Mundarija. Kirish I bob. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora tadbirlar


O‘zbekistoning tashqi iqtisodiy faoliyatida xorijiy mamlakatlarning ro‘li



Yüklə 141,5 Kb.
səhifə7/9
tarix26.10.2023
ölçüsü141,5 Kb.
#131837
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning erkinlashtirilishi

4. O‘zbekistoning tashqi iqtisodiy faoliyatida xorijiy mamlakatlarning ro‘li.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi.


Respublikada bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan choratadbirlar natijasida, 2023- yil yanvar-fevral oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 8,9 mlrd. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 176,4 mln. AQSH dollariga yoki 2,0 % ga ko‘paydi.
Tashqi savdo aylanmasi – muayyan davr uchun mamlakat eksporti va importi qiymatining miqdori hisoblanadi. Tovarlarning tashqi savdo statistikasi O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish (import) yoki O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish (eksport) natijasida mamlakat material resurslari zaxiralariga qo‘shiladigan yoki ulardan ayirib tashlanadigan tovarlar hisobini tashqi savdo umumiy hisob tizimi asosida yuritiladi.
TSAda eksport hajmi 3 164,6 mln. AQSH dollariga (2022- yilning yanvarfevral oylariga nisbatan 23,7 % ga ko‘paydi) va import hajmi 5 783,3 mln. AQSH dollariga (25,1 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida -2 618,6 mln.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 155 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiyada (16,2 %), XXRda (14,9 %), Qozogʻistonda (7,8 %), Germaniyada (6,4 %), Turkiyada (6,1 %), Koreya Respublikasida (3,4 %) va Qirg‘iz Respublikasida (1,9 %) qayd etilgan.Shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni iqtisodiy-ijtimoiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin.
Xususan, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iz Respublikasi va Qozog‘iston kabi qo‘shni davlatlar bilan TSAda so‘nggi yillarda katta o‘zgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, so‘nggi uch yilda TSA Tojikiston va Qozog‘iston bilan 1,2 barobarga oshdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston davlatlari shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.


Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə