Muhandislik-texnologiya


Asosiy global muammolar tizimi



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə76/193
tarix11.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#146521
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   193
Falsafa

Asosiy global muammolar tizimi. Hozirgi davrning global muammolari о‘z holatini zamonda tinimsiz о‘zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bо‘lgan yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, ularning yechilishiga qarab, yо‘qolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib, insoniyat qarshisida kо‘ndalang bо‘lgan aksariyat muammolar «bir-biri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig‘ butun sayyorani о‘z iskanjasiga olmoqda... yechilmagan muammolar soni о‘sib bormoqda, ular yanada murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni о‘z changalida tobora qattiqroq siqmoqda», deb yozgan edi.
Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bо‘lmasin, uni fan va falsafa yordamida yechish, ya’ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, obyektivni subyektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab yetish lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga ta’sir kо‘rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol yechishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash muhimdir.



Demografik muammo. Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari kо‘payishiga sabab bо‘layotgan aholining nazoratsiz о‘sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga kо‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Yerda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar kо‘paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining о‘sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar kо‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi 150 yil ichida, uchinchisi 100 yil ichida va oxirgisi 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. Shuni aytishning о‘zi kifoyaki, 1956 yil Yerda 2,8 milliard kishi yashagan bо‘lsa, XX asr oxiriga kelib, bu rakam 6 milliardga yetdi.
XX asrda Yer kurrasi aholisining « demografik portlash » deb nomlangan mislsiz darajadaо‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bо‘ldi. Bu, avvalo, rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bо‘lib, ularga jahon aholisi о‘sishining о‘ndan tо‘kkiz qismidan kо‘prog‘i tо‘g‘ri keladi. Bu yerdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayok xos bо‘lgan о‘lim darajasining yukoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bо‘lgan tug‘ilish darajasining yukoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaktda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad mikdoriga, kishlok xо‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va kishlok xо‘jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga kо‘ra, bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamokda.
Demografik muammolar juda murakkab va о‘ta turg‘un bо‘lib, ularni tez bartaraf etish mumkin emas. Ularni yechish kechga surilgani sari, yanada murakkabrok va chigalrok tus oladi. Shu sababli rivojlanayotgan mamlakatlarda barcha hukumatlar tug‘ilish darajasini pasaytirishga karatilgan demografik siyosatni amalga oshirishga harakat kilmokda. Jumladan, О‘zbekistonda 1995 yilda «Oilani rejalashtirish» Davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirishning ona va bola sog‘ligini asrashga yо‘naltirilgan say-harakatlardan biri bо‘lishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini boskichma-boskich amalga oshirish kо‘zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, kishlok va ovullarda reproduktiv salomatlik bо‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmokda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida О‘zbekistonda aholining о‘rtacha yoshi erkaklar orasida 73, ayollar orasida 75 yoshga teng.
Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu yerda uning aks kо‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar sonining о‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy kо‘payishini ham ta’minlamaydigan tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmokda. Ayni holda depopulyatsiya, ya’ni aholi sonining kamayishi tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi-ki (Rossiya aholisi о‘rtacha 54 yoshni tashkil qiladi), bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, pensiya ta’minoti va shu kabilarga tegishli kо‘shimcha kiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Rossiyadagi sо‘nggi 20 yillikdagi demografik jarayonlar bunga yorkin misol bо‘ladi. Birok, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy о‘zgarishlar kuzatilmokda. Jumladan, aholi soni ortishi va о‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə