Mundarija



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə26/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36

Soliq va majburiyatlar


Yerning katta qismi Rossiya imperiyasi tasarrufiga o`tishi sababli, xonlik ma'muriyati zararni yangi soliqlar joriy etish yoki ilgari mavjud bo`lganlarini oshirish yo`li bilan qopladi. Xiva xonligida turli majburiyatlar, (doimiy yoki favqulodda) soliqlarning qariyb 25 turi bo`lgan. Bu yig`imlar miqdori xonlar va amaldorlar zo`ravonligiga bog`liq bo`lgan. Dehqonlar yer solig`i — solg`ut, chorva solig`i — zakot, o`tloqlardan foydalanganlik uchun cho`ppuli, turarjoylari uchun o`tov solig`i to`lashgan.

Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlar — begorni bajarishga ham majbur edilar. Sug`orish tizimi bilan bog`liq bo`lgan ishlar — kachi ular orasida eng og`iri bo`lgan. Xiva dehqonlari har yili kanallarni tozalashga, ko`tarmalarni qurish va qayta tiklashga, to`g`onlar va ko`priklarni ta'mirlashga chiqishlari lozim edi. Dehqonlar o`z ish qurollari va ovqati bilan kelishgan. Ishga chiqmaganlar esa muayyan mablag`ni xazinaga to`lashi shart bo`lgan. Jarchi o`z foydasiga "afanakpuli” yig`gan, ishlar nazoratchisi va mutasaddisi ham o`z ulushini olgan. Sug`orish tizimidagi ishlar dehqonlarni ezib ishlatishning eng og`ir shakllaridan biri edi..

Aholining 90 foizini tashkil etgan dehqonlar sug`orma yerlarning atigi 5 foiziga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlar yerlariga va vaqf yerlarida ishlab berishardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning teng yarmi tizimi bo`yicha mehnat qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin odatda yer egasiga hosilning 40—50 foizini berishgan. Ulushchilar chorakorlar, teng yarmiga ishlovchilar esa yarimchilar deb atalgan. Yeri ham, asbob-uskunalari ham, ishchi qoramoli ham bo`lmagan dehqonlar esa zamindorlar qo`lida har qanday shart asosida ishlashga majbur edilar. Ularni xizmatkor (batrak) deb atashib, ovqatlanishlariga zo'rg`a yetadigan arzimas haq berib ishlatishardi. Ularning yelkasiga zo`raki shartnomalar yuki osilgan edi. Qarzdor dehqonlar o`z qarzlarini uzish uchun ma'lum vaqt davomida ishlab berishlari lozim edi. Qarzini to`lamasdan turib ular xo`jayini xizmatidan keta olmasdilar.

Shu zaylda, yersiz dehqonlar , soni yildan-yilga o`sib bordi. Ular tobora xonlar, beklar va ularning amaldorlariga qaram bo`lib boraverishdi. Bularning bari Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga salbiy ta'sir o`tkazdi.



Yakunlarni chiqaramiz

-Xiva xonligi — mutlaq monarxiya edi;

-xon Turkiston general-gubernatori tomonidan nazorat qilinar edi;

-qo`ng`irotlar urug`i — mamlakat hukmdorining tayanchi;

-so`fiylik — islomdagi oqimlardan biri;

-yer — xon va yirik zamindorlar mulki;

-dehqonlar 25 xil soliqlarni to`lashgan;

-natural xo`jalik saqlanib qolgan edi.


28-§. XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA TOVAR-PDL MLNOSABATLARINING RIVOJLANISHI

Sanoatning rivojlanishi


Rossiya, Buxoro, qozoq dashtlari va Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi, ichki savdo-sotiq avj olishi va bozor munosabatlari joriy etilishi tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o`sishiga imkoniyat yaratib berdi. Shaharning qishloqdan jadal ajralib chiqishi, yangi shaharlarning tez o`sishi va eskilarining rivojlanish jarayoni ana shu asosda kechdi. Mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlar ahamiyati va roli orta bordi. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo`ng`irot, Toshovuz, Gurlan singari shaharlar xonlik iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti markaziga aylandi. Bog`ot, Mo`ynoq, Taxta singari yangi shahar maskanlari ham vujudga keldi. Shaharlar orasida Yangi Urganch alohida ajralib turar edi.'Bu yerda rus, milliy hamda qo`shma kapitalning omborlari, idoralari, sanoat korxonalari joylashgan edi. «11 ta paxta tozalash zavodi (ulardan oltitasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli edi), ikkita yog` zavodi, sovunpazlik va ko`n zavodi, bitta tegirmon bo`lgan/Bu shaharda Rossiya-Osiyo va Sibk savdo bankining bo`limlari, pochta-telegraf idorasi, 10 ta yirik, 36 ta o`rtacha transport, komission va sug`urta jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan edi. Gurlanda esa rossiyaliklarga tegishli bo`lgan namda mahalliy kapital jamlangan edi.ЈBu shaharda asosan paxtani tashib ketish bilan shug`ullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar aka-uka Rizayevlar, P.Ch.Manuilov, S.Maksum, aka- uka Splijonovlar va boshqalarning jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgan edijl909-yili Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi ishlayotgan edi. Sanoat shakllanishi (Birinchi jahon urushi mamlakat xomashyosi va mahsulotlariga nisbatan yangi talablarni ilgari surgan) 1914— 1915-yillarda jadallashib ketdi.Bu davrda 40 ta sanoat korxonasi barpo etildi.

Xiva va Rossiya savdo aloqalarning rivojlanishi


Rossiya tovarlan dunyo bozorlandagi mollarga nisbatan arzon bo`lganligi sababli xonliklar bozoriga tez kirib bordi. Natijada, mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar kasodga uchradi.

Mahalliy tadbirkorlar, milliy kapital namoyandalari Rossiya bozori va Rossiya buyurtmalariga bog`langan edi. Ular ikki davlat o`rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun qo`shma bank tuzishga harakat qilishdi. 1909-yilda Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan "A-Meta" sindikati tashkil qilindi. Sindikat har yili Rossiyaga qariyb 3 ming tonna paxta xomashyosini eksport qilardi va beda urug`ini sotib olish bo`yicha Xiva bozorida o`z yakkahokimligini o`rnatgandi. Rossiya kapitali mustamlaka Xiva xonligida o`z xomashyo bazasini yaratib, ishchi kuchining arzonligi va 1873-yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko`ra mahalliy bozordagi tanho huquqidan foydalanib, ulkan daromad olib, faollashdi.

Xiva va Rossiya o`rtasidagi savdo aloqalari ana shu asosda tez o`sib bordi. Ikki mamlakat o`rtasidagi tovar aylanishi 1899-yilda 4,5 million rublni tashkil etgan bo`lsa, 1912-yilda 26 million rublgacha ortdi. Tabiiyki, Xiva eksportining 90 foizi qishloq xo`jaligi mahsulotlariga, asosan paxtachilikka to`g`ri kelar edi. XIX asrning 80-yillarida Rossiya Xiva xonligidan 1,2 million rublga paxta xomashyosini olib ketgan bo`lsa, 1915-yilda tashib ketilgan paxtaning qiymati 15 million rublni tashkil etgan. Birinchi jahon urushi arafasida rus kapitali paxta, qorako'1, beda, ipak, mevalar, quruq mevalar va boshqa mahsulotlar savdosini tamomila o`z qo`liga oldi.


Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə