Mundarija: 1


-jadval Tuproq tarkibida tuzlar va namlik miqdoriga qarab suv tutib turish kuchi



Yüklə 251,78 Kb.
səhifə10/15
tarix12.06.2023
ölçüsü251,78 Kb.
#116814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
tuzlarning o\'simliklarga ta\'siri1

1.76-jadval
Tuproq tarkibida tuzlar va namlik miqdoriga qarab suv tutib turish kuchi
(V.S.SHardakov ma’lumotlari)

SHo‘rlanmagan tuproq

Kam sho‘rlangan tuproq (0,55% tuzlar)

Kuchli sho‘rlangan tuproq (2-13% tuzlar)

Tuproqning namligi %

Suv tutib turish kuchi.atm

Tuproqning namligi %

Suv tutib turish kuchi.atm

Tuproqning namligi %

Suv tutib turish kuchi.atm

9,4

20

9,3

35

9,9

143

12,2

10

12,4

26

13,3

59

18,3

2

18,6

18

19,6

30

-

-

24,8

11

25,8

17

P.A.Genkelning tekshirishlariga ko‘ra, tuzlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda o‘simliklarda plazma zararlanadi. Buning natijasida o‘simlik organlarida ko‘p tuz to‘planadi.
O‘simlik organlari kuchli minyerallashganda o‘simliklarning minyeral oziqlanishi buziladi. SHunda o‘simlik oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan ko‘pchilik elementlar(masalan, kalьsiy, kaliy, oltingugurt) kamayib ketadi, kremniy, xlor, natriy, magniy kabi elementlar ko‘payib ketadi (1.77- jadval).
1.77- jadval
G‘o‘za niholining minyeral tarkibi

G‘o‘zaning nomi

Absolyut quruq moddaga nisbatan

Jami minyeral moddalar

SiO2

Al2O3

Fe3O3

P2O3

Cl

SO4

Ca

Mg

K

Na




YAxshi

0,72

0,47

0,08

0,58

1,54

3,83

3,35

0,81

4,67

0,41

16,46

Nimjonroq

1,26

0,06

0,11

0,47

0,85

3,34

3,55

0,87

3,34

0,20

14,05

Nimjon

5,16

0,19

0,46

1,62

0,56

2,03

1,83

0,87

3,50

0,54

17,76

Nihoyatda nimjon

5,02

0,14

0,41

2,11

2,48

3,05

1,26

1,10

3,54

1,22

20,69

1.78-jadval
Tuzlarning zaharli ta’siri natijasida g‘o‘zaning unib chiqishi

SHo‘rlanish dara
jasi

Gekt.
Kuchat
soni

O‘simlik yuza
si sm2

Barg yuza-
si sm2

Fazalarni boshlanishi

Xosil

shonalash

gullash

pishish

s/ga




kuchsiz

77000

65,6

1957

3.06

8.06

10.09

31.36




o‘rtacha

66800

38.6

919

17.06

22.06

17.09

14.92




kuchli

28400

22.1

292

6.07

8.08

-

5.45




Tuzlar ta’sirida o‘simlik xayotida minyeral oziqlanish jarayoni buziladi. YA’ni o‘simlikning tanasida Sa, K, oltingugurt kamayib ularni o‘rnini xlor, natriy, magniy egallab oladi natijada o‘simlik zaxarlanadi.
Kuchli sho‘rlangan yerlarda o‘simlik organlarida xlor 2-3 marta Na-
5-10 marta oshib ketadi. Natijada o‘simliklarni o‘sishi sekinlashib, bargi so‘liydi, bujamayib qoladi, rangi sarg‘ayadi, tuz dog‘lari paydo bo‘ladi va to‘kiladi. Tuzlarning zaxarli ta’siri natijasida ekinlar yaxshi unib chiqmaydi, sekin o‘sadi va rivojlanadi, pishishi kechikadi, sifati buziladi. Buni paxta misolida ko‘rish mumkin.


2.2 Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi va chidamliligini oshirish yo‘llari.
Ekinlarning tuz ta’siriga chidamliligi deb tuproq tarkibidagi tuzlarning va tuproq yeritmasi konsentratsiyasining qishloq xo‘jalik ekinlarining normal o‘sishi va rivojlanishini ta’sir qilmaydigan miqdoriga aytiladi.
U quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi.
1. Ekinlarni tuz ta’siriga chidamligi o‘simlikning yoshiga qarab o‘zgaradi. O‘simliklarning dastlabki rivojlanishda tuz kuchli ta’sir etadi, yoshi ulgayishi bilan uning chidamligi oshib boradi. SHuning uchun xam o‘simlik yoshligida tuproqda tuzning miqdori kam bo‘lishi kyerak.
2. Tuzlarning tarkibiga bog‘liq. Tuproqning tarkibida xlorli tuzlar ko‘p bo‘lgan Mirzacho‘l, Qarshi, SHyerobod cho‘llarida ekinlar quruk qoldiq
0,3-0,4% bo‘lganda zaxarlanadi. Sulьfatli sho‘rlangan Farg‘ona vodiysining tuproqlarida esa ekinlar quruk qoldiq bo‘yicha 0,6-0,8 % bo‘lganda xam chiday oladi.
3. Tuproq namligiga tuproq qanchalik nam bo‘lsa tuproq yeritmasining konsentratsiyasi shuncha past bo‘ladi va ekinlarni tuz ta’siriga chidamliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tuproq yeritmasining konsentratsiyasi bir-xil bo‘lib nam ko‘paysa o‘simliklarni tuzga chidamligi oshadi.
4. Tuproq unumdorligi – unumdor tuproqlarda o‘simliklarning tuzga chidamligi oshadi, unumsiz tuproqlarda kamayadi. Bunda organik o‘g‘itlar almashlab ekish, imlmy asosida minyeral o‘g‘it byerish yaxshi natija byeradi. Lekin o‘g‘it me’yoridan ko‘p byerilganda (NaNo3) tuproq yeritmasi konsentratsiyasi oshib o‘simliklarning tuz ta’siriga chidamliligi kamayadi.
5. Iqlim sharoiti - iqlim quruq, issiq, yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan yerlarda o‘simliklarni tuz ta’siriga chidamliligi kamayadi.
6. Ekin turiga bog‘liqligi. Ekinlar tuz ta’siriga chidamliligi bo‘yicha qo‘yidagi guruxga bo‘linadi: 1. CHidamsiz. 2. O‘rtacha chidamli. 3.CHidamli.
O‘simliklarning tuz ta’siriga chidamligini oshirish yo‘llari.
O‘simliklarni o‘sish sharoitlarini o‘zgartirish yo‘li bilan ekinlarni tuz ta’siriga chidamligini oshirish mumkin.
1. Ekish oldidan urug‘larni tuz yeritmasida uvitish yoki ishlov byerish (NaCl yeritmasi).
2. Minyerallashgan suv bilan urug‘larga ishlov byerish (3,0-4,0 g/l).
3. Supyerfosfat o‘g‘iti yeritmasida urug‘ni uvitish.
4. SHo‘r yerlardagi qishloq xo‘jalik ekinlarini urug‘ini me’yorini 25-30% oshirish.
5. SHo‘r yerlardagi qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish me’yorini 30% gacha oshirish.
6. YUqori klass saralangan urug‘larni ekish.
7. Tuzga chidamli navlarni ekish.

Yüklə 251,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə