Muloqotchanlik sifatlarini takomillashtirish usullari bo’yicha treninglar Reja



Yüklə 42,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü42,34 Kb.
#159077
  1   2
1-amaliy m



Muloqotchanlik sifatlarini takomillashtirish 
usullari bo’yicha treninglar 
Reja: 
 
1.
Muloqot haqida tushuncha. 
2.
Muloqot qilishning asosiy turlari va tomonlari. 
3.
Muloqot insonlarning bir-birini tushunishi va idrok qilish sifatida. 
4.
Nutq va uning turlari. 


1. Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning afektiv baholovchi 
xarakterda va bilish bo`yicha ma’lumot almashishdan iborat bo`lgan o`zaro 
ta’sir etishdir. Muloqotning tizimida o`zaro bir-biriga bog`liq jihatlari 
ajratiladi: kommunikativ, interaktiv va pertseptiv. 1. Muloqatning 
kommunikativ jihati bu muloqatdagi individlarni o`zaro ma’lumot 
almashinishidir. 2. Muloqotning interaktiv jihati bu individlar muloqatda 
nafaqat bilim va g`oyalar balki harakatlar bo`yicha ham o`zaro ta’sirini 
tashkil etishdan iborat. 3. Muloqatning pertseptiv jihati muloqot jarayonida 
o`zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir.
Demak, muloqot birgalikdagi xarakat extiejlaridan kelib chikadigan, 
aloka almashish, bir - biriga ta’sir etish, boshkalarni tushinish, odamlar 
urtasida kontakt urnatish va rivojlantirish jaraeni.
Muloqot hayot kechirishning bir shaklidir. 
2. Muloqotning o`zaro birgalikdagi harakati va kommunikativ jihatdan 
tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarining uning 
jarayonida amalga oshiriladigan o`zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli 
psixolog S. L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “Kundalik hayotga 
odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz, biz ularning xulq - atvoriga 
mo`ljal olamiz. Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari 
mohiyatini go`yo o`qib ya’ni mag`zini chaqib chiqamiz va shu yo`sinda 
kontekstda mujassamlashadigan matnning ichki psixologik jihati mavjud 
bo`lgan mazmunini aniqlaymiz”.
Bunday o`qish naridan beri tez yuz beradi, chunki tevarak atrofdagilar 
bilan muomala jarayonida avtomatik tarzda amal qiladigan psixologik ichki 
ma’no hosil bo`ladi. 
Muomala prioretiv jihati bu kishining kishi tomonidan idrok etilishi, 
tushunilishi va baholanishi demakdir. Identifikatsiyalash - bir kishi ikkinchi 


kishini uning ta’rifini o`z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda 
o`xshatilishi orqali tushinish usulidir.
Shaxslararo idrok etish jarayonida teskari aloqa, xabar beruvchi 
funktsiyani 
va 
o`zini 

o`zi 
boshqarish 
funktsiyasini 
bajaradi. 
Steriotiplashtirish – xulq -atvor shakllarini tasniflash va ularni hozirgacha 
ma’lum va mashhur deb sanalgan ya’ni ijtimoiy qoliplarga mos keladigan 
hodisalar jumlasiga kiritish yo`li bilan ularning sabablarini o`zgartirishdan 
iboratdir. Ko`p hollarda insonlarning bir-birlarini idrok etishlari «ijtimoiy 
pertseptsiya» sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning bu jihati ijtimoiy 
pertseptsiya haqidagina emas, balki shaxslar aro pertseptsiya haqida hamdir. 
Inson jamiyatda shaxs sifatida qabul qilingani sari. Muloqotda ham shaxs 
sifatida namoyon bo`ladi. S.L.Rubenshteyn aytganidek: «Biz insonni tashqi 
xulq - atvoriga qarab o`qiymiz». «Boshqa odamni bila turib, o`rganayotgan 
individning o`zi ham shakllanadi» deb yozgan edi L.S.Egodskiy. Insonni 
inson tomonidan idrok etilishida kamida 2 kishi jalb qilingan bo`lishi lozim 
bo`lib, ularning ikkalovi ham faol sub’ektdir. O`zini boshqa inson tahlil 
qilishini o`z ichiga identifikatsiya va reflektsiyani kiritadi. 
3. Odamlarda samarali muomala o`rnatish malakalarini tasodifiy 
ravishda tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi. 
Katta maktab yoshidagi o`quvchilar xulq - atvori qoidalariga bag`ishlangan 
ommabop adabiyotlarni o`qir ekan, muloqot madaniyatining ba’zi jihatlari 
bilan tanishadi. Lekin muomala malakalarini maxsus o`rgatilishi alohida bir 
vazifa bo`lib pedagog uchun uning qanchalik muhim ekanligini trening, ya’ni 
muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida 
namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining, ya’ni muomalaning mashq 
qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. 
Sotsial psixologik trenining mazmunan ikki xil vazifani: 1. Muomalaning va 
shu jumladan pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini. 2. 


Pedagogik kommunikatsiyaning texnologiyasini egallash, ya’ni professional 
pedagogik muomala va malakalari shakllanishini o`z ichiga oladi. Psixologik 
pedagogik trenining shakllaridan yana biri tipik pedagogik vaziyatlarining 
misol uchun imtihonlarni modellashtiruvchi amaliy o`yinlari. Muomala 
trening, ya’ni muomalani mashq qilish o`qituvchilarni tayyorlash va 
malakasini oshirish sistemasida pedagogik ishning yangi shakli bo`lib, 
pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli hisoblanadi.
Bog`lanish lotincha son ya’ni “yaqinlashish” degan so`zdan olingan, 
munosabatga kiruvchilar o`rtasida ikki tomonlama aloqa bo`lishini taqoza 
etadi. Bunga erishish va uni ko`ngildagidek rivojlantirish sharti munosabatiga 
kirishuvi shaxslarni o`zaro bir-biriga hurmati va ishonchidan iboratdir. Agar 
pedagog o`z tarbiyalanuvchilariga ishonch va hurmat bilan munosabatda 
bo`lsa, u har qancha printsipial va talabchan bo`lgan taqdirda ham, uning eng 
arzimas tanbehlari ham ta’sirli bo`ladi. 
Munosabat jarayonlari har doim va barcha vaziyatlarda ham sip – 
silliqgina va ichki qarama qarshiliklarsiz yuz beradi deb tasavvur qilishi 
yaramaydi. Ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi qadriyatlar, vaziyatlar 
va maqsadlarning mavjudligini aks ettiruvchi pozitsiyalar antoganizmi 
yuzaga chiqadiki, ba’zan bu o`zaro adovatni keltirib chiqaradi, shaxslararo 
majaro sodir bo`ladi. Majarolarning kelib chiqishiga, shuningdek 
munosabatga kiruvchilarning o`zaro birgalikda harakat qilishlariga g`ov 
bo`lgan va bartaraf etilmagan ma’naviy anglashilmovchiliklar ham sabab 
bo`ladi. Munosabatdagi ma’naviy anglashilmovchilik - bu aytilgan talabning, 
iltimosning, buyruqning ma’nosi munosabat bog`lashga sheriklar uchun 
muvofiq emasligidir. Bu hol ularning o`zaro hamjihatligi va birgalikda 
harakat qilish uchun to`sqinlik tug`diradi.
4. Har qanday ma’lumotni belgilar aniqrog`i belgilar tizimi orqali bilish 
mumkin. Kommunikativ jarayonida qo`llaniladigan bir necha belgilar tizimi 


mavjud. Bular verbal kommunikatsiya (nutq orqali) va noverbal (nutq bilan 
bog`liq 
bo`lmaydigan 
belgilar 
orqali) 
kommunikatsiyadir. 
Verbal 
kommunikatsiyada inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq 
inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan 
iborat bo`lib, ular orqali muloqotdan olingan ma’lumot qayta ishlanadi
saqlanadi va uzatiladi. Bu jarayon til orqali amalga oshiriladi. Til so`z 
belgilari tizimi bo`lib, u muloqot jarayonida psixik faoliyat mahsuli bo`lib 
yuzaga keladi. 
Nutqning o`ziga xos turlari mavjud – tashqi, ichki, og`zaki, yozma va 
xokozo. Kommunikativ jarayonda o`zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-
birlari tushunishlari juda muhimdir. Buyuk frantsuz yozuvchisi Antuan Sent 
Ekzyuperi «Muloqot bu shunday ne’matki, u orqali inson lazzatlanadi deb 
yozgan edi. So`zning mohiyati haqida Sa’diy «Aqlmisan yoki ahmoq, 
kattamisan yoki kichik buni biror so`z aytmaganigcha bila olmaymiz» degan 
edi.
Yozma nutq insoniyat tarixida og`zaki nutqdan ancha keyin paydo 
bo`lgan. Yozma nutq fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning 
rivojlantirishida, badiiy timsollarni etkazishda muhim rol’ o`ynaydi. Nutq 
o`zining fizologik negiziga ko`ra eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini 
bajaradi. Nutqni programmalashtirish – nutqiy ifodaning, ya’ni kishi 
bildirmoqchi bo`lgan fikrning ma’naviy o`zagini tuzishda birinchi bosqich 
hisoblanadi, ikkinchi bosqich jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan 
iboratdir. 
Noverbal kommunikatsiyaga – belgilarning optik kinetik tizimi kirib, 
ularga jestlar (qo`l harakatlari), mimika (yuz harakatlari) va pontomimika 
(£o`l - oyoq, tana harakatlari) kiradi. 


Jestlar – insonning qo`l harakatlari bo`lib, u orqali insonning ichki holati 
biror bir ob’ektga munosabati va tashqi olamga yo`nalganligi ifodalanadi. 
Mimika – inson yuz harakatlarining bir qismi bo`lib, u orqali insonning 
o`ylari, xatti - harakatlari, tasavvurlari, xotirlashi, taajubi va hokozolar 
namoyon bo`ladi.
Pontomimika – inson tanasi yoki uning qismlari yordamida 
ifodalanadigan harakatldar tizimidir. 
Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, kundalik muloqot jarayonida so`zlar 7 % 
ni, tovush va intonatsiya 38 % ni, nutqsiz muloqot esa 55 % ni tashkil etadi. 
Noverbal kommunikatsiyaning paralingvistik va ekstralingvistik belgilar 
tizimi ham mavjud. Bular lokalizatsiya tizimi bo`lib, u ovoz sifatida uning 
deapozani nutqdagi pauzalar, yo`tal, yig`i, kulgu nutq tempida namoyon 
bo`ladi. 
Muloqotning maqsadga ko`ra 8 ta funktsiyasi mavjud: (L.A.Korpenko)
1. Kontakt.
2. Aloqa o`rnatish.
3. Undovchilik.
4. Koordinatsion.
5. Tushunish.
6. Amotiv (hissiy aloqa) hissiyotni o`zgartirish.
7. Munosobat o`rnatish o`z o`rnini anglash)
8. Ta’sir o`tkazish. 
Pedagogik munosobat deganda pedagog va o`quvchilar kollektivi 
o`rtasida 
o`zaro 
birgalikdagi 
harakatining 
mazmunan 
axborot 
ayirboshlashdan, o`quv tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish va o`zaro hamjihatlikni 
tashkil etishdan iborat sistemasi usullari va malakalari tushuniladi. 



Yüklə 42,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə