Mundarija Kirish


Gapning mazmuniy tuzilishi



Yüklə 88,82 Kb.
səhifə3/6
tarix17.05.2023
ölçüsü88,82 Kb.
#110933
1   2   3   4   5   6
Shartlanganlik munosabatidagi ergash gaplar (2)

1.2. Gapning mazmuniy tuzilishi
Gapning semantik qurilishini semantik sintaksis o’rganadi. Traditsion sintaktik nazariyalarda, asosan, gapning shakliy tomoniga e‘tibor qaratildi. Faqat ayrim masalalarni hal etish jarayonidagina (gapning kommunikativ maqsadiga ko’ra turlarini belgilashda; ikkinchi darajali bo’laklarning ichki klassifikatsiyasida, masalan: holning o’rin, payt, sabab, maqsad va boshqa turlarga bo’linishida, aniqlovchilarning sifatlovchi, qaratqich, izohlovchilarga ajratilishida va boshqalar) semantikasiga murojaat qilindi. Gapning ma‘no xususiyati va tarkibi ham, gapning semantik turlari, gapning shakliy va semantik strukturalarining o’zaro munosabati ham yaqin yillargacha maxsus o’rganish ob‘yekti bo’lmay keldi.
Gapning shakliy va mazmuniy tuzilishini birgalikda olib tadqiq etish o‘tgan asrning 60yillariga kelib kuchaydi. Proffessor A. Nurmonov gapning mazmuniy tuzilishiga N.D.Arutyunova, N. Shvedova, O.I. Moskolskaya, V. Gak, Ye. Paducheva kabi oliimlarning tadqiqotlarida alohida e‘tibor qaratilganini, bu borada asosli qarashlar bayon qilinganini ta‘kidlab o‘tadi. Shuningdek, A.
Nurmonov gap semantikasiga qiziqishning uyg’onishiga lingvistik nazariya rivojiga ta‘sir etgan bir qator omillar: tilshunoslikning gap mazmuni-propozitsiyaga alohida diqqat qiluvchi logika bilan munosabatining yangi pog’onaga ko’tarilishi, til va nutqning ma‘no tomoniga ummiy burilishi, nutq faoliyatining pragmatik komponentiga e‘tiborning kuchayishi, gapga o’zining maxsus ma‘nosi bo’lgan til belgisi sifatida qarashning vujudga kelishi hamda gaplarning semantik ekvivalentligi tushunchasiga tayanadigan sintaktik tranformatsiya nazariyasining vujudga kelishi singari omillar turtki bo’lganligini qayd etib o‘tadi.7
O‘zbek tilshunosligida ham sintaktik semantika sohasida qator ishlar amalga oshirildi. Gapni sintaksisning asosiy birligi sifatida e‘tirof etib, uning mazmuniy jihatlarini yoritib bergan professorlar A. Nurmonov, N. Mahmudov, S. Solixo‘jayeva, R. Sayfullayevalarning tadqiqotlarini alohida ta‘kidlab o‘tish joiz.
Amalga oshirilgan qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda sintaktik semantika deyarli hamma tilshunoslar tomonidan e‘tirof etildi. Shunga qaramay, bu masalada tilshunos olimlar qarashlarida farq mavjud ekanligi ko‘zga tashlanadi.
―O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi‖ qo‘llanmasida ta‘kidlanishicha, N.Yu.Shvedova sintaktik semantikaning asosiy vazifasi deb formal-sintaktik modellarning xususiy ma‘nolarini aniqlashni ko‘rsatadi. Shuningdek, gap struktur sxemasining umumlashtirilgan ma‘nosi va ular o’rtasidagi munosabat gap sintaktik qurilishining asosi bo’lib xizmat qilishi muhimligini qayd etadi. Gapning semantik tuzilishi haqida N.Yu.Shvedovaning qarashlari o‘ziga xosdir. Uning konsepsiyasiga ko’ra, gapning semantik tuzilishi deganda tipiklashtirilgan ma‘no elementlarining abstraktlashtirilgan hamda til sistemasida aks etgan informativ mazmuni tushuniladi. Olima gap mazmunini tashqi omillarsiz, sof til materiallariga tayangan holda o’rganishni maqsad qilib oladi. Shu ma‘noda tilning har qanday sath birliklari, jumladan, gapning qurilish modellari ham undagi kategorial va konkret ma‘nolar munosabatlaridan hosil bo’lgan semantik o’ziga xoslikka ega
bo’ladi.8
Gapning semantik tuzilishi haqida tilshunoslikda yana bir yo‘nalish mavjud bo‘lib, unga ko‘ra gapning kommunikativ minimumi komponentlarining leksik ma‘nolariga asoslanish birinchi planga ko‘tariladi. Bunday qarashni O.I.Moskalskaya ishlarida ko‘rish mumkin. Uning ishlarida gapning semantik tuzilishi struktur tuzilishdan ajratilgan holda o‘rganildi.
Sintaktik semantika bo’yicha Ye.V.Paduchevaning ham izlanishlari o’ziga xosdir. Uning fikricha, gap ma‘nosi leksema ma‘nolaridan, so’z shakllarining grammatik ma‘nolaridan va sintaktik qurilmalarning ma‘nolaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham sintaktik semantika tavsifi leksik va morfologik semantikani bir butun gap semantikasini tavsiflashga komponent bo’lishi kerak.1
Gapning denotativ konsepsiyasi V.G.Gak asarlarida izchillik bilan rivojlantiriladi. U gapni to’liq til belgisi hisoblab, gap referenti situatsiyadir, ya‘ni ―gapirish‖ momentida ob‘yektiv borliqdagi so’zlovchi ongida mavjud bo’lgan va gapning o’zini shakllantirish jarayonida til birliklarini tanlashga ma‘lum darajada sharoit yaratuvchi elementlar yig’indisidir, deydi.
Situatsiya va uni ifodalovchi gap o’rtasidagi munosabat V.G.Gak tomonidan ikki aspektda – onomasiologik va sintaktik aspektda o’rganiladi. Keyingi holatda gap bo’laklarining sintaktik funksiyalari bilan real voqelikdagi ular ifodalagan predmetlarning rollari o’rtasidagi munosabat tahlil qilinadi.
Bu yo’nalish gap ma‘nosini ob‘yektiv borliq bilan bog’laganligi uchun situatsiyani aniqlashga va analiz qilishga alohida ahamiyat beradi.
Gapning denotativ ( nominativ) aspektini ifodalash uchun ko’p hollarda ―propozitsiya‖ terminidan foydalaniladi. Bu termin tilshunoslikka mantiqdan – falsafiy tadqiqotlar ta‘sirida kirib keldi. Propozitsiyaga qiziqishning o’sishi bilan uning talqinida ham xilma-xillik orta bordi.
Simvolik mantiq klassik mantiqdan farqli ravishda, o’zining tushunchalarini inson ongida aks etishini chetlab o’tgan holda bevosita ob‘yektiv reallik kategoriyalari bilan munosabatini belgilashga intiladi. Propozitsiya tushunchaisning bu umumiy tendensiyasi natijasida keyinchalik u tafakkurdan ob‘yektiv reallikka, sub‘yektiv omildan ob‘ektiv omilga «berildi».Natijada u tafakkur shakliga emas, balki uning mazmuniga, u orqali ifodalanadigan ob‘yektiv reallikka nisbatan qo’llanila boshladi. Sub‘yektiv modallik kategoriyasida ozod bo’lib, situatsiyani ifodalashga o’tdi.
Propozitsiya xuddi shu ma‘nosi bilan tilshunoslikka kirib keldi.
Propozitsiya tushunchasi haqida B.Rassel, Ch. Filmor asarlarida bir qator fikrlar bayon qilindi. B. Rassel fikrigacha, propozitsiya ob‘yektiv borliq bilan tuzilishigako‘ra o‘xshash bo’lgan aktual faktdir. Propozitsiya haqida Ch.Fillmor shunday deydi: ―Gapning asosiy tuzilishida‖propozitsiya‖ deb nomlash mumkin bo’lgan strukturani, ya‘ni gapning modal aspektidan ajralgan fe‘l bilan ot o’rtasida zamondan tashqaridagi munosabatlar majmuasini kuzatamiz. Gapning modal aspekti uning butun xarakteristikasini belgilaydigan inkor, zamon, mayl va tus kabi xususiyatlarini o’z ichiga oladi.9
Propozitsiya terminini bugungi kunda ko‘pchilik tilshunoslar gapning mazmuniy asosi deb e‘tirof etadilar. Propozitsiyani gapning mazmuniy tuzilishida o’z ifodasini topgan ob‘yektiv reallik, ob‘yektiv mazmun sifatida talqin etadilar.
Propozitsiya faqat gaplar orqali ifodalanishi shart emas. U so’z birikmasi va so’zlar orqali ham
ifodalanishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi / darsning boshlanishi. Demak, ma‘lum bir sintaktik tuzilma gap bo’lishi uchun ma‘lum propozitsiyani ifodalashdan tashqari, yana boshqa belgilarga – kommunikativ avtonomlik va modallik belgilariga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun ham har qanday gap ot propozitsiyasida transpozitsiya qilinganda, uning kommunikativ bo’linishi (tema-rematik bo’linish) va modal xususiyati yo’qoladi, ammo nominativ mazmuni eskicha saqlanib qoladi. Masalan:
O’quvchilar darsga tayyorlanishdi – o’quvchilarning darsga tayyorlanishi.
Ko’p yurish foydali – ko’p yurishning foydaliligi.
Gapning mazmuniy tuzilishida propozitiv mazmun alohida o‘rin egallaydi. Undan tashqari, har qanday gapda so’zlovchining kommunikativ niyati va modallikning biron turi: yo ob‘yektiv modallik, yo sub‘yektiv modallik ham qatnashadi. Professor N. Mahmudovning ta‘kidlashicha, propozitsiyadan real gap mazmuniga o’tish uchun propozitiv ramkadan tashqari, yana ikki ramkani
– modallik va kommunikativ ramkani qilish zarur bo’ladi. Modallik va kommunikativlik har qanday gap semantik tuzilishning zaruriy komponenti hisoblanadi.10
Shunday qilib, har qanday semantik qurilishi murakkab, ko’p qirrali xarakterga ega bo’lib, unda eng kamida uch komponent: propozitiv, modal, kommunikativ komponentlar ishtirok etadi.
Gapning semantik qurilishini tashkil etgan yuqoridagi komponentlardan eng asosiysi ob‘ektiv borliqdagi ayrim situatsiya yoki voqealarni aks ettiruvchi propozitiv strukturadir.
Demak, har qanday gap mazmunida uch aspekt ishtirok etadi: propozitiv, modal, kommunikativ (tema-rematik) aspektlar. Bulardan til birligi sifatidagi gap semantikasida faqat propozitsiya va ob‘ektiv modallik mavjud bo’lsa, nutq birligi sifatida gap semantikasida ulardan tashqari, albatta, kommunikativ aspekt va ba‘zan sub‘ektiv modallik ham ishtirok etadi.
Ayrim tilshunoslar esa gap mazmunida ekstralingvistik faktorlarni rad etmagan holda, til ifodasining ob‘ektiv borliq, situatsiya bilan bevosita emas, balki inson ongida mavjud bo’lgan ―ob‘ektiv borliq obrazlari‖ orqali bog’lanishiga asoslanib, ―situatsiya‖ termini psixik makon va psixik zamonda joylashgan psixik situatsiyaga nisbatan qo’llaydilar. Hozirgi sintaktik semantikasida denotativ aspekt ko’proq o’rin olmoqda. Bunga ko’ra situatsiya elementlari hisobga olinadi. Ammo tilshunoslar ham shu situatsiya elementlari masalasi ham bir xil emas.
Semantik strukturaning original konsepsiyasi I.P.Susov tomonidan ilgari surildi. Uning qarashicha, real haqidagi bir necha situatsiyalardan tashkil topadi. Inson ongi konkret situatsiyalarni aks ettiradi, umumlashtiradi. Inson ongida abstarkt situatsiyaga ichki til shakllari mos qo’yiladi. Uni hosil qilish uch bosqichda bo’ladi: abstrakt situatsiyaga izomorf bo’lgan strukturani hosil qiluvchi relyatsion bosqich; relyatsion strukturaga sub‘ekt – predikat munosabatni qo’shadigan predikatsion bosqich; predikatsion strukturaga temporollik, modallik va boshqalarni yuklaydigan modifikatsion bosqich.
Ko’rinib turibdiki, semantik tuzilish haqida hozirgi kunda tilshunoslar o’rtasida bir xillik yo’q. Bu esa gapning semantik qurilishining nihoyatda murakkabligi natijasidir.
Har bir gap anglatadigan fikrni, shu gapdan kuzatilgan maqsadni so’zlovchi va tinglovchi bir xil tushunadi. So’zlovchining so’zda tutgan maqsadiga, emotsionalikka qarab gapning tuzilishi ham shunga mos shaklda bo’ladi. Masalan, so’rashni bildiradigan gaplarning tarkibida kim, qaysi kabi olmoshlar ishtirok etadi: Kim keldi? Bu – so’roq gapning shunga moslangan tipik shakllaridan biri. Demak. gap qurilishining so’zlovchi tomonidan ko’zda tutilgan maqsadga (darak, so’roq, buyruq mazmunlariga), emotsionallikka mos keladigan tipik shakllari bor. Lekin, birinchidan, bir turning tipik shakli nutqda boshqa tur uchun qo’llanishi ham mumkin (masalan, so’roq gapning muayyan o’rinlarda darak yoki buyruq mazmunini berish uchun qo’llanishi), ikkinchidan, gap nutq ichida, situatsiyaga qarab turlicha tushunilishi mumkin. Masalan, Kim gapirdi? gapi ishlatilish o’rniga, intonatsiyaga qarab, ―Gapirgan odam kim?‖ mazmuniga ham, ―Hech kim gapirgani yo’q-ku‖ mazmunida ham qo’llana oladi.


Yüklə 88,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə