Muloqot psixologiyasi


Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud



Yüklə 156 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2023
ölçüsü156 Kb.
#149566
1   2
Baratova Oysanam Esse

Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud:



Dastlabki bosqich –odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi.
I kkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot- muloqotnidir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin.
U chinchi bosqich avlodlar o`rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.


Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
R asmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti.
N orasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati. Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati, o`zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir kursatadi. Shuning uchun hamma ham rahbar bo`la olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo`l uravermaydi, chunki buning uchun ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardor bo`lish talab etiladi.


M uloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.
M ulo`qotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri.
M uloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bo`lgan murakkab psixologik jarayon.
Muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chikamiz.
Adabiyotlar:


1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s.
4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s.
5. www.expert.psychology.ru 
6. www.psycho.all.ru 
Yüklə 156 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə