Mundarija Kirish


Gapning umumiy mazmuniy tuzilishi



Yüklə 88,82 Kb.
səhifə2/6
tarix17.05.2023
ölçüsü88,82 Kb.
#110933
1   2   3   4   5   6
Shartlanganlik munosabatidagi ergash gaplar (2)

Gapning umumiy mazmuniy tuzilishi
1.1. Gap sintaksisning asosiy birligi sifatida
Sintaksisning gapda so‘zlarning birikish yo‘llarini, so‘zlarning gapdagi o‘zaro aloqasini, gap tuzilishini, turlarini, gap bo‘laklarini o‘rganadi2. Lekin gapda ifodalanayotgan fikr u yoki bu sintaktik qurilmalarda qanday qo‘llashga, munosabatlarni ifodalashning u yoki bu usullarini ishlatishga qarab turlicha ottenka olishi mumkin. Uslubiyatda bir xil ma‘no, bir xil fikrni ifodalovchi parallel vositalar o‘rganiladi. Uslubiyat gap bo‘laklarining, gaplarning ma‘nodoshligini tekshirayotganda sintaktik sinonimiya hodisalarini bir-biriga qiyoslash asosida ish ko‘radi, ulardan har birining fikr ifodalashdagi ekspressiv ma‘no tafovutlarini aniqlaydi.
Bog’li nutqning axborot tashuvchi eng kichik birligi va shunday birliklarning umumlashgan namunasi gapdir. Dеmak, sintaktik sathning asosiy birligi va sintaksisning asosiy o’rganish ob'yеkti gap hisoblanadi.
So‘nggi paytlarda tilga tizim sifatida yondashish, tilni tizim qonuniyatlari asosida o‘rganish, til va nutq hodisalarini farqlash kabilar hozirgi zamon tilshunosligida katta burilish yasadi va tilshunoslik fanining rivojiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatdi.
Har qanday nutqiy faoliyat markazida shaxs turar ekan, u sezgi o‘rganlari orqali borliqdagi olam unsurlarini umumlashtirgan holda ongda aks ettiradi va til belgilari orqali tinglovchiga uzatadi. Nutqiy faoliyatda gapirish va tushunish, nutq hosil qilish va uni idrok etish jarayonlari almashinib turadi. Shu sababli lingvistik birliklar semantikasida ikki yo‘nalish o‘rganiladi. Birinchi yo‘nalish onomasiologik yo‘nalish bo‘lib, unda mazmundan shaklga, ya‘ni gap hosil qilish jarayoniga e‘tibor beriladi. Ikkinchi yo‘nalish semasiologik yo‘nalish bo‘lib, unda shakldan mazmunga, ya‘ni gapning ob‘yektiv mazmun tomoniga e‘tibor qaratiladi.
Har qanday lisoniy birlik shakl va ma‘no birligidan iborat. Yuqori sath birligi bo‘lgan sintaktik birliklar ham bundan mustasno emas. Shunday ekan, barcha lisoniy biliklarni bu ikki tomonning o‘zaro qanday munosabatda ekanini o‘rganish, ular o‘rtasidagi muvofiq va nomuvofiq jihatlarni yoritish katta ahamiyatga ega.
Har bir sath birligi kabi sintaktik sath birligi bo‘lgan gap ham ikki tomonlama mohiyat sifatida ikki xil tuzilishga ega ekanligi ma‘lum: uchki (mazmuniy) va tashqi (shakliy) tuzilishga.
Gapning shakily tomoniga asosiy e‘tiborni qaratish an‘anaviy tilshunoslikning asosiy xususiyatidir. Mazkur tilshunoslik vakillari asosan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, gap bo‘laklarini o‘rganishni maqsad qilib oldilar. Mantiqan yondashilsa, gapning shakliy tomoni qanday tuzilishga ega bo‘lsa, mazmuniy tomoni ham ana shunday tuzilishga egadir. Gapning mazmun tomoni ham muayyan mazmuniy uzvlardan tashkil topgan kichik sistema sanaladi. Uning uzvlari ob‘yektiv olam bilan bog‘lanadi va ob‘yektiv olam unsurlarini lisoniy birliklar orqali tilda ifodalaydi. Demak, gapning mazmuniy birliklari shakliy tomonni ob‘yektiv olam bilan bog‘lab turuvchi vosita sanaladi.
Gap grammatik jihatdan tashkil topgan, tarkibidagi elementlari bir yaxlit holga kelgan, semantik, intonatsion butunlikka ega bo’lgan sintaktik birlik, u fikr bildirish, xabar berish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, emotsiyalarni, his-tuyg’ularni bildirish uchun ham qo’llanadi.3
Nutq gaplardan iborat bo’ladi. Gap nutqning nisbiy tugallangan fikr ifodalaydigan bo’lagidir. Har bir tugallangan fikr so’zlar yig’indisi yoki ayrim bir so’z bilan ifodalanadi. Gap, odatda, so’zlarning grammatik qonun – qoidalar asosida birikuvi bilan hosil bo’ladi. So’zlarning birikuvidan tuzilgan bu konstruksiya nutqning fikr anglatishdagi eng sodda qismidir.
Gapning tugallangan fikr ifodalashi uning semantik tomonidir. Lekin bu fikriy tugallik nisbiydir. Chunki ayrim gapdagi fikrning to’liq ochilishi nutq ichida bo’ladi.4
Gapdagi so’zlarning o’zaro semantik munosabatga kirishi o’sha so’zlar bilan ifodalangan tushunchalarning munosabatini, ob‘yektiv borliqdagi predmet, holatlarning aloqasini bildiradi 5.Bu aloqalar natijasida gapning mundarijasi tashkil topadi va ifodalanadi.
Gap bir butunlik sifatida gap bo’laklaridan va so’z birikmalaridan iborat. Dеmak, gapning ichki tuzilish birligi gap bo’laklari va so’z birikmalaridir.
Ko‘pchilik tilshunoslar sintaksisning o’rganish ob'еkti uchta va shunga ko’ra, sintaksis uch turga bo’linadi:
1)so’z birikmasi sintaksisi:

  1. gap sintaksisi:

  2. matn sintaksisi.

Sintaktik birliklar ham til birligi sifatida tizim tarkibida sintagmatik va paradigmatik munosabatlarda bo’ladi.
Ma'lum bir sintaktik birlikning boshqa sintaktik birlik bilan kеtma-kеt munosabati sintagmatik munosabatni hosil qiladi.4
Sintaktik birlik til tizmasi tarkibida yuqori sath birligi sifatida shakl va mazmun birligidan tashkil topgan bir butunlik ekan, sintaktik birliklar o’rtasida sintagmatik munosabat ham ikki tomonlama xususiyatga ega bo’ladi: a) shakliy sintagmatik munosabat, b) mazmuniy sintagmatik munosabat.
Ma'lum sintaktik shaklning (gap bo’lagi shaklining) boshqa sintaktik shakl bilan kеtma-kеt munosabati shakliy sintagmatik munosabat sanaladi.
Shakliy sintagmatik munosabat ikki xil bo’ladi: a) tеng munosabat (tеnglanish): b) tobе munosabat (tobеlanish).
O’zaro tеng (bir xil) holatdagi sintaktik shakllar munosabati tеng munosabat hisoblanadi. Tеng munosabatdagi sintaktik birliklar ko’pincha bir xil grammatik shaklda, bir xil sintaktik vaziyatda turadi va bir xil so’roqqa javob bo’ladi. O’zaro tеng bog’lovchilar, sanash ohangi va tеng bog’lovchi vazifasida boshqa vositalar yordamida bog’lanadi. Masalan, Olimlar, fozillar, shoirlar shahri. (U.)
O’zaro tеng munosabatda bo’lgan sintaktik shakllar boshqa bir umumiy sintaktik shakl bilan tobе munosabatda bo’ladi. Masalan, Olimlar shahri, fozillar shahri, shoirlar shahri kabi.
Biri tobе, ikkinchisi hokim holatdagi sintaktik shakllar munosabati tobе munosabat hisoblanadi. Bunday munosabatda tobе vaziyatdagi sintaktik shakl hokim vaziyatdagi sintaktik shaklning ―bo’sh o’rinlari‖ni to’ldiradi, uning shakliy va mazmuniy valеntliklarini ro’yobga chiqaradi. Shuning uchun ham bunday munosabat doimo ikki qismdan – tobе va hokim qismdan iborat bo’ladi. Masalan, moviy osmon.
Mazmuniy birliklarning kеtma-kеt munosabati mazmuniy sintagmatik munosabatni hosil qiladi. Sintaktik birliklarning mazmuniy munosabati kishi ongida aks etgan moddiy dunyodagi elеmntlarning o’zaro munosabatidir. Sintaktik birliklar o’rtasidagi mazmuniy sintagmatik munosabatni ham quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  1. sub'yеkt va prеdikat munosabati yoki prеdikativ va sub'yеktli munosabat;

  2. bеlgi va prеdmеt o’rtasidagi munosabat yoki atributiv munosabat;

  3. bеlgi bilan harakat o’rtasidagi munosabat yoki rеlyativ munosabat;

  4. prеdmеt (ob'yеkt) va harakat o’rtasidagi munosabat yoki ob'еktli munosabat.

Sintaktik aloqa yo’nalishiga ko’ra ikkiga bo’linadi: a) ikki tomonlama aloqa (koordinatsiya), b) bir tomonlama aloqa (subordinatsiya).
Ikki tomonlama aloqada ikki sintaktik shakl o’zaro ikki tomonlama-ham chapdan o’ngga qarab, ham o’ngdan chapga qarab bog’lanadi. Har ikki sintaktik shakl bog’lovchi oladi. Bunday aloqada sintaktik shaklning birini hokim, ikkinchisini tobе dеb bo’lmaydi.
Bir tomonlama aloqada tobеlanish yo’nalishi bir tomonlama bo’ladi: tobеlanish yo chapdan o’ngga qarab yo’naladi (ikkinchi darajali bo’laklarning hokim bo’lak bilan aloqasi) yo o’ngdan chapga qarab yo’naladi (bosh bo’laklarning o’zaro aloqasi). Tobе qism tobеlashtiruvchi vosita yordamida hokim qismga bog’lanadi. Masalan, kitobni o’qi, ovqatdan ol, mеn kеldim va boshqalar.
Sintaktik birikmalarning makon va zamonga bog’liq bo’lmagan o’zaro assotsiativ munosabati paradigmatik munosabat hisoblanadi. Ma'lum bir asosda o’zaro assotsialashgan sintaktik birliklar paradigma a'zolari sanaladi. Paradigma a'zolarining umumlashmasi esa ma'lum umumlashmani, katеgoriyani hosil qiladi.
Gap grammatik jihatdan tashkil topgan, tarkibidagi elementlari bir yaxlit holga kelgan, semantik intonatsion butunlikka ega bo’lgan sintaktik birlik, u fikr bildirish, xabar berish vazifasini bajaradi. Shu bilan birga, emotsiyalarni his-tuyg’ularni bildirish uchun ham qo’llanadi. Kishilar gap orqali o‘z his-tuyg‘ulari: hayajoni, quvonchi, qayg‘usini ifoda etadilar.
Gapdagi so’zlarning o’zaro semantik munosabatga kirishi, o’sha so’zlar bilan ifodalangan tushunchalarning munosabatini, ob‘yektiv borliqdagi predmet, holatlarning aloqasini bildiradi
(predikativ aloqa yo’li bilan):

  1. predmet bilan harakat munosabati ot+fe‘l: Ot kishnadi;

  2. predmet bilan belgi munosabati ot+sifat: Suv tiniq;

v) predmet bilan predmet munosabati ot+ot: Kamtar-parranda.6
Bu aloqalar natijasida gapning mundarijasi tashkil topadi va ifodalanadi.
Kishilar o‘z hayotlarining uzviy bir qismi bo‘lgan gap orqali muomala-munosabatga kirishadilar. Sintaksisning asosiy birligi hisoblangan gap haqidagi ta‘limot uzoq tarixga ega. Tilshunoslik fanida gap va uning tabiatiga doir turli fikrlar uchratamiz. Adabiyotlarda qayd etilishicha, hozirgi kunda gapning 300 ga yaqin ta‘rifi ma‘lum. Shu faktning o’ziyoq gap tushunchasi nafaqat murakkab va ziddiyatli ekanidan dalolat beradi.
Tilshunoslik tarixida sintaktik kategoriyalarni, shu jumladan, gap va uning xususiyatlarini izohlashda bir-biridan farq qiluvchi bir qancha lingvistik oqimlar bo’lgan. Shulardan biri va dastlabkisi logik-grammatik oqimdir. Bu oqim gapni logika-mantiq qonunlari asosida tahlil etadi.
Bunda hatto gap termini gapning o’ziga nisbatan ham, logik hukmga nisbatan ham qo’llanadi. Gapga logik nuqtai nazardan qarashni rus tilshunosligida F.I.Buslaev misolida ko’rish mumkin. U gapga ―So’zlar bilan ifodalangan hukm‖ deb ta‘rif beradi.1
Gapga psixologik protsess sifatida qarovchilar ham bo’lgan. Bunday qarash tilda psixologikgrammatik oqim nomini olgan. Bu oqim gapni so’zlovchi psixikasida paydo bo’lgan tasavvurlar birikmasini ifoda etuvchi, shuningdek tinglovchi psixikasida ham shu tasavvurlarni hosil qiluvchi vosita sifatida baholaydi.
Gapga logik nuqtai nazardan qarash o’rtasida prinsipial farq yo’q. Har ikkala qarash ham gapning sof lingvistik belgilarini hisobga olmaydi. Bu hol tilshunoslikda gapning lingvistik belgilarini topishga intilishni kuchaytirib yubordi. Logik-grammatik va psixologik-grammatik oqimlarga qarshi kurashda, uchinchi, yangi oqim-formal-grammatik oqim maydonga keldi. Bu oqim ikki yo’nalishda davom etdi. Ba‘zi olimlar gapga ta‘rif berishda uning kommunikativ birlik sifatidagi xususiyatlarini, bu xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan kategoriyalarni hisobga oldilar, boshqalar esa gapning formal belgilariga, birinchi galda formal-grammatik bilimlariga tayandilar.
Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra darak gap, so‘roq gap, buyruq gaplarga bo‘linadi. Kuzatilgan maqsadga qarab, nutq uslubining barchasida foydalaniladi. Bu gaplarning har biri nutq uslublarida qo‘llanishiga qarab, ayrim o‘ziga hos belgilarga ega bo‘ladi. Darak, buyruq, so‘roq va undov gaplar yig‘iq va yoyiq, sodda yoki qo‘shma gap shaklida bo‘lishlari mumkin. Har bir gap turi o‘ziga hos grammatik belgilarga ega bo‘lish bilan birga, har hil mazmunni ham ifodalaydi.turli mazmunning ifodalanishida, asosan, intonatsiya va ayrim so‘z hamda qo‘shimchalar xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan sjunday xulosa chiqadi: gap shakliy-grammatik va intonatsion jihatdan ham, mazmun-mundarija hihatdan ham tugallikka ega bo‘lgan sintaktik birlikdir. Ammo uning fikriy tugalligi nisbiydir. Gap nutq ichida yashaydi. Nutqda uning mazmuni boshqa gaplar bilan munosabatda bo‘lish orqali yana ham oydinlashadi.


Yüklə 88,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə