Mundarja I. Bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati


Markazlardagi bolalar faoliyati maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə5/6
tarix08.06.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#89088
1   2   3   4   5   6
Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida faolyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatini tashkil qilish.

2.2. Markazlardagi bolalar faoliyati maqsadi va vazifalari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishga qo’yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tasavvuridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarmni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan “Ilk qadam” davlat dasturini ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish, dasturni to’laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o’rni belgilab olindi.
“Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachning o’rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o’quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi.
MTTda rivojlanish markazlarini tashkil etish Davlat talablari va «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. Markazlarda ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan tarzda, uning individual qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.
2.Maqsad: bolaning har tomonlama rivojlanishi, tarbiyalanishi, o‘qishi va uning maktabga samarali tayyorgarligini ta’minlash uchun sharoit yaratish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko‘ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko‘nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga qo‘shilish imkoniyatini berishdir.
Rivojlanish markazlari ta’lim, rivojlantiruvchi, o‘qitish, rag‘batlantiruvchi, uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak.
Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish ustida ishlashlari kerak, bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga asoslangan bolaning tashabbusini rag‘batlantirishi kerak.
Gurux xonasidan moslashuvchan va o‘zgaruvchan tarzda foydalanish talab etiladi. Rivojlanish markazlaridagi tematik, didaktik materiallarlar bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga xizmat qilishi kerak.
Markazlarning dizayni estetik, bolalar uchun jozibali bo‘lishi kerak, va mustaqil faoliyatga bo‘lgan istakni keltirib chiqarishi kerak.
Guruh xonasida rivojlanish markazlarini yaratishda o‘yin faoliyatining etakchi rolini hisobga olish kerak.
Rivojlanish markazlaridagi jihozlar xavfsiz va didaktik materiallarlar bolaga tegishli bo‘lishi va bolalarning yoshiga mos bo‘lishi kerak.
Rivojlanish markazlaridagi didaktik materiallarlar tematik vazifalarni hisobga olgan holda o‘zgarishi kerak.
Markazlarni uskunalar bilan ortiqcha jihozlamaslik zarur.
Rivojlanish markazlari bolalar va kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi faoliyatni, shuningdek o‘z o‘zi bilan shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlashi kerak.
3.Tematik rejalashtirishga ko‘ra, pedagog rivojlanish markazlarini didaktik materiallarlar va o‘yin uskunalari bilan ta’minlash ustida o‘ylashi va to‘ldirishi kerak. Markazlarni bolalar va pedagoglarning birgalikdagi faoliyati va hunarmandchilik mahsulotlari bilan to‘ldirish mumkin. Har bir markazning maqsadiga muvofiq haftaning boshida pedagogning tematik rejasiga binoan, materiallarlar tayyorlanadi va jihozlanadi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi: teatrning barcha turlari uchun atributlar va o‘yin materiallarlari, rolli, dramatik, rejissyorlik va dramatizatsiya o‘yinlari, shlyapalar - maskalar, o‘yin to‘plamlari va burchaklarda o‘ynash uchun o‘yinchoqlar - masalan «Sartarosh», «Kasalxona» va "Do‘kon" o‘yinlari atrebutlari.
Til va nutq markazi: didaktik o‘yinlar, tematik mavzuli, katta va kichik formatdagi rasmlar, tasviriy materiallarlar, voqealar ketma-ketligini belgilash uchun rasm seriyalari, turli mezonlarga ko‘ra guruhlash va boshqalar, bolalar kitoblari kutubxonasi, tematik albomlar, topishmoqlar albomlari, magnit harflar to‘plami, "Rasmli Alifbo" kubiklari.
Ilm, fan va tabiat markazi: atrof-muhit madaniyati bo‘yicha didaktik materiallarlar, «Tabiat va odam» rasmlari va illyustratsiyalari, valiologiya bo‘yicha maketlar, tabiiy materiallarlarning xususiyatlarini o‘rganish uchun materiallarlar, to‘plamlar, tadqiqotlar va tajribalar uchun, bilim to‘plamlari, o‘ynash uchun o‘yin mavzular to‘plamlari - uy va yovvoyi hayvonlar, dengiz hayoti, hasharotlar, qushlar.
San’at markazi: tasviriy faoliyat zarur jixozlar, xalq hunardmanchilik mahsulotlari tasvir etilgan albomlar va illyustratsiyalar, dekorativ-amaliy san’at, turli xil xalqlarning hayoti, madaniyati, urf-odat aks ettirilgan rasmlar, bolalar yozuvchisi va O‘zbekiston shoirlari portretlari, tematik rang-barang kitoblar, erkin ijod uchun rasm chizish albomlari.
Markazlardagi bolalar faoliyati: o‘yin, mustaqil nutq, kognitiv, kommunikativ, kognitiv-tadqiqot, eksperimental, ijodiy, kommunikativ, mehnat, samarali, musiqiy va badiiy.Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to’xtaladigan bo’lsak, til va nutq markazida bolalarning do’stlari orasida o’z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo’ladi. Bola markazda o’zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi mumkin bo’ladi.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarboya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish-yasash ham matematika bilan shug’ullanish imkoniga ega bo’ladi. Bolalarni o’yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak” , “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa katta” , “Mening mashinamga 10 ta odam sig’adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqotida qo’shish, ayirish , taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarnin kayfiyatini ko’tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini qo’llab-quvvatlash sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi, Masrkaz kerakli jihozlar bilan ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o’rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada doim ham bolaga bunday sharoit yaratib bo’lmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa o’z navbatida bolaning nutqining rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Syujetli-rolli o’yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo’lishi, o’z mahoratini ko’rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo’lib, o’yim jarayonida bola ulardan foydalanishni o’rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’ladi. O’yinda oila a’zolarining o’zaro munosabatlari aks etadi va ularning axloqiy tarbiya olish imkonini yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o’tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg’otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to’g’ri tashkil etilsabolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o’zlashtiradi.Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarga ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo’llari bilan urug’larni tuvaklarga sepish orqali unga suv quyishi va urug’ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli hodisalar hisoblanadi.
Rivojlanish markazlarida o‘quv va bilim jarayonini tashkil qilish uchun turli xil usullar, uslublar va o‘yin shakllaridan foydalanish: suhbat, hikoya, shou, badiiy adabiyot o‘qish ensiklopedik adabiyotlarni o‘qish, ko‘rib chiqish va muhokama, tushuntirish, munozara, video namoyishlarni tomosha qilish, kompyuter taqdimotlarini tomosha qilish, ijodiy faoliyat, tadqiqotlar, tajribalar, tajriba jonli va jonsiz tabiatning sirlari va boshqalardan foydalanish.;
Bolaning rivojlanishi faqat o‘quv faoliyatida emas, balki o‘yin tarzida ham amalga oshiriladi. Markazlardagi bolalarning o‘yin va kognitiv faoliyati davomida tarbiyachi bolalarning ishini kuzatib boradi, tavsiya etilgan materiallar bolalar uchun qanchalik qiziq, qulay va xavfsiz ekanligiga e’tibor qaratadi. Agar kerak bo‘lsa, tarbiyachi didaktik materiallarni to‘ldiradi yoki o‘zgartiradi. Tarbiyachi guruhdagi barcha bolalar besh kun davomida har bir markazga tashrif buyurishini ta’minlaydi. Kuzatish va tahlil asosida kutilayotgan natija, muammolar, yechimlar tarbiyachi har hafta oxirida bolalarning o‘z maqsadlariga erishgan yutuqlarini qayd etadi, agar shunday bo‘lsa, muammolar pedagogning va bolalarning va uning ota-onalarining shaxsiy ishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, rivojlanish markazlarida to‘g‘ri tashkil etilgan ishlar har bir bolaga o‘ziga yoqadigan narsani topishga, uning kuchli va qobiliyatiga ishonishga, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga, tushunishga imkon beradi va ularning his-tuyg‘ularini va xatti-harakatlarini baholashga imkon beradi va aynan shu rivojlanayotgan ta’lim asosida yotadi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo’lib uyg’ayishlarig, ularni Ona Vatanlariga sodiq bo’lib shakllanishlari uchun zaminyaratadi, ularning kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi.


XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
· davlat maktabgacha ta’lim muassasalari; · maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari; · maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari; · maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7bobdan iborat bo‘lib, I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə