Muloqot jarayonini boshqarish usullari qiyosiy tahlilini o'tkazish



Yüklə 178,54 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü178,54 Kb.
#140671
  1   2
Muloqot jarayonini boshqarish usullari qiyosiy tahlilini o\'tkazish

Muloqot jarayonini boshqarish usullari qiyosiy tahlilini o'tkazish


Reja:
Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari
O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish
Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi.
Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogikpsixologik fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi. Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:
muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi;
pedagogikada muloqot – o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
muloqot – hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;
noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat–e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.

Yüklə 178,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə