Mundarija: I. Kirish 1


Iqtisodiy tarmoqlarini kreditlash bo’limi



Yüklə 119,84 Kb.
səhifə3/7
tarix22.12.2023
ölçüsü119,84 Kb.
#154059
1   2   3   4   5   6   7
Amaliyot hisoboti mavzu “Agrobank” atb baxmal filliali faoliyat

2. Iqtisodiy tarmoqlarini kreditlash bo’limi.
Bo’limning asosiy vazifalari – filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikga muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish. Filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikka muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish; filial tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga berilgan kreditlar va ular bo’yicha hisoblangan foizini o’z vaqtida qaytarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatish.
3. Kichik biznes subyektlariga xizmat ko’rsatish bo’limi.
Bo’limning asosiy vazifalari – filial tomonidan taqdim qilingan yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish, amaldagi qonunchilikka muvofiq o’z vakolati doirasida ijrosini ta’minlash va bajarilishini nazorat qilish.
Filial tomonidan xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga berilgan kreditlarning mulk shakllari, xalq xo’jaligi tarmoqlari va hududlar bo’yicha taqsimlanishi xaqida ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish.
Bo’limning asosiy funksiyalari – mijozlardan kelib tushgan kredit yig’ma jildlarini o’rganib chiqib kredit komissiyasiga tavfsiya etadi. Kredit komissiyasi qarorlarini chiqaradi, xulosalarni joylarga yetkazish, viloyat limit doirasidan yuqori bo’lgan kredit yig’ma jildlarini bosh bankka chiqarish.
4. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini kreditlash bo’limi.
Bo’limning vazifalari: filial tomonidan jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga kredit berish, bank ssudalarini o’z vaqtida uzish va muddati o’tgan qarzga yo’l qo’ymaslik bo’yicha faoliyatini tizimli va majmuali o’rganishni tashkil etish; bank kredit siyosatini shakllantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
Bo’limning funksiyalari: jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini kreditlashda ushbu tarmoqni rivojlantirish va bo’lim faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan yig’ma, axborot va tahliliy materiallarni tayyorlash; filial tominidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, Markaziy Bank, “Agrobank” ATB boshqaruvi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish.

Yüklə 119,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə