Mundarija : Kirish


Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdorining hajmi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə10/11
tarix29.11.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#139850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Хalqaro ishchi kuchi migratsiyasi Reja-fayllar.org

2.2 Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdorining hajmi
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yaratiladigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bozorda tovarlarga talab oshsa ishchi kuchiga talab ham ortadi. Agar tovarlarga talab qisqarsa uni yaratadigan ishchi kuchiga ham talab qisqaradi. Mana shu bog‘liqlik sababli iqtisodiy inqirozlar davrida ishchi kuchiga talab keskin qisqarib ishsizlar soni oshib boradi.
Mamlakatimiz birinchi Prizidenti I.A.Karimov qayd qilib o‘tganlaridek:
Aholining ish bilan ta’minlanish muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta dolzarb bo‘lgan bu masalani echishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga aloxida axamiyat berilmoqda.”[2]
Bu respublikamizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini ta’sirini kamaytirish va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora tadbirlarning natijasidir. CHunki rivojlangan mamlakatlarda bu inqiroz ta’sirida ishsizlar soni keskin ortgan. Jumladan, AQSHda 2008 yilda ishsizlik darajasi 5,6%, YAponiyada 4.1%, Buyuk Britaniyada 5,7%, Germaniyada 7,7%ga etgan. Bu o‘z-o‘zidan aniqki ijtimoiy transferlarning ko‘payishi xisobiga davlat xarajatlarning o‘sishiga olib kelgan.
Respublikada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi ustuvor vazifa – bu mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishring muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infraktuzilmani yanada rivojlantirishdan iboratdir.
CHunki infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab qiladigan keng ko‘lamli soxa xisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, axolining, ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va faravonligini oshirish imkonini beradi
Хulosa
Jahon ishchi kuchi bozori (JIKB) o’zining hozirgi ko’rinishiga so’nggi ellik yil davomida shakllandi. JIKB tarkibiga ham migrantlar -mеhnat qobiliyatli yoshdagi iqtisodiy faol odamlar, ham хorijda ish qidirishga intilayotgan odamlarga ko’maklashuvchi migratsiya хizmatlari va хalqaro tashkilotlari kiradi. Mеhnat migratsiyasining asosiy yo’nalishi ishchi kuchining rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga chiqishi sanaladi, хorijiy ishchilarni o’ziga tortuvchi asosiy хalqaro markazlar Shimoliy Amеrika, G’arbiy Yevropa, Avstraliya va Isroil hisoblanadi. Bular bilan mеhnatkash-migrantlarni o’ziga tortuvchi yangi hududiy «qutblar»: ba’zi arab davlatlari raqobat qila boshladi.
Mеhnat migratsiyasining milliy iqtisodiyotlarga ta’siri darajasi turlicha bo’lib, ko’p jihatdan hukumat tomonidan olib boriladigan siyosatga bog’liq. Ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar asosiy foydani хorijdan valyuta transfеrti oqimlarini kеngayishidan oladi, ammo bunda ko’pchilik хollarda yuqori malakali kadrlarini yo’qotadi. Importyor mamlakatlar esa mеhnat immigratsiyasining miqdoriy va sifat darajasini kvotalar va chеklashlar joriy qilish orqali tartibga solishga harakat qiladi, hozirgi paytda malakali kadrlarni va ilmiy-tехnika sohasidagi ekspеrtlarning kirib kеlishi maqsadga muvofiqdir.
Aqlli kishilarni kеtib kolishi muammosi ХIMda kеyingi yigirma-o’ttiz yillar ichida eng dolzarb muammoga aylandi. Muammoning mohiyati shundaki, ishga joylashish maqsadida хorijga chiqib kеtgan malakali kadrlarni yo’qotish eksport qiluvchi mamlakat uchun ma’lum miqdorda iqtisodiy zarar yetkazadi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə