Mundarija: 1



Yüklə 251,78 Kb.
səhifə12/15
tarix12.06.2023
ölçüsü251,78 Kb.
#116814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
tuzlarning o\'simliklarga ta\'siri1

1.80 -jadval
Tuproq tarkibida tuzlarning qolishiga yo‘l qo‘yiladigan miqdorlari.

Vohalar

Qattiq qoldiq,%

Xlor-ion,%

Urug‘lar unib chiqishi va dastlabki o‘suv fazasi

Mirzacho‘l
Farg‘ona
Xorazm

0.25-0.30
0.50-0.80
0.30-0.40

0.008-0.01
0.008-0.01
0.015-0.02

O‘suv davrining keyingi fazalari

Mirzacho‘l
Farg‘ona
Xorazm

0.30-0.40
0.75-1.20
0.50-0.60

0.01-0.02
0.01-0.02
0.03-0.04

Ekinlarni tuz ta’sirida chidamliligi tuproqdagi tuzlarning turi va miqdoriga bog‘liqdir. Tuzlar orasida o‘simliklar uchun zararli tuz kir sodasi (Na2SO3) dir. Uning suvdagi yeritmasi o‘yuvchi natriy (NaOH) hosil qiladi va uning gidroksil ioni o‘simlikka zararli ta’sir etadi.
Na2SO3+N2O↔NaON+NaNSO3
Tuproqda kir soda 0.005% dan ko‘proq bo‘lganidayoq o‘simliklar o‘sishidan tuxtaydi; 0.01% dan ko‘p bo‘lganda o‘simliklar nobud bo‘ladi. Ammo, sho‘rlangan, sug‘oriladigan tuproqlarda kir soda ancha kam uchraydi. O‘simliklar uchun NaCL xam juda zararlidir. Sulfatli tuzlar (Na2SO4 va MgSO4) ning zarari xlorid tuzlariga qaraganda biroz kamdir. MgSO3 va Mg(NSO3)2 tuproqda ko‘p bo‘lgani-dagina o‘simliklarga zararli ta’sir ko‘rsatadi. Ammo kalsiy bikarbonat Sa(NSO3)2 tuzining zarari juda kamdir. Gips (Sa SO4) va ohak (SaSO3) tuproqda ko‘payib ketganda xam zararli ta’sir ko‘rsatmaydi. V.A.Kovda o‘simliklar uchun tuzlarning zararlilik darajasini kamayishi bo‘yicha quyidagicha qatorga joylashtirgan:
Na 2SO3; NaNSO3; NaS1; NaNO3; SaS12; Na2 SO4; MgS12; Mg SO4
SHo‘rlangan tuproqlarda natriyli tuzlar ko‘prok uchraydi. L.Rozov natriyli tuzlarning nisbiy zararligini quyidagi son nisbatlari bilan ifodalagan.
Na 2SO3: NaNSO3:NaS1: Na2 SO4=10:3:3:1
Tuzlarning o‘simliklarga zararli ta’siri ma’lum darajada ularning suvda yeruvchanligiga ham bog‘liq. Zararsiz va kam zararli tuzlar (SaSO4,SaSO3, MgSO3) suvda juda qiyin yeriydi, qolgan boshqa tuzlar suvda yaxshi yeriydi va o‘simliklarga zararli ta’sir etadi.
O‘simliklarni o‘sish sharoitlarini o‘zgartirish yo‘li bilan ularni tuz ta’siriga chidamliligini oshirish mumkin.
1) ekish oldidan urug‘larni tuz yeritmasida iviti yoki ishlov byerish (NaSl yeritmasida).
2) Minyerallashgan suv bilan urug‘larga ishlov byerish (3,0-4,0 g/l).
3) Supyerfosfat o‘g‘iti yeritmasida urug‘larni ivitish.
4) SHo‘rlangan yerlarda ekinlar urug‘ini ekish me’yorini 25-30 % ga oshirish.
5) SHo‘rlangan yerlarda ekinlar sug‘orish me’yorini 30 % gacha oshirish.
6) YUqori sinfli saralagan urug‘larni ekish.
7) Tuzga chidamli navlarni tanlab ekish.
Tuzlar o‘simliklarning biokimyoviy, fiziologik funksiyalarini va suv, oziqa rejimlarini, nafas olish, fotosintez jarayonlarini buzadi. Tuz ta’sirida o‘simliklarda fotosintez sekinlashadi va natijada quruq modda kam to‘planadi. Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi o‘simliklarning yoshiga, tuproqdagi tuzlar tarkibiga, tuproq namligiga, tuproq unumdorligiga, iqlimiy sharoitlarga, ekin turiga bog‘liq bo‘ladi. Ekinlar tuz ta’siriga chidamliligi bo‘yicha 3 guruhga bo‘linadi: chidamsiz, o‘rtacha chidamli va chidamli. O‘simliklarni o‘sish sharoitlarini o‘zgartirish yo‘li bilan ularni tuz ta’siriga chidamliligini oshirish mumkin.

Yüklə 251,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə