Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi kursi Reja


Vokal – xor ijrochiligi madaniyatini shakllantirish texnologiyasi



Yüklə 47,74 Kb.
səhifə8/11
tarix21.10.2023
ölçüsü47,74 Kb.
#129454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi kursi Reja

Vokal – xor ijrochiligi madaniyatini shakllantirish texnologiyasi
Reja:

  1. Vokal-xor malakalari haqida ma’lumot

  2. Vokal-xor ijrochiligining ovozlarga bo‘linishi

  3. Vokal-xor ijrochiligida mashqlarning ahamiyati

Musiqa madaniyati darslarida vokal-xor ishlari, o‘quvchilarning axloqiy estetik tarbiyasi, o‘qitishning eng faol shaklidir. Aynan vocal-xor malakalari vositasi bilan yoqimlim va ohangdosh sof, xor jarangdorligiga erishish mumkin. Masalan vokal-xor malakalari 6 turga bo‘linadi (qo`shiq kuylash holati, nafas, ovoz hosil qilish, sozlanish, ansambl, talaffuz).
Xor-(yunoncha choros- davra o‘yin qo‘shig’i)- antic davr tetr tomoshalarining jamoaviy ishtirokchisi; birgalikda kuylab, raqsga tushib, dramatik holatlarga, qahramonlar harakatiga izoh beradigan aktyorlar guruhi; xonandalar jamoasi, tarkibiga ko‘ra xorlar – erkaklar xori, ayollar xori, bolalar xori va aralash, shuningdek ijrochi soniga qarab kamer(12-20 kishidan iborat) kichik va katta (100-120 gacha , qo‘shma xorlarda 500-1000 va undan ortiq ishtirokchi qatnashishi mumkin) xorlarga bo‘linadi.
Jamoaviy kuylash vocal-xor ijrochilik mahorati bilan uzviy bog`liq bo‘lib, hamohanglik, so‘z, talaffuz, musiqiy badiiy vositalar, nafas olish, tovush hosil qilish va uni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonda o‘quvchilarda gavdani to‘g`ri tutish, yuz, bo‘yin, yelka mushaklarini erkin qo‘yib, kuylayotgan paytda xalqum va tomoqni siqmasligi, boshni erkin tutishni nazorat qilib boorish va shu tarzda kuylash malakasini shakllantirish tavsiya qilinadi.
Bolalarninig ovoz boylamlari kattalarnikidan ancha farq qilib, baland pardalarda jarangdor yangraydi. Ularning ovozi o‘z navbatida soprano yoki diskant(o‘g’il bolalardagi eng baland ovoz) va altga bo‘linadi.
Soprano yoki diskant deb bolalarning yuqori ovoziga aytiladi. Bunday ovoz yengil o‘zgaruvchan , yumshoq yangragani sababli qo‘shiqlarda asosiy kuy yo‘lini ta’sirchan ijro etadi. Uniing diopozoni Do 1 dan-sol 2 ga bo‘lgan oraliqni egallaydi. Alt esa pastroq ovoz bVlib bir muncha yVg’on va kuchli tembrga yaqinligi bilan ajralib turadi.Diapozoni Kichik oktava Sol dan- 2 oktava Re gacha bo‘ladi.
Vokalda jamoa bo‘lib kuylashda o‘quvchilarning ovozini zo‘riqtirmaslik, ovoz sifatlari ( tembr diapozon)ni o‘stirish va rivojlantirish maqsadida kuylashdan oldin albatta barcha sinflarda ovoz sozlash mashqlarini bajarish tavsiya etiladi. Bunday mashqlarni prima, tertsiya va kvinta oralig’ida bajarish , o‘quvchilarning ovozini yarim tondan ko‘tarib yoki pasaytirib kuylash maqsadga muvofiq. Boshlang’ich sinflar uchun o‘yin tarzida chapak chalib ovoz sozlash mashqlarini o‘tkazish yaxshi natija beradi. Milliy ohanglarimizdan tuzilgan ovoz sozlash mashqlariniing ham foydasi katta. Mashqlarni guruhlarda bajarish o‘quvchilarni o‘zaro hamkorlikka va hamjihatlikka o‘rgatadi.
Jamoa bo‘lib kuylashda legato, ya’ni ohangning bir tekis bog’lanishi, nonlegato- bog’lamasdan alohida ijro etish(tovushlar orasida nafasni ushlash). Stakkato – tovushlarni uzib qisqa ijro etish (tovushlar orasida nafas olmaslik) kabi ijro uslublaridan foydalanish o‘quvchilarning ihjro mahorati va zehninio o‘stiradi.


Yüklə 47,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə