Mundarij a bet kiri sh



Yüklə 195,91 Kb.
səhifə3/13
tarix25.06.2023
ölçüsü195,91 Kb.
#118896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliy ahamiyati.
Sug‘oriladigan yerlar sharoitida kuzgi bug‘doy navlarini urug‘lik sifat belgilariga o‘g‘it turlarining ta’sirini o‘rganish va olingan natijalar asosida shunday sharoitda urug‘lik bug‘doy etishtiruvchi xo‘jaliklar uchun sifatli urug‘lik etishtirishda o‘g‘itlar turlarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish.
1. Adabiyotlar sharxi.
Bug‘doy (Triticum) - bir va ko‘p yillik ekin bo‘lib, donli ekinlar oilasiga mansub. Ushbu o‘simlikning 20 taga yaqin turi bo‘lib, asosan qattiq va yumshoq, kuzgi va bahorgi bug‘doyga bo‘linadi. Ushbu ekin YAqin va Markaziy Osiyoda hamda Evropada bizning asrimizdan oldingi 6-7 ming yilliklarda alohida ajratilgan maydonlarda etishtirila boshlangan va asta-sekin madaniylashtirilgan. Bug‘doy donidan un, makaron, kraxmal, kombikorm va hokazolar olinsa, o‘z navbatida uning ko‘k massasi, somon va boshqa qoldiqlari chorvachilikda ishlatiladi. Dunyo bo‘yicha 236 mln. ga maydonda bug‘doy etishtiriladi va ekish maydoni bo‘yicha oldingi o‘rinlarni Xitoy, Hindiston, AQSH va Rossiya egallaydi (Pshenitsa. Material iz Vikipedii — svobodnoy ensiklopedii https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D1%88%D0%B5%D0%BD%D0%B8%D1%86%D0%B0.Proverennoy 15 noyabrya 2022 goda)
YUqori va sifatli kuzgi bug‘doy don hosilining shakllanishi juda ko‘p omillarga, jumladan, bug‘doy navining genetik hususiyatlari, tuproq-iqlim sharoiti, o‘tmishdosh ekinlar, oziqlantirish va sug‘orish rejimlariga bog‘liq bo‘ladi.
Agrotexnik tadbirlarni don sifatiga turli iqlim sharoitlari ta’sirini Petrov T.T. (1933 y), Stepanov V.P. (1959 y), Qurbonov G (1979 y), Vavilov P.P. (1986 y) o‘rganganlar. Gritsenko V.V., Koloshina Z.M. (1977 y) ning ko‘rsatishicha, urug‘lik don sifatini yaxshilash uchun ona o‘simligini yuqori agrotexnikada parvarish qilish lozim. Don va uning sifati har qanday donli ekinning hosildorligini belgilaydigan asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirishga yo‘naltirilgan agrotexnik tadbirlar orasida mineral o‘g‘itlarni qo‘llash alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, azotli mineral o‘g‘itni qo‘llash muhim axamiyatga ega, chunki azot o‘simliklar hayotida muhim o‘rinni egallaydi va oksil, nuklein kislotalar, xlorofillni tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘simliklarda mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’yori tuproq va iqlim hamda boshqa sharoit va omillarga bog‘liq. Bu borada ko‘pchilik ilmiy izlanishlar bajarilgan bo‘lsa-da, ba’zi masalalar xozirgi kungacha to‘liq echimini topmagan. Masalan, mineral o‘g‘itlarning samaradorligi har bir dalaning sharoitiga, tuproqdagi oziqa moddalarning miqdoriga, o‘simlik naviga ham bog‘liqdir.
O‘simliklar azotni nitrat yoki ammoniy shaklida o‘zlashtiradi. O‘simlik tomonidan o‘zlashtirilgan nitratlar ammoniy shakliga o‘tadi va uglevodlar, boshqa bir nechta moddalar bilan o‘simlikning yashil bargida birikishi natijasida ammonikislotalarga aylanadi.
Stepanov V.I.ning (1959 y) ta’kidlashicha azotli o‘g‘itlarning me’yoridan ko‘p ishlatilganida o‘simlikning o‘sishi tezlashadi. Bu esa poyalarning o‘sib ketishi natijasida yotib qolishiga, oqibatda don sifat ko‘rsatkichining yomonlashishiga olib keladi.
Smirnov P.M. (1968 y) ma’lumotlarida keltirilishicha, o‘simliklar tomonidan tuproqning chirindili birikmalari tarkibidagi azotni o‘zlashtirilishiga, berilgan mineral o‘g‘itlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi va tuproqdagi chirindining minerallashish jarayoni sekinlashadi.
Fosfor o‘simlikdagi modda almashish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. SHuningdek, fosfor bug‘doy ildiz tizimini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, boshqa oziqa elementlarini o‘zlashtirilishini oshiradi. Transpiratsiya jarayonida suv sarflanishini kamayitirishi hisobiga o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligini oshiradi. Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida bug‘doy o‘simligi tomonidan fosforni o‘zlashtirilishi sut va mum pishish fazasigacha davom qiladi.
Kaliy o‘simliklarda fotosintez jarayonining me’yorida borishini ta’minlaydi, uglevodlarning barglardan boshqa organlarga o‘tishini tezlashtiradi va ayrim vitaminlarni sintezlanishida hamda ularni o‘simlikda to‘planishida katalizator vazifasini bajaradi. Kaliy fermentlar tarkibiga kirmaydi, lekin, ular faoliyatini tezlashtiradi. O‘simlikda etarli darajada kaliy bo‘lmasa xujayralarda suv miqdori oshadi, natijada o‘simlikning suvga talabi kamayadi. Kaliy oqsilning o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Maboda oziqlanish jarayonida kaliy etarli darajada bo‘lmasa, barglarda oqsil kamayadi, uning o‘rniga nitrat azoti ko‘payadi. O‘simliklarni oziqlantirshda beriladigan kaliy miqdori oshirilsa, azotni yaxshi o‘zlashtiradi va organizmda organik moddalar ko‘payishi kuzatiladi (Yo‘ldasheva X.S. 1985 y).
Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishda mineral o‘g‘itlardan foydalanish darajasi hamma vaqt bir xil bo‘lmagan, ular tuproq, iqlim sharoitlariga, mineral o‘g‘it me’yorlariga, ko‘chat qalinligi va boshqa agrotexnik tadbirlarga bog‘liq xolda o‘zgarib turadi. (Asarov X.K., Gulyakin I.V. 1976 y).
Nosatovskiy A.I. (1965 y) aniqlashicha, azotli o‘g‘itlar donli ekinlarining fotosintez jadalligi va davrini oshiradi hamda donning pishib etilishini uzaytiradi. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doy etishtirishganda azotli o‘g‘itlar me’yorlarini belgilashda tuproq-iqlim sharoiti, nav hususiyati, tuproqni namlik bilan ta’minlanganlik darajasini va boshqa omillarni inobatga olish zarur.
Velichko E.B. va SHumakov B.B. (1975 y) ta’kidlashicha, o‘rta qumoq chimli-podzol tuproqlarda mineral o‘g‘itlarni N150, R2O5-80, K180 kg/ga miqdorda gektariga 30 tonna go‘ng bilan birga qo‘shib berish samarali xisoblanadi.
Gubanov YA.N. va Ivanov N.N. (1983 y) tajribalarida kuzgi bug‘doyga mineral o‘g‘itlarning N – 60, R – 60, K – 40 kg/ga me’yorda qo‘llaganida qo‘shimcha don hosili 10,7 s/ga ni tashkil etgan. Azotli o‘g‘it me’yorini N – 120, R – 60, K – 40 kg/ga oshirganda, qo‘shimcha hosil miqdori ikki barobar oshgan va 20,7 s/ga ni tashkil qilgan.
Syemenko N.N (1986 y) ta’kidlashicha, kuzgi g‘alla ekinlaridan yuqori hosil olish uchun, azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda tuproqdagi o‘simlikka loyaqatli shakldagi azotning miqdorini ham inobatga olish zarur. Bir gektar erning xaydalma qatlamidagi tuproq tarkibida 80 kilogrammgacha azot bo‘lsa, 35 s/ga hosil olish uchun 120 kg azotli o‘g‘it berishni tavsiya etadi. Agar bir gektar maydondagi tuproq tarkibida 181 kg dan 240 kg gacha azot tutsa, 55 s/ga hosil olish uchun 220 kg azotli o‘g‘it solish kerakligini aytadi.
CHirkov V.N.ning (1975 y) ma’lumotlariga ko‘ra, kuzgi bug‘doy ekilgan maydonlarga gektariga 100 kg – N, 60 kg – R va 60 kg – K solinganda Bezostaya I navidan 20,1 s, 150 kg azot solinganda 26 sentnerdan qo‘shimcha hosil olingan. SHuningdek donning sifati ham yaxshilangan.
Vavilov P.P., Lukyanyuk V.V. va boshqalarning (1980 y) keltirishicha kuzgi bug‘doy 1 sentner don va tegishli miqdorda poxol hosil qilishi uchun o‘rtacha 3,7 kg – N, 1,3 kg – R va 2,3 kg – K o‘zlashtirar ekan.
Kalshabekov SH.M. (1988 y) ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘z tuproqlar sharoitida fosforli va kaliyli muhitda azotli o‘g‘itlar me’yorini gektariga 120–150 kg va 180 kg gacha oshirish kuzgi bug‘doyni me’yorida o‘sishini ta’minlaydi. Azotli o‘g‘itlarni gektariga 150–180 kg me’yorda tabaqalashtirib berilganda yuqori oqsilli don hosili yaratilgan.
Malinkin N.L. (1958 y) ta’kidlashicha, ekinlar hosildorligi yuqori bo‘lishi uchun har yili ma’danli o‘g‘itlarni rejalashtirlgan xosilga mutanosib me’yorda qo‘llash zarur.
Jalieva L.D., Zastenko N.N., Sigankov V.I., Fedenko L.V. (2001 y), Permyako va T.B.Zastenko (2001 y) larning ma’lumotlariga ko‘ra, kuzgi bug‘doy etishtirishda fungitsidlar bilan birgalikda azotli o‘g‘itlar qo‘llash hosildorlikni oshiradi. Kuzgi bug‘doydan eng yuqori 3,2 sentner qo‘shimcha don hosili N – 40 kg, R – 40 kg va K – 40 kg dan asosiy haydov ostiga solinib, o‘suv davrida tabaqalashtirib azot bilan oziqlantirilib tipik fungitsidi bilan ishlangan variantda olishgan.
Kuzgi bug‘doydan yuqori hosil olish uchun 1 gektar erga 160–180 kg azot, 90–100 kg fosfor va 60 kg kaliy solinishi kerak. Bunda fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni barcha me’yorlari erni haydash oldidan ishlov berish vaqtida yoki ekish bilan bir vaqtda solinadi. Azotli o‘g‘itlarni vegetatsiya davrida tabaqalashtirilib solinadi. Mineral o‘g‘itlarning me’yorini oshiraverish salbiy xodisalarga olib keladi. Azotli o‘g‘itlarni yillik miqdorini vegetatsiya davrida, avval o‘simlik qishlovdan chiqqandan so‘ng to‘la tuplanishida gektariga 65–75 kg, naychalashida 70–75 kg berilsa samarasi yuqori bo‘ladi. (Karenov I.V. 1973 y va Mashkovich N.I. 1974 y).
Ramazonov O. va YUsupbekov O. (2003 y) larning ma’lumotlariga ko‘ra, bug‘doy oziqa elementlariga talabchan. U 1 sentner quruq modda to‘plash uchun 3,7 kg N, 1,3 kg R va 2,3 kg K sarflaydi. Ekishdan oldin o‘tmishdosh ekinlarga e’tibor berilgan xolda har gektariga 30–40 tonna go‘ng, 60–70 kg R, 70–80 kg K va 30 kg N solinadi. O‘g‘itlarning yillik miqdori quyidagicha belgilanadi. O‘g‘itlashni, ayniksa, azotli o‘g‘itni berishni kechiktirib bo‘lmaydi, eng kechki muddati boshoqlashning boshlanishiga to‘g‘ri keladi. Aks xolda bug‘doy g‘ovlab o‘sib ketadi, yotib qoladi va kech pishadi.
A.A.Kariev (1991 y) ma’lumotlariga ko‘ra, eskidan sug‘oriladigan tuproqlarda mineral o‘g‘it hisobiga mustahkamlangan azotning 2/3 qismi fulvokislotalarda va 1/3 qismi esa gumin kislotalar tarkibida topilgan. Boshqa tuproqlarda ham shunga yaqin hol qayd etilgan (Kramerev S.M., Skripnik L.N. va boshqalar, 2002 y). Azotli o‘g‘itning tuproqda birikishi birinchi yilda ko‘proq (22,3-27,2%), ikkinchi yilda kamroq (14,7-16,3%) bo‘lishi aniqlangan (Xadjiev T.X., Bairov A.J., 1992 y.). CHirindi miqdori oshishi bilan azotni tuproqda mustahkamlanishi ortadi (Gamzikov G.P., 1981 y.; Korenkov D.A., Lavrova I.A., Filimonov D.A., 1978 y.)
O‘zbekiston tuproqlari sharoitida ekinlarga ammikli selitra qo‘llanganda tuproqdagi mineralizatsiya jarayonlarini oshiradi va azotli organik birikmalar miqdorlarini kamaytiradi. Amidli va ammoniyli shakldagi azotli o‘g‘it qo‘llanilganda tuproqdagi azotni engil va qiyin gidrolizlanadigan shakllarining miqdorlari oshadi (Riskieva X.T., 1991 y.).
K.Kinsler va K.SHiirlarning (2006) ma’lumotlariga ko‘ra, tuproqlarda yuqori namlik bo‘lganda anaerobik sharoit hosil bo‘lib, mikroorganizmlar tomonidan denitrifikatsiya jarayoni bo‘ladi. Bunda nitratli (N-NO3) va nitritli (N-NO2), azot oksidi (NO, N2O va boshqa), molekulyar (N2) shakllarga aylanib gaz xolatida yo‘qoladi. Nitrifikatsiya jarayoni natijasida, ammoniy shaklidagi azot nitratlarga aylanadi va qo‘shimcha ashyo sifatida NO va N2O kabi oksidlar hosil bo‘ladi. Natijada, gaz shaklidagi azotli hosilalardan o‘simliklar foydalana olmaydi, ular tuproqdan diffuziya orqali atmosferaga uchib behuda yo‘qoladi. Nitrat shaklidagi azot suvda yaxshi eruvchanligi sababli, tuproqning chuqur qatlamlariga yuvilib, er osti suvlariga qo‘shiladi.
Fosfor o‘simliklar oziqlanishida va umuman o‘simliklar hayotida juda katta ahamiyatga ega, chunki u RNK, DNK va fitin tarkibiga kiradi. Tabiiy sharoitda fosforning turli xil mineral va organik birikmalari mavjud bo‘lib, ammo o‘simliklar uchun asosan ortofosfat kislotasidan hosil bo‘lgan tuzlar foydali xisoblanadi (Piraxunov T.P., 1977 y.).
Dehqonchilikda tuproqdagi fosfor miqdorini sun’iy ravishda, ya’ni mineral va organik o‘g‘itlar hisobiga to‘ldirib borish zarur. O‘zbekistonning sug‘oriladigan tuproqlarida fosforni umumiy miqdori boshqa tuproqlarga nisbatan ko‘pligi bilan tasniflanadi (0,2-0,3 %). Lekin ushbu fosforning asosiy qismi suvda erimaydigan shaklda bo‘lib, o‘simliklar oson o‘zlashtira olmaydigan shakldadir. O‘simliklar tomonidan engil o‘zlashtiriladigan shakli oz miqdorda uchraydi (Ermatov A., 1983 y.).
A. Ermatov (1983) ta’kidlashicha, fosfor o‘simliklar o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan o‘g‘itlar jumlasiga kiradi, chunki tuproqdagi 0,2 % fosforni deyarli asosiy qismi o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradigan mineral birikmalar shaklida uchraydi. Bu elementni o‘simlik oson o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishi tuproqning fizik-kimyoviy tarkibiga va biologik o‘zgarishlarga uzviy bog‘liq xisoblanadi.
T.S.Zokirov va I.M.Rahmatovlar (1999) ma’lumotlariga ko‘ra, bir xil ekinni uzoq yillar davomida bir joyda etishtirilishi oqibatida tuproqda fosfor tanqisligi vujudga keladi, ba’zi bir tuproqlarda o‘simliklar o‘g‘itlanganda (hatto bir necha o‘n yillab) harakatchan fosforning miqdori oshib ketadi. Fosforning bir qismini o‘simliklar o‘zlashtiradi, boshqa bir qismi esa tuproqlarda birikib muqim holatga o‘tib zahira bo‘lib qolaveradi. Agar o‘simlik ildizini fosfor eritmasiga solinsa (32R) bir necha daqiqa o‘tmasdan fosfor unsurini o‘simlikning eng balanddagi bargidan topish mumkin. O‘simlik organlarida fosfor bir tekis taqsimlanmaydi. Ildiz va barglarning to‘qimalaridan rivojlanayotgan yosh xujayralar, qari xujayralarga nisbatan yuz va ming barobar ko‘p fosfor o‘zlashtiradilar. Rivojlanayotgan yosh o‘simlik birinchi navbatda yangi barglarni fosfor bilan ta’minlaydi. Agar tashqi muhitdan fosfor kelishi to‘htab qolsa, o‘simlik o‘z tanasidagi mavjud zahira manbalarini ishlatadi. Fosfor reutilizatsiya jarayonida eski, qarigan barglardan yangi, yosh barglarga oqib o‘tadi. Hosil etilishi va pishish davrida esa fosfor shoxlar, poyalar va barglardan mevalarga o‘tadi.
Kuzgi ekinlar tuplanish davriga qadar oziqa moddalarni unchalik ko‘p talab qilmaydi, ammo fosforni tanqisligiga o‘ta ta’sirchan bo‘ladi. O‘simliklar nay o‘rashdan to boshoqlashgacha bo‘lgan davrda va gullash oldidan oziqa elementlarni juda ko‘p miqdorda talab etadi. Ammo urug‘ unib chiqqandan to maysalar qishlovga kirguncha tuproqda etarli oziqa bo‘lishi nihoyatda muhim davr hisoblanadi (Smirnov P.M., Muravin E.A., 1984 y.).
Kuzgi shudgor ostiga solingan fosforli o‘g‘itlar qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning biologik faolligini 11% oshiradi. Bunda bakteriyalar, mikroskopik zamburug‘lar va aktinomitsetlar soni bahor va yoz davrlarida, fosforsiz NK variantga nisbatan, ikki va undan ko‘p marta oshganligi kuzatilgan. SHu bilan birgalikda tuproqdagi mineralizatsiya jarayonlar, ya’ni nitrifikatsiyaga layoqatligi ham oshadi (Usmonova M.A., 1969 y.).
Kaliy o‘simliklar faoliyatida muhim o‘rinni egallaydi. Azot va fosfordan o‘laroq, kaliy o‘simliklar to‘qimalari tarkibiga kirmasada oziqa moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi, hujayra kolloidlarining fizikaviy-kimyoviy holati va uglevodlarni translokatsiyasiga ijobiy ta’sir qiladi, xlorofill sintezini kuchaytiradi, o‘simliklarni salbiy tashqi omillarga (masalan suv tanqisligi) bardoshligini kuchaytiradi (Belousov M.A., 1975).
Kaliy tuproqda quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi (Pchelkin V.U., 1966 y.): 1) suvda eruvchan; 2) almashinuvchi; 3) qiyin almashinuvchi yoki zahiradagi va fiksatsiyalangan kaliy; 4) noalmashinuvchi, shu hisobda fiksatsiyalangan kaliy; 5) erimaydigan alyumosilikatlar tarkibidagi kaliy; 6) tuproq organik qismidagi kaliy (mikroblar, organik qoldiqlar).
Suvda eruvchan kaliy miqdori kam bo‘lib (bu tuproqni kaliy bilan to‘yinganlik darajasi va eritmadagi tuzlarning umumiy konsentratsiyasiga bog‘liq), tuproq eritmasidagi karbon, azot va fosfor kislotalar tuzlari tarkibida bo‘ladi. Ammo, kaliyni suvda eruvchan va almashinuvchi shakllarga ajratish – bu shartli bo‘lishdir, chunki ular orasida harakatchan muvozanat o‘rin egallagan. Slyudalar, loyqa minerallar va fiksatsiyalangan kaliy almashinuvchi kaliy uchun yaqin zahira hisoblanadi. Bularga nisbatan, almashinmaydigan kaliyni o‘simliklar qiyin o‘zlashtiradi. Slyudalar va boshqa loyqa minerallar almashinmaydigan kaliy manbai hisoblanadi. Erimaydigan alyumosilikatlar tarkibidagi kaliyning manbai - dala shpatlari, qisman muskovit va gidratlashgan slyudalardir. Tuproqning organik qismi (mikroblar, organik qoldiqlar va gumifikatsiyalashgan moddalar) tomonidan singdirilgan kaliy juda kam miqdorda bo‘ladi (Pchelkin V.U., 1966 y.).
D.R.Ismatov va S.B.Rыsbaev (2005) va S.B.Rыsbaev (2006) ma’lumotlariga ko‘ra, kaliy shakllari nafaqat qo‘riq va qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda o‘zaro farqlanadi, balkim turli ona jinslarida shakllanganda ham ular orasida farq bo‘ladi. Lyossda rivojlangan tipik bo‘z tuproqlardagi umumiy kaliy miqdori CHirchiq daryosining o‘rta oqimi agroirrigatsion yotqiziqlarida shakllangan analogiga teng, ammo uchlamchi yotqiziqlarda rivojlangan tipik bo‘z tuproqqa nisbatan yuqori. SHu bilan birgalikda, uchlamchi loyqada shakllangan tipik bo‘z tuproqlarda kislotada eruvchi (Gedroys bo‘yicha) va almashinmaydigan kaliy (Pchyolkin bo‘yicha) miqdorlari lyoss va agroirrigatsion yotqiziqlarda rivojlangan analoglariga nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan. Lyoss (umumiy kaliyga nisbatan 19-21%) va agroirrigatsion yotqiziqlarda (umumiy K2O nisbatan 19-21%) rivojlangan analoglarga nisbatan uchlamchi loyqada rivojlangan tipik bo‘z tuproqlarda kaliyning yaqin zahirasi yuqori ekanligi (umumiy K2O nisbatan 46-60%) kuzatilgan.
Tadqiqotlarda aniqlanishicha (Madraimov I., 1972 y., Pchelkin V.U. 1966 y.), o‘simliklar tuproqdagi harakatchan kaliyni o‘zlashtirishi mobaynida, ularni o‘rni to‘laligicha bo‘lmasada, balkim almashinmaydigan kaliy hisobiga to‘ldirilib boriladi. Tuproqda kechadigan biologik va kimyoviy jarayonlar natijasida birlamchi minerallar parchalanib, ularning ikkilamchi turlari shakllanadi. Masalan, tarkibida kaliy tutuvchi dala shpati nurab seritsit, gidroslyuda, montmorillonit va kaolinitga aylanadi. SHu tariqa minerallarning nurashi hisobiga kaliy asta-sekin tuproq eritmasiga o‘tadi, ammo bu jarayon asta sekinlik bilan kechadi. SHu sababli, o‘simliklarni kaliy oziqasi bilan uzluksiz va etarli ta’minlash uchun kaliyli o‘g‘itlar ishlatilishi zarur.
YAqubjonov O., Jalolov T. (2002 y) larning ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tuproqni tabiiy unumdorligi hisobiga olingan kuzgi bug‘doy don hosili 10–12 s/ga ni tashkil etgan, sof xolda gektariga 200 kg azotli, 150 kg fosforli, 100 kg kaliyli o‘g‘it solinganida don hosildorligi 60–70 s/kg tashkil qilgan. O‘g‘itlar erga ekish oldidan shudgor ostiga va vegetatsiya davrida beriladi.
Musaev B.S. ning (2001 y) ta’kidlashicha, o‘simlikni rivojlanishining dastlabki davrlarida oziq moddalar bilan ta’minlanishini yaxshilash uchun ekish oldidan oz miqdorda azotli – fosforli murakkab o‘g‘it qo‘llash zarur. Serkorbanat tuproqlarda azotli, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni o‘rtacha me’yorda qo‘llash gektaridan 4–7,0 sentner qo‘shimcha hosil olish mumkin. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doyga qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Qo‘llanilgan 1 kg NRK hisobiga 7–8 kg don olinadi.
Xayitboev A. (2000 y), Siddiqov R., Teshaboev S. (2000-2002 y) ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarda qattiq bug‘doyni oziqlantirish vegetatsiya mobaynida sharoitga qarab, 2–3 marta tuplash va boshoqlash davrlarida o‘tkaziladi, bunda sug‘orish me’yori 500–700 m3, oziqlantirish me’yori esa N – 180 kg, R – 90 kg, K – 60 kg/ga ni tashkil qilishi lozim.
Rыjov S.A. (1956 y) va Belausov M.A. (1965 y) larning ta’kidlashicha, qishloq xo‘jalik ekinlarini etishtirishda o‘g‘it qo‘llanilmaganda tuproq unumdorligi, tuproq chirindi miqdori va boshqa oziqa elementlarining kamayishi ekinlari hosildorligiga salbiy ta’sir qiladi.
O‘simliklar oziqlanishi uchun eng asosiy oziqa elementlar azot, fosfor va kaliy (NRK) hisoblanadi (Peterburskiy A.V 1968 y, Pryanishnikov D.N. – 1976 y).
Lovronov G.A. (1969 y) va Xalilov N.X. (1994 y) larning ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doyda qo‘llaniladigan azotli o‘g‘itlar me’yorining samaradorligi tuproq – iqlim sharoiti, navning biologik hususiyati hamda tuproqni namlik bilan ta’minlanishiga bog‘liq.
Kuzgi bug‘doyni o‘g‘itlashda xaydov ostiga gektariga 12–20 tonna go‘ng, 30–50 kg fosfor va 20–30 kg kaliy, qishlab chiqqandan keyin 30–50 kg azot va 30–40 kg fosfor solinadi. Tuplanish davrida yana 30 kg azotli o‘g‘it solish tavsiya qilinadi (Otaboeva X., Umarov Z. va boshqalar (1999 y), Otaboeva X, Alimov A., 2003 y).
Abdukarimov D.T., Gorelov E.P., Xalilov N.X. larning (1987 y) ta’kidlashicha, sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doyning ko‘chat qalinligi 1 m2 maydonda 300 – 400 tup o‘simlik bo‘lganda yillik o‘g‘itlash me’yori N – 180, R – 90 – 120 va K – 160 kg/ga bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunda fosforli va kaliyli o‘g‘itlar xaydov ostiga, azotli o‘g‘itlar esa ekish oldidan, erta baxorda va boshoqlash fazasida qo‘llaniladi. O‘tmishdosh ekin beda bo‘lgan yerlarga kuzgi bug‘doy ekilganda qo‘llaniladigan azotli o‘g‘itning me’yori kamaytiriladi.
Mirzaev O., Karimov M. (2000–2001 y) ma’lumotlariga ko‘ra, kuzgi bug‘doy uchun o‘rtacha gektariga 210 kg azotli, 150 kg fosforli va 80 kg kaliyli o‘g‘itlar qo‘llaniladi. Fosforli o‘g‘itlarning asosiy qismi (80%) va kaliyli o‘g‘itlarning hammasi xaydov ostiga solinadi. Qish oxiri va baxor oyi boshlarida fosforli o‘g‘itning qolgan qismi (20%) azotli o‘g‘itning 40 % bilan o‘simliklar birinchi marta oziqlantiriladi. Kuzgi bug‘doyni ikkinchi oziqlantirish naychalash fazasiga kirgan davrda, ya’ni mart oyining ikkinchi dekadasida o‘tkaziladi, bunda azotli o‘g‘itlar yillik me’yorining qolgan qismi solinadi.
Isroilov M., Azizov B. (1999–2001 y) larning ta’kidlashlaricha, kuzgi bug‘doy 4 marta sug‘oriladi va 3 marta oziqlantiriladi. O‘g‘it gektariga N – 250 kg, R – 180 kg va K – 120 kg me’yorda beriladi. Oziqlantirishda fosforli va kaliyli o‘g‘itlar asosan kuzda ekish oldidan va ekish bilan birga solinadi. Azotli o‘g‘itlar vegetatsiya davrida 3 marta bo‘lib beriladi. Birinchi oziqlantirish noyabr oyining ikkinchi yarmida solinadi, bunda azotli o‘g‘it me’yorini 30% beriladi, o‘simlikning umumiy chidamliligi ortadi, ikkinchi oziqlantirish baxorda mart oyining boshlarida 45–50 % beriladi, o‘simlikning o‘sish va rivojlanishni tezlatadi, uchinchi oziqlanish aprel oyining birinchi yarmida 20–25 % xisobida beriladi, bu don sifatini yaxshilaydi, hamda don hosilini 4–6 s/ga oshiradi.
Qodirov O. ning (2000–2001 y) izlanishlarida, sizot suvlarining chuqurligi 1,2–1,7 metrda joylashgan o‘tloqi–botqoq tuproq sharoitida kuzgi bug‘doyning «YUna» naviga N – 180 – 210, R – 80 – 180 va K – 60–116 kg/ga solinganda, 63,8 va 86,3 s/ga hosil olingan.
YOrmatova D. ning (2000 y) ta’kidlashicha, kuzgi bug‘doy etishtirishda xaydov ostiga azotli o‘g‘itlarning 30% ni fosforli o‘g‘itlarning 50 – 60% ni va kaliyli o‘g‘itlarning 75% ni solish lozim. Ekish bilan birga 25–30 % azotli o‘g‘it, 25 % fosfor solish foydali bo‘lib, o‘simliklarni erta baxorda oziqlantirishda azotli o‘g‘itlarning 30 % solinadi. O‘simliklar nay o‘rash fazasida 10–15 % azotli, 15–20 % fosforli va 25 % kaliyli o‘g‘it solinadi. Bunday oziqlantirish don sifatini oshiradi, ya’ni oqsil va kleykovina miqdorini ko‘paytiradi.
Siddiqov R. (2000–2003 y) ma’lumotlariga ko‘ra, kuzgi bug‘doyga fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning yillik me’yorini sof xolda (R - 90 kg, K – 60 kg) ekish oldidan azot yillik me’yorining (180 kg) 55–60 foizini tuplanish va naychalash fazalarida, 20–25 % boshoqlash – gullash fazasida tabaqalashtirib berilganda don tarkibidagi kleykovina 2–2,5 % ga, 1000 dona don vazni 5–7 gr ortishi kuzatilgan.
Abdurahmonov S. (2003 y) ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doyning «Sanzar – 8» naviga ma’dan o‘g‘itlar me’yori gektariga NRK – 200–140–100 kg qo‘llab, yuqori iqtisodiy samara olish imkoniyatini beradi. «Sanzar – 8» navini o‘g‘itlashda fosforni 70 % va kaliyni 100 foiz shudgordan oldin, fosforning qolgan 30 foizi tuplash davrida, ya’ni azotli o‘g‘itlarning 40 foizi bilan birga qo‘llanilgan. Azotning qolgan 60 foizi naychalash davrida berilgan.
Rahimboev F., Qodirov R. (1999–2001 y) Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z va o‘tloqi tuproqlarida sharoitida o‘tkazgan tajribalarida, kuzgi bug‘doyning «Umanka» navidan eng yuqori hosil olishga oziqlanish me’yori, ya’ni o‘g‘itlarning azot, fosfor va kaliy (NRK) ni me’yorida berilishi va sug‘orish tartibi CHDNS 70–70–70 % xisobida bo‘lganda erishishgan.
Mirzaev O, Azizov B. va boshqalar (1998–2000 y.) ma’lumotiga ko‘ra, kuzgi bug‘doyga N–200, P–150, K–120 kg/ga dan qo‘llanilganida, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning 80 foizi ekishdan oldin tuproqka asosiy ishlov berishda, fosfor va kaliyning qolgan qismi hamda azotli o‘g‘itlar ikkiga bo‘lib, ya’ni erta baxorgi oziqlantirishda va o‘simlikni naychalash fazasida berilganda samarali natijaga erishilgan.
Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz, og‘ir qumoq, kuchsiz sho‘rlangan tuproq sharoitida 15 xil kuzgi bug‘doy navlari ekologik sinovdan o‘tkazilgan. Kuzgi bug‘doy navlariga sof holda N – 180 kg, R – 90 kg va K – 50 kg/ga qilib berilgan, fosforli va kaliyli o‘g‘itlarni xaydov oldidan sepilgan. Azot o‘g‘iti vegetatsiya davomida uch marta berilgan, birinchi o‘g‘itlash noyabr oyining boshlarida, ya’ni bug‘doy tuplay boshlaganda sof xolda 30 kg/ga azot (ya’ni 100 kg/ga amiak selitrasi) berilgan. Ikkinchi o‘g‘itlash mart oyining boshlarida, uchinchi o‘g‘itlash esa aprel oyining ikkinchi yarmida 75 kg/ga dan sof azotni machevina xolida solinganda samarali natijaga erishilgan (YUsupjonov X, Abdullaev A. (1999-2000 yy).
Otaboeva X., Umarov Z. va boshqalar, (2000 y), Siddiqov R., Tillaev R, Maxmudxo‘jaev N. (2000-2002 y.) ma’lumotlariga ko‘ra, sug‘oriladigan yerlarda kuzgi bug‘doyni quyidagi me’yorlarda o‘g‘it berilishi kerak: N-180 kg, R-90 kg, K-60 kg/ga yillik miqdor bir necha muddatlarda – ekishdan oldin va o‘simliklarning vegetatsiya davrida oziqlantirishda, ekishdan oldin 30 kg – N, 90 kg – R, 60 kg – K gektariga berish lozim.
Mirzaev O., Xudoyberdiev T. (2003 y) ta’kidlashlaricha, O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida gektariga 4–5 mln. dona unuvchan urug‘ ekish tavsiya qilinadi. Kuzgi bug‘doy urug‘larining ekish me’yorlari fermer xo‘jaliklarining har bir dalasi va ekilayotgan nav uchun tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan aniqlab olinishi lozim.
Qobulov I., Omonov A. va boshqalar (2000 y.) ta’kidlashlaricha, Respublikaning sug‘oriladigan maydonlarida maxalliy kuzgi boshokli ekinlardan o‘rtacha 50–60 s. don etishtirish uchun gektariga sof oziqa moddalar hisobiga 150–180 kg azotli, 90–100 kg fosforli, 60–70 kg kaliyli o‘g‘itlarni berish tavsiya qilinadi. Intensiv tipdagi Krasnodar seleksiyasi navlari uchun yuqoridagi kayd etilgan me’yor 15–20 foiz ko‘paytirilishi kerak.
Nazarov M., Mamadaliev A., va boshqalar (1991 y) ma’lumotlariga ko‘ra, fosforli o‘g‘itlar vegetatsiyaning dastlabki 30–35 kunlari eng ko‘p sarflanadi, shuning uchun ularni xaydov oldidan solish zarur. SHuningdek, ekish bilan birga gektariga 20 kg sof xolda egatlarga, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar lentasimon usulda 10–12 sm chuqurlikda solinganda yaxshi samara beradi. Agar tuproqda azot etarli bo‘lmasa ekishdan oldin yoki kuzda yillik me’yorning 20–30 foizini solish lozim.
Mirzaev O., Tursunov S. va Usmonov I. lar (2002 y) kuzgi bug‘doyni maqbul ekish muddati 20 sentyabrdan 20 oktyabrgacha, urug‘ bu muddatlarda ekilganda don hosildorligi 2–10 s/ga ortishi ta’minlanishini qayd etishgan. Bu davrda maqbul ekish me’yori 4,0–4,5 mln. unuvchan urug‘ bo‘lib, urug‘ qulay muddatlarda ochiq maydonlarga seyalkalarda eqilishi ta’minlanganda gektar hisobiga 80–100 kg don urug‘i tejab qolinishini ta’kidlashadi.
Xalilov N., Qobilov A. larning (2000–2001 y) tajribalarida kuzgi bug‘doyning Ulug‘bek–600 navida yuqori hosildorlik tuproqning sug‘orish oldi namligi CHDNS ga nisbatan 70–80–70 %, o‘g‘itlarning yillik me’yorlari sof xolda N – 180 kg, R – 135 kg va K – 90 kg/ga miqdorda berilgan variantda 70 s/ga ni tashkil qilgan. Kroshka navi ham tuproqning sug‘orish oldi namligi CHDNS ga nisbatan 70–80–70 %, o‘g‘itlarning yillik me’yorlari sof xolda N – 180 kg, R – 135 kg va K – 90 kg/ga bo‘lgan variantda 66,0 s/ga ni tashkil qilgan. Sug‘orish rejimi va o‘g‘itlashning maqbul me’yorlari urug‘larning dala unuvchanligini, unib chiqish tezligini, yaxshi tuplanishini, boshoq uzunligi va boshoqdagi donlar sonini oshishiga olib kelgan.
Xalimov I., Sattarov M., Ismoilov A. (1999–2003 y.) ma’lumotlarida urug‘ ekish miqdori 4,0 mln. dona bo‘lganda Sanzar – 6 navida maxsuldor poyalar soni 335,9 dona/m2, Polovchanka navida 362,9 dona/m2 ni va Dyemetra navida 346,7 dona/m2 ni tashkil qilgan. Ekish miqdori 5,0 mln/dona bo‘lganda yuqori natija Polovchanka navida (378,9 dona/m2) aniqlangan. Hosildorlik ham tegishli urug‘ ekish miqdorlarida Sanzar – 6 navida 43,8–47,1 s/ga, Polovchanka navida 50,1–53,1 s/ga, Dyemetra navida esa 46,1–49,8 s/ga ni tashkil qilgan.
To‘raev A. (1995–2001 y) kuzgi bug‘doy navlarini bir xil N – 200, R – 150 va K – 100 kg/ga me’yorlarda o‘g‘itlash, cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 65–70–70, 70–75–75, 70–85–80 % namlik tartiblarida sug‘orish jarayonlarini o‘rgangan. N – 200, R – 150, K – 100 kg/ga me’yorida o‘g‘it berilganda Umanka, Ko‘pava, Ofeliya, Polovchanka navlari ham, Unumli bug‘doy, Ulug‘bek, Baxt navlari ham sug‘orish oldi namligi CHDNS ga nisbatan 70–85–80 % suv berilganda bo‘ychan bo‘lganligi, ularning boshoqlash, gullash, pishish davrlari yaxshi o‘tganligi, boshog‘idagi don soni, donidagi oqsil miqdori ko‘pligi qayd etgan.
Tojiev T. va Xo‘janova O. (1996 y) larning Surxondaryoning sho‘rlanishga moyil bo‘lgan taqirsimon tuproqlarida o‘tkazgan tajriblarida kuzgi bug‘doyning YOnbosh navi ko‘chat qalinligi 3–5 mln. tupga va o‘g‘itlar me’yori N – 200, R – 70 va K – 50 kg/ga bo‘lganda o‘simliklar bo‘yi 100,4–108,6 sm, kleykovina miqdori 28,6–33,0 %, 1000 ta donining vazni 39–42 grammni va don hosili 36,4–35,5 s/ga ni tashkil qilgan. Bir xil ko‘chat qalinligida mineral o‘g‘itlarni yillik me’yorlari ortishi bilan yuqoridagi ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgargan, ya’ni mineral o‘g‘itlar N – 200, R – 140 va K – 100 kg/ga miqdorda qo‘llanganda o‘simliklar bo‘yi 106,2–114,2 sm, kleykovina 31,0–33,5 %, don hosili 45,5–48,5 s/ga oshganligini aniqlashgan.
Turdieva N., Mahamatova M., Ravshanov K. (1998–1999 y.) ta’kidlashlaricha, Istiqlol navli qattiq bug‘doy uchun azotning maqbul me’yori 200 kg/ga ekanligini aniqlashgan. Bu me’yorda o‘simliklar yaxshi o‘sib rivojlanib, etarli darajada quruq modda to‘plab, hosildorligi ham yuqori bo‘lgan. Istiqlol naviga 200 kg/ga me’yorda azot berilsa hosildorlik yuqori va sifatli, bundan kam yoki ko‘p solinsa hosildorligi past bo‘ladi.
YAqubjonov O., Jalolov T. larning (2002 y) ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati tuproq sharoitida kuzgi bug‘doyni ekish me’yorini gektariga 200-220 kg qilib belgilashni tavsiya etishadi. Bu gektariga 5,0-5,5 mln. unuvchan urug‘ tushishini ta’minlash lozim degani. Kuz-qish noqulay keladigan tumanlarda, dalani begona o‘t bosgan yerlarda ekish me’yori 10-15 foizga oshirilishi kerak. SHuningdek, unumdorligi past dalalarda tor qatorlab yoki ikki tomonlama ekilganda ham ekish me’yorini 10-15 foizga oshirish zarur.
SHabashov. V.V. va boshqalar (1988 y) tadqiqotlarida kuzgi bug‘doy hosildorligiga ko‘chat qalinligi va mineral o‘g‘itlarning tuproqqa solish muddatlarining ta’sirini o‘rganganlarida ko‘chat qalinligi 3 mln tupdan 4,5 mln tupga ko‘paytirish orqali 2,6 s/ga qo‘shimcha hosil olingan. Azotli o‘g‘itlarning yillik me’yorini tuproqqa ekish oldidan, tuplash, naychalash fazalarida solinganda gektaridan 10,2 s qo‘shimcha hosil olishgan.
YOrmatov D (2000 y) ning ta’kidlashicha, kuzgi bug‘doyni ekish me’yorini tuproq-iqlim sharoitiga, agrotexnik tadbirlarga, ekiladigan nav urug‘lariga va ekish muddatlariga qarab belgilash zarur. YUna, Skifyanka, Palovchanka, SHerdor, Sanzar, YOnbosh, Grekum va boshqalar navlar ekilganda bir gektarga o‘rtacha 180-200 kg yoki 3,5-4,0 mln dona urug‘ sarflanadi
Qobulov I, Omonov A. va boshqalarning (2000 y) ma’lumotlariga ko‘ra, maqbul ertagi muddatlarda ekiladigan kuzgi bug‘doy va arpa navlarining ekish me’yori gektariga sentyabr oyida 4,5-5,0 mln. dona, oktyabrda esa 5,5-6,0 mln. dona qilib belgilanishi zarur.
Siddiqov R, Tillaev R va boshqalarning (2004 y) ta’kidlashlaricha, kuzgi bug‘doyning ekish me’yori tuproq unumdorligi va navning biologik hususiyatini hisobga olgan xolda, 4,5-5,0 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida bщlishi zarur. Ba’zan 5,0 -6,0 mln. ham bo‘lishi mumkin. G‘allachilik ilmiy tekshirish tadqiqot institutitda ekish me’yorini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajribalarda aniыlanishicha, eng kam ko‘chat qalinligi bo‘lgan variantlarda boshoq hosil qilgan poyalar soni kam, boshoq uzunligi, boshoqdagi don soni va 1000 dona don og‘irligi yuqori bo‘lgan. Maqbul muddatda 4,0-6,0 mln dona unuvchan urug‘ me’yorida ekilganda don hosildorligida farq unchalik katta bo‘lmagan.
Otaboeva X, Umarov Z va boshqalar (1999 y) ma’lumotiga ko‘ra, urug‘ me’yori rejalashtirilgan hosilga ham bog‘liq bo‘lib, suvli yerlarda o‘rtacha 4,0-5,0 mln. dona urug‘ ekiladi. Ekish chuqurligi 3-6 sm, ekish usuli yoppasiga qatorlab, tor qatorlab, viloyatlar tuproq – iqlim sharoitiga qarab sentyabrdan boshlab noyabrgacha ekiladi ekiladi.
Abdukarimov D.T., Garellov E.P., Xalilov N.X. (1987 y.) larning ta’kidlashlaricha, kuzgi bug‘doyning ekish me’yori tekislikdagi lalmikor yerlarda 60-65 kg/ga, tekis-tepalik zonada 75-80 kg, tog‘ oldi zonasida 90 kg, tog‘li zonada 100 kg dan ortiq, sug‘oriladigan yerlarda esa gektariga 120-180 kg/ga atrofida (yoki 3,0-4,5 mln dona) belgilash kerak.
Otaboeva X., Umarov.Z va boshqalarning (2000 y) bergan ma’lumotlariga binoan sug‘oriladigan yerlarda urug‘ ekish me’yori lalmi yerlarga nisbatan 2,0 barobar ko‘p, ya’ni gektariga 4,0-5,0 mln dona urug‘ eqilishi lozim. ToshDaU tajriba stansiyasida o‘tkazilgan tajribalarda urug‘ me’yori 3,0 mln donadan 5,0 donagacha oshirilishi bilan bug‘doy hosili ham oshganligi aniqlangan. Bunda 3,0-5,0 mln. urug‘ va o‘g‘itlar me’yori azot 100, fosfor 70 va kaliy 50 kg/ga bo‘lganda o‘simliklar bo‘yi 100,4-108,6 sm., kleyokovina miqdori 28,6-33,0 % ni, 1000 ta don vazni 39-42 gr ni va don hosildorligi 36,4 – 39,5 s/ga ni tashkil qilgan. Mineral o‘g‘itlarni yillik me’yorlari ortishi bilan yuqoridagi ko‘rsatkichlar ijobiy tamonga o‘zgargan, ya’ni mineral o‘g‘itlar azot 200, fosfor 140 va kaliy 100 kg/ga miqdorda qo‘llanilganda o‘simliklarni bo‘yi 106,2 – 114,2 sm, kleykovina miqdori 31-33,5 gr, don hosildorligi 45,5-48,5 s/ga gacha oshganligi kuzatilgan.
Tojiev M. ning (1998 y) ma’lumoti bo‘yicha Surxondaryo viloyatining taqir o‘tloqi, mexanik tarkibi og‘ir soz va o‘rta qumoq, sizot suvlari 2-3 m joylashgan sharoitda kuzgi bug‘doyning 11 ta navi 200 kg/ga dan ekilib, mineral o‘g‘itlarning azot 180, fosfor 100, kaliy 50 kg/ga me’yorlarda solinganda 50,5-66,2 s/ga gacha hosil olingan.
Mirzaev O va boshqalar 1998 -2000 yillar mobaynida Andijon tuproq iqlim sharoitida Rossiyadan keltirilgan va maxalliy seleksion navlarni o‘rganganlar. Sinov dalasida kuzgi bug‘doy urug‘lari 10-15 oktyabr kunlari SZT-3,6 seyalkasida 3-4 sm chuqurlikka, ekish me’yori gektariga 4,5 mln. dona unuvchan urug‘ xisobidan ekilgan.
Siddiqov R. (2005 y.) ta’kidlashicha, kuzgi bug‘doyning Kroshka, CHillaki va Palovchanka navlariga R-90 kg K- 60 kg dan ta’sir etuvchi modda xisobida, azotli o‘g‘itlardan selitra yillik me’yori gektariga 100, 120, 150, 180 va 210 kg dan bug‘doy rivojlanishining turli fazalarida tabaqalashtirib berilganda don hosildorligini oshirgan.
Iminov A., (2005 y.) ning ma’lumotiga ko‘ra, kuzgi bug‘doydan sifatli va davlat andozasiga javob beradigan urug‘lik tayyorlash uchun uni Soya va aralash siderat ekinlaridan keyin gektariga 175 kg me’yorda ekish, oqsil va kleykovina miqdori ko‘p bo‘ladigan don etishtirish uchun kuzgi bug‘doyni soyadan keyin gektariga 200 kg me’yorda ekish tavsiya qilinadi.
Ramonovskiy B.I. (1954 y) hosildorlikni oshirishda o‘g‘itlar samaradorligini yuqori me’yorda qo‘llab aniqlash mumkinligi va bu usulda hosildorlikni oshirish masalasini to‘la xal etib bo‘lmasligini ta’kidlaydi.
Bahramov S., Botirov O. (2002–2003 y) lar ta’kidlashlaricha, kuzgi bug‘doy uchun ma’dan o‘g‘itlarining miqdori: azot 200 kg/ga, fosfor 170 kg/ga, kaliy 100 kg/ga solinganda yuqori hosil olish mumkin.
Mirzaev O., Azizov B., Usmonov I. (2001–2003 y.) ma’lumotlariga ko‘ra, kuzgi bug‘doyning CHillaki va Kroshka navlari uchun mineral o‘g‘itlarni azot – 280, fosfor – 210, kaliy 140 kg/ga hisobida qo‘llaganda, azotli o‘g‘itlarni uchga bo‘lib qo‘llash yaxshi samara bergan, ya’ni donning hosildorligi bilan birga uning urug‘lik sifati ham sezilarli darajada ortgan.
Azizov B., Mirzaev O., Tursunov S., Usmonov I. (2002–2003 y.) ta’kidlashlaricha, qattiq bug‘doyning Qahrabo navini gektariga 5–6 mln. dona unuvchan urug‘lari me’yorda oktyabr oyining birinchi yarmida ekishni tavsiya qilishadi. Mineral o‘g‘itlar N – 280, R – 120 – 140, K – 90 – 100 kg/ga dan qo‘llash maqsadga muvofiq deb xisoblashadi.
YUqorida keltirilgan adabiyotlar taxlili shuni ko‘rsatdiki, kuzgi bug‘doy etishtirish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilgan. SHunga qaramay bu borada turli qarashlar va fikrlar mavjud. Mineral o‘g‘itlar turlari, ularning me’yori va o‘simliklarning oziqlanish maydonini urug‘ ekish me’yorlariga ta’siri etarlicha o‘rganilmagan. SHu sababli, bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, yangiliklarni joriy etishni taqozo etiladi.



Yüklə 195,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə