan
million inson vafot etgan. Ushbu kо‘rsatkich barcha о‘lim holatlarining 30 foizini tashkil qiladi. Shu jumladan, 7,6 million kishi yurak-ishemik kasalligidan 5, 7 million kishi insult oqibatida hayotdan kо‘z yumgan11. Hozirgi vaqtda о‘rnatilgan internatsional aloqalar natijasida davlatlar о‘rtasidagi ulkan yuk oqimlari, odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamshumul xususiyat kasb etdi va kо‘pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. Notipik zotiljam, qush grippi, chо‘chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud bо‘lmagan, yangi kasalliklarning paydo bо‘lishi sabablarini ham ayni shu yerdan izlash lozim.
Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX-XXI asrda yangi kasalliklar soni kо‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan, XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida, 2008 yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936), ayollarda bachadon saratoni kasalligini «papiloma» virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bо‘ldi. Dunyo bо‘yicha umumiy saraton kasalligining 5 foizini bachadon raki tashkil qilar va har yili ikki yuz mingga yaqin ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan kо‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, О‘zbekistonda ham 2009 yildan 12-14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə