Мundarija kirish I. Bob. Tashqi fotoeffekt



Yüklə 2,43 Mb.
səhifə3/9
tarix11.12.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#148403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
foto efekt-1

E hv p = — = — c c
impulsga ega ekanligi kelib chiqadi.
Shunday qilib, yorug’lik tabiati to’g’risidagi ta’limot ikki asr davomida aylanib yurib, yana yorug’likni zarra-korpuskula tushunchasiga kaytib keladi. Lekin bu qaytish Nyutonning korpuskulyar nazariyasiga mexanik kaytish emas edi. XX asr boshida ma’lum bo’ldiki, yorug’lik ko’shaloq tabiatga ega bo’lar ekan. Tarqalishda yorug’likning to’lqin xossalari (interfersisiya, difraksiya, qutblanish) namoyon bo’lsa, moddalar bilap o’zaro ta’sirida uning korpuskulyar xossasi yuzaga kelar ekan. Yorug’likning bunday ko’shaloq tabiati uning korpuskulyar - to’lqin dualizmi deb nom oldi. Keyinchalik bunday qo’shalok tabiat elektronlarga va qolgan boshqa elementar zarralarga, atom va molekulalarga ham xos ekanligi aniqlandi. Klassik fizika mikroobyektlar xossalaridagi bunday qo’shaloqlikni tushuntira olmas ekan. Mikroobyekt harakati Nyutonning klassik mexanikasi qonunlari bilan emas, kvant moxanikasining qonunlari bilan boshqarilar ekan. Absolyut qora jism nurlanishining Plank tomonidan rivojlantirilgan nazariyasi Eynshteyn tomoiidan berilgan fotoeffektning kvant nazariyasi kelgusida maydonga kelgan kvant mexanikasining alohida fan tariqasida shakllanishiga asos bo’ldi.
Komptov effekti
Fotoeffekt hodisasini tushuntirish uchun 1905 yilda Eynshteyn tomonydan taklif etilgan fotonlar konsepsiyasi 1922 yilda amerikalik olim A.Kompton tomonidan o’tkazilgan tajribalarda to’laligicha o’z tasdiqini topdi. Kompton qisqa to’lqinli rentgen nurlanishining erkin (yoki modda atomlarida kuchsiz bog’langan) elektronlarda elastik sochilishini o’rgangan. Tajriba sochilgan nurlanish to’lqin uzunligining uzayishini ko’rsatgan. Klassik fizikaning to’lqin nazariyasi doirasida bunday sochilishda to’lqin uzunligi o’zgarmasligi lozim hisoblanadi va shu sababdan Kompton tomonidan ochilgan bu effektni klassik fizika doirasida tushuntirib bo’lmaydi. To’lqin nazariyasiga ko’ra, yorug’lik to’lqinining davriy maydoni ta’siri ostida elektron majburiy tebranishga keladi va tebranish tashqi maydon chastotasiga teng bo’lgan chastotada sodir bo’ladi. Demak, tebranayotgan elektron chiqarayotgan nurlanish tushayotgan maydon chastotasiga teng bo’lgan chastotani nurlantirishi lozim. Kompton tajribasining sxemasi 4-rasmda keltirilgan.To’lqin uzunligi X bo’lgan monoxromatik nurlanish R- trubkadan chiqib, ko’rg’oshin D diafragmadan o’tadi va ingichka oqim tariqasida nishon-modda P (grafit yoki alyumindan yasalgan) tomon yo’naladi. ©- burchak ostida sochilgan nurlanish rentgen nurlari spektrografi ( S) yordamida o’rganiladi. Bu spektrografda K kristall difraksion panjara rolini o’ynaydi va bu kristall aylanuvchan stol ustiga joylashtirilgan bo’ladi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə