Mundarija : Kirish


rasm. Mehnat bozorida muvozanatlik



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə9/11
tarix29.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#139850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Хalqaro ishchi kuchi migratsiyasi Reja-fayllar.org

rasm. Mehnat bozorida muvozanatlik





CHizmada ishchi kuchiga talab chizig‘i AV taklif chizig‘i DS bilan M nuqtasida kesishadi. Bu nuqta muvozanat nuqtasi bo‘lib, ishchi kuchiga talab va taklif miqdoran tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 5000 so‘m bo‘lganda 500 kishi mehnatiga talab qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga joylashadi, demak, ish kuchining bundan ortig‘i ish xaqining mavjud darajasida band qilinmaydi.


Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifiga ish xaqidan tashqari boshqa omillar ham ta’sir qiladi, bular:
· Texnika taraqqiyoti;
· Iqtisodiy tanglik yoki turg‘unlik holati;
· YAngi texnologiyaning joriy etilishi;
· Ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi;
· Mavsumiylik;
SHunday mehnat turlari ham borki, ular maxsus qobiliyat va tayyorgarlikni talab qiladi. Masalan: og‘ir jismoniy ish sog‘lom va baquvvat kishilarni; san’at, adabiyot, fan, konstruktorlik sohalari alohida iste’dodni talab qiladi. SHunday kasblar borki, ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi. Masalan, Germaniyada mustaqil ishlovchi vrach bo‘lish uchun, oliy ma’lumot olgach, yana 10-12 yil tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Ishchi kuchining taklifiga ishning jozibadorligi kasbdan obro‘ topish, qo‘shimcha imtiyoz olish, yuqori mansabga erishish imkoni, ishsiz qolish xavfining yo‘qligi, mehnat sharoitining yaxshiligi, shuningdek arzon kredit (qarz) olish imkoni va boshqalar ta’sir qiladi.
Ishchi kuchining taklifiga nufus qonuni, ya’ni aholi sonining o‘sish surati xam ta’sir qiladi. Aholi soni tez o‘sib, ishchi kuchi qilish yoshiga etgan aholi qancha ko‘p bo‘lsa, mehnat taklifi xam shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda 1995 yilda mehnat yoshiga etganlar jami aholining 49.3%ni tashkil etgan bo‘lsa, 2011 yilda bu ko‘rsatkich 61,1%ga etgan. SHunga mos ishchi kuchi taklifi ham ortgan.
Iqtisodiyotdagi har qanday beqarorliklar, jumladan 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi real sektordagi faollikka jumladan, bandlik va ishsizlikka o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə