Mundarija kirish I bob. Cms (content management systems — kontentni boshqaruv tizimlari) haqida


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/12
tarix22.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#111904
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
«CMS – kontent boshqaruv tizimlari» boʻlimini о‘qitishda innovatsion

Kurs ishining maqsad va vazifalari: CMS (content management systems — kontentni boshqaruv tizimlari) haqida tushunchalar va uni o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqidagi malumotlarni umumlashtirish va qisqacha tavsiflash. CMS tizimlar turlari va asosiy xususiyatlarini tushuntirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishi ob’yekti va predmeti: CMS (content management systems — kontentni boshqaruv tizimlari). Mashhur kontentni boshqarish tizimlari va ularning xususiyatlari.
Kurs ishning tadqiqot uslubi va uslubiyoti: Ilmiy ommabop manbalardan to’plangan ma’lumotlar tahlil qilib,xulosa va takliflar qilish.
Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bob va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan ma’lumotlar tushunarli ravishda ifodalash uchun chizma jadvallar va rasmlar berildi.
I BOB.CMS (content management systems - kontentni boshqaruv tizimlari) haqida.
1.1.CMS ya’ni contentni boshqaruv tizimlari tushunchasi

CMS (content management system — kontentni boshqaruv tizimi) — tayyor shablonli tuzilmalar, ma’lumotlarni kiritish va dizayn ishlariga mo‘ljallangan funksiyalar to‘plamidan iborat platforma. Shuningdek, CMS matnli va multimediali sahifalardan iborat saytlarni qulay va oson yaratish hamda o‘zgartirish (qo‘shish, tahrirlash va o‘chirish) imkonini beradigan boshqaruv tizimidir. CMS saytda yangi sahifalar yaratish, mahsulotlar katalogini o‘zgartirish, buyurtma berish kabi jarayonlarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham beradi. Har qanday internet sayti HTML tili, CSS kaskadli stillar jadvali, PHP, JavaScript singari web texnologiyalar hamda MySQL kabi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari yordamida yaratiladi. Sayt tarkibida biz ko‘radigan barcha materiallar (matn, rasm, audio, video va b.) ushbu web-texnologiyalar yordamida sahifada chiqariladi. Ma’lumki, bunday jarayon ushbu web-dasturlash tillarini yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis tomonidangina amalga oshiriladi.
CMS “Content Management System” deb yoyib yoziladi, ya’ni kontentni boshqarish tizimi yoki saytni boshqarish tizimi. Bu saytni tez yaratish , Bitrix (Saytni Boshqarish Tizimi) ishini soddalashtirish uchun hizmat qiladi.
Saytni boshqarish tizimi buyurtmachiga saytni mustaqil expluatatsiya qilishda, ya’ni bizning mutaxassis bilan emas, balki o’zingizning kompaniya xizmatchingiz (menedjer, kotib, marketolog) bilan saytdagi ixtiyoriy ma’lumotni va uning strukturasini o’zgartirishingizga imkon beradi.
Agar siz saytingiz marketingli uskuna va undagi har kungi ma’lumotida kompaniyangizning oxirgi marketingli aksiyalari aks etishini xoxlasangiz u holda CMSni sizning saytingizga qo’llanilishi shart. Bu – saytingizni rivojlantirish yoki modernizatsiyalash ishlarida o’ylanmay qilingan harakatlar yoki shunchaki xatolardan asraydi.
Saytni boshqarish tizimi yordamida saytni rivojlanishi sezilarli soddalashadi va jonlanadi. Saytda yangi bo’lim yaratish, ixtiyoriy sahifada reklama bloklarini, ichki bannerlarni yoki tovarlarning maxsus takliflarini joylashtirishni buyurtlachi mustaqil va daqiqalar bilan o’lchanadigan vaqt mobaynida bajarishi mumkin. Bundan tashqari, Buyurtmachi mustaqil , bizning yordamimizsiz, CMS yordamida saytni yangi interfaol bo’limlarini yaratishi ( masalan, forum) yoki u yoki bu sahifalarni parol bilan yopib va ularga faqat tanlangan foydalanuvchilargagina kirishga imkon berish mumkin.
Bizning saytni boshqarish tizimimiz (CMS, Bitrix) sizning saytingiz asosida yotuvchi bo’lgan, boshqa proyektarda ko’p marotaba o’rnatilgani (3500 martadan ko’proq), uchun u saytingizni uni exspluatatsiya qilish jarayonida dasturiy xatolardan asrashiga kafolat beradi.

CMS – bu Content Management System dan olingan kengaytma, u so’zma-so’z tarjima qilinganda “Sayt kontentini Boshqarish tizimi” yoki “Saytni Boshqarish Tizimi” larni anglatadi. Ba’zida CMS ni saytning “Harakatlantiruvchisi” deb atashadi.


CMS esa dasturlash tillaridan bexabar foydalanuvchiga ham sayt yaratish va uni boshqarish imkonini bera oladi.
Sayt bilan ishlash jarayonining soddaligi va qulayligi. CMSni boshqaruv tizimi har qanday foydalanuvchiga, bilim darajasidan qat’i nazar, resurslar ustida to‘liq ish olib borish [saytni boshqarish, ma’lumotlarni tahrirlash, tuzilmani sozlash (bo‘limlarni
qo‘shish va o‘chirish)] imkonini beradi. Bunda sayt strukturasini ishlab chiqish va dasturlash bo‘yicha texnik bilim yoki ilg‘or ko‘nikmalar talab etilmaydi.
Qisqa vaqt ichida, yuqori tezlikda sayt yaratish imkoniyati. Dastlab sayt yaratish ko‘p vaqt talab qiladigan, mashaqqatli jarayon bo‘lgan. CMS ish jarayonining ko‘plab qismi avtomatlashtirganligi sababli sayt va uning alohida qismlarini yaratishda vaqt sezilarli tejaladi.
Ortiqcha qiyinchiliklarsiz chiroyli dizayn yaratish imkoniyati. Tizim boshqaruvi sayt dizayni ustida ishlash va uning tarkibini yaxshilash, yangi elementlarni qo‘shish va boshqarish imkonini beradi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə