Mundarij a bet kiri sh


Urug‘larni bir tekisligini aniqlash



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə7/13
tarix25.06.2023
ölçüsü195,91 Kb.
#118896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Urug‘larni bir tekisligini aniqlash

Urug‘larni bir tekisligi ularni og‘irligi va o‘lchami bo‘yicha bir xilligini harakterlaydi. Urug‘larni o‘lchamlari bo‘yicha bir xilligi ularni har-xil kattalikdagi ko‘zlari bo‘lgan elakli klassifikatorda ajratish yo‘li bilan aniqlandi. Bug‘doyni toza urug‘idan 50 gr, ko‘zlarini uzunasiga kattaligi (mm) 3,2; 3,0; 2,8; 2,5; 2,2; 2,0 bo‘lgan elaklardan o‘tkazildi. Har bir elakdagi urug‘ og‘irligi tortildi va tortib olingan urug‘ga nisbatan foizi chiqarildi.




Urug‘larni unuvchanligini aniqlash
Unuvchanlik deganda, urug‘ni normal rivojlangan o‘simtalar bera olish qobiliyati tushuniladi. Unuvchanlik laboratoriyalarda har bir ekin urug‘i uchun belgilangan eng qulay sharoitda urug‘ni o‘stirish yo‘li bilan aniqlanadi. Unuvchanlik bilan bir vaqtda urug‘ni yoppasiga unib chiqishni harakterlovchi unish energiyasi ham aniqlanadi.


Ishning bajarish tartibi:

1 – undirish uchun asosiy ekin urug‘idan 100 donadan 4 marta sanab olindi.


2 – idishga qum solib, uni namlandi, urug‘ ekildi va undirish uchun termostatga qo‘yib ustiga etiketka qog‘oz yozib qo‘yildi.
3 – unish energiyasini xisoblash uchun bug‘doy uchun 3 sutka normal ungan urug‘larni sanab olib tashlandi, chirigan urug‘lar bo‘lsa ular ham sanab olib tashlandi ungan va chala ungan urug‘lar yana undirish uchun qoldirildi.
4 – unuvchanlikni xisoblash uchun hamma ungan va unmagan urug‘lar normal ungan, chala ungan, chirigan urug‘lar ajratildi va har biri sanaldi.
5 – to‘rtta namunaning har birini aloxida unuvchanlik foizi hisoblandi. Analizni to‘g‘riligi tekshirildi, o‘rtacha unuvchanlik va unish energiyasi foizi hisoblandi, ishchi blanka to‘ldirildi.
Urug‘larning nav va ekish sifatlari davlat standart talablariga javob bera olsa konditsion urug‘lar deb yuritiladi, agar bu talabga mos kelmasa konditsiyasiz urug‘lar deyiladi. Konditsion urug‘lar o‘z navbatida sinfga ajratiladi.
I-klass urug‘larda urug‘ning tozaligi 99,0 % boshqa o‘simliklar urug‘lari 1 kg da 5 donadan oriq bo‘lmasligi, urug‘ning unuvchanligi 95 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
II-klass urug‘larga urug‘ning tozaligi 98,5 % boshqa o‘simliklar urug‘lari 1 kg da 20 donadan ortiq bo‘lmasligi, urug‘ning unuvchanligi 92 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
III-klass urug‘larga urug‘ning tozaligi 97,0 % boshqa o‘simliklar urug‘lari 1 kg da 100 donadan ortiq bo‘lmasligi, urug‘ning unuvchanligi 90 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Urug‘ III-klass talablariga javob bera olmasa nokonditsion hisoblanadi va uni ekishga ruxsat etilmaydi. Agar urug‘ tozaligi bo‘yicha konditsiya talablariga javob bera olmasa, bu xolda ular qayta tozalanadi va saralanadi.

Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə