Mundarija kirish. I bob. Zamburug’larning umumiy tavsifi


Ishning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə2/15
tarix28.03.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#103336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Zamburuglar ekologik guruhlari va asosiy vakillari.

Ishning maqsad va vazifalari. Ishning maqsad va vazifalari zamburug’lar dunyosiga mansub bo’lgan zamburug’lar bilan tanishish, ularning ahamiyatini o’rganish, foydali zamburug’lardan amaliyotda foydalanishni keng joriy etish. Zamburug’lar vakillarining hozirgi zamon ta’lim tizimidagi o’rni va ularning foydali jihatlarini aniqlash ishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot obyekti va predmeti. Asosiy tadqiqot obyektlari zamburug’lar dunyosi va ularga mansub bo’lgan vakillari. Zamburug’lar dunyosining umumiy tuzilishi, ko’payishi, foydali va zararli jihatlari hamda o’ziga xos belgilarini o’rganish.
Ishning amaliy ahamiyati. Zamburug’larni o’rganishda, avvalo, ularni qanday sharoitda va muhitda o’sishini aniqlash lozimdir. Zamburug’lar dunyosi vakillarining ichki va tashqi tuzilishi hamda ko’payishini o’rganish ko’lami foydali zamburug’larni foydali jihatlarini tushuntirib berishda amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ishning xajmi. Kurs ishi 3 bobdan iborat bo’lib, unda zamburug’lardan amaliyotda foydalanish, ularning tarkibi, ko’payishi to’la yoritilib berilgan. Zamburug’larning ahamiyati bayon etib berilgan.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mikologiya – botanikaning bir bo’limi. Zamburug’larning morfologiyasi, sistematikasi, biologiyasi, fiziologiyasini, biokimyoviy jihatlarini, ekologiyasini, geografiyasini, filogenezini, shuningdek, ularning tabiatda va odam hayotidagi ahamiyatini o’rganadi. Mikologiya fitopatalogiya, tibbiyot, veterinariya va boshqa fanlar bilan bog’liq.
Zamburug’lar haqidagi ma’lumotlar qadimdan ma’lum. Masalan, milodiy I asrda qadimgi yunon olimi Pliniy Katta zamburug’larning daraxt poyalari va to’nkalarida rivojlanishini yozib, ularni tasniflashga harakat qilgan. 1578-yil golland botanigi K. Klauzius 221 zamburug’ning rang tasviri berilgan atlas chiqargan.
Odatda, mikologiyaning rivojlanishi uch davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX asrning o’rtalarigacha davom etgan. Bu davrda har xil zamburug’larni tasvirlash va tasniflashga urinishlar bo’lgan. Ikkinchi davrda (XIX asrning o’rtasidan oxirigacha) zamburug’lar sistematikasiga oid ishlar bilan birga ularning ontogenezi va filogenezi ham o’rganilgan. Bu davrda fransuz olimlari aka-uka L. Tyulan va Sh. Tyulanlar unshudring, zang va qorakuya zamburug’lardagi pleomorfizm hodisasini, ya’ni bir tur zamburug’da turli xilda spora hosil bo’lishini aniqlashdi. Nemis botanigi A. de Bari parazit zamburug’larni eksperimental o’rganish, uning shogirdlari saprofit zamburug’larni ekish metodikasini ishlab chiqdilar. Rossiyada M. S. Voroninning parazit zamburug’lar ustida qilgan ishlari muhim ahamiyat kasb etdi. Uchinchi – yangi davrda zamburug’lar fiziologiyasi va biokimyosi rivojlantiriladi. Nemis olimi G. Klebsning zamburug’lar ontogenezi ustidagi ishlari katta rol o’ynadi. Mikologiyada sitologik usul keng joriy qilindi. Zang zamburug’lar morfologiyasi, sitologiyasi, ularning parazit zamburug’lar bilan o’zaro aloqalari hamda parazit zamburug’lar va ular bilan kasallangan o’simliklar fiziologiyasi chuqur o’rganildi. Zamburug’lar, ayniqsa, aktinomitsetlar rolining oshishi tufayli ko’p mamlakatlarda, shuningdek, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika ilmiy-ishlab chiqarish markazi laboratoriyalarida ularni o’rganish keng yo’lga qo’yildi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə