33
2.2. Active tutorda
videoma’uza yaratish metodikasi
Axborot texnologiyasi tez rivojlanayotgan va keng tarqalayotgan bir paytda
e’tiborimizni oliy o’quv yurtlari o‘quv-tarbiya jarayoniga yangicha yondashgan
holda qaratmog‘imiz lozim. Oliy o’quv yurtlari ta’lim tizimida yangi axborot
texnologiyalarini qo‘llash:
- yangi pedagogik metod va usullarni rivojlantirishga;
- o‘qituvchilar o‘zlarini oldida turgan masalalarni hal etish stilini
o‘zgartirishga;
- pedagogik tizim tuzilishini o‘zgartirishga olib keladi.
Bu esa o‘z navbatida pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish
bo‘yicha o‘ziga xos masalalarni keltirib chiqaradi.
Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari asosida
o‘qitish metodlarini to‘rt guruhga ajratish mumkin:
- o‘z-o‘zini o‘qitish metodlari;
- "bittasi-bittani" pedagogik metodlari;
- "bittasi-ko‘pni" o‘qitish;
- kommunikatsiya asosida " ko‘plar-ko‘plarni" o‘qitish.
Oliy o’quv yurtlari o‘quv-tarbiya jarayoniga yangi axborot va
telekommunikatsion texnologiyalar asosida yangi pedagogik texnologiya
faoliyatini kiritilishi hozirda qo‘llanilayotgan an’anaviy ta’lim tizimini tubdan
o‘zgartiradi. Bularni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
a) texnologik asoslari tezlikda rivojlanayotganligi tufayli kurslar(darslik,
qo‘llanmalar)ni ishlab chiqish faoliyati qiyinlashadi. Bu o‘qituvchi, metodist va
olimardan pedagogik ishlash usullari bo‘yicha yangi maxsus malakalarni talab
etadi. Bundan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quv materiallarni
ishlab chiqish sifati uchun qo‘shimcha talablar qo‘yadi.
b) An’anaviy o‘qitish tizimining markaziy shakli o‘qituvchidir. Yangi
axborot texnologiyasini oliy o’quv yurtlari va kasb hunar kollejlari qo‘llash sekin-
astalik bilan asosiy og‘irlikni o‘quv jarayonida faol qatnashuvga tushura
boshlaydi. O‘qituvchining asosiy pedagogik faoliyati - o‘quvchi faoliyatini