Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish


I. MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISHNING ILMIY VA NAZARIY ASOSLARI



Yüklə 351,79 Kb.
səhifə2/10
tarix30.12.2023
ölçüsü351,79 Kb.
#164406
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
“MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI

I. MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI O‘RGATISHNING ILMIY VA NAZARIY ASOSLARI
1.1. Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichlari
Yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichlari dastlabki o‘rgatish davrida sport tayyorgarligi mazmuni xususan jismoniy sifatlarini rivojlantirishga (tizimli, kordinatsion qobiliyatli, epchilligi va boshqalar) shu jumladan, Futbol o‘yini texnikasi asoslarini egallashga qaratilgan maxsus jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beruvchi vositalardan iborat bo‘lishi kerak. Dastlabki tanlov ixtisoslashtirilgan mashqlarning kirish va boshlang‘ich davri hisoblanadi. Yakuniy tanlov esa faqatgina uzoq vaqt ixtisoslashtirilgan mashqlar o‘tkazilishidan keyingina o‘tkaziladi. Dastlabki davrda olingan va shug‘ullanuvchilar yakuniy natijalar o‘rtasidagi yaqin bog‘liqlik mavjudligi sport qobiliyatlarini ratsional tanlash va ishonchli tahmin qilinishini ko‘rsatadi. Ilk tanlov davrida sportchilarni maxsus kuzatishlar yordamida futbol o‘yiniga ko‘nikmalari va malakalarini muvaffaqiyatli egallashga qobiliyatlari to‘g‘risida fikr yuritishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar olinadi. Ularning sog‘liqlarini hisobga olib yosh sportchining qiziqishlari ularning futbol bilan shug‘ullanishlariga ota-onalarining munosabatlari, shug‘ullanuvchining mehnatsevarliklari va irodaviy sifatlari va shu kabilar aniqlanadi. Asosan harakatli o‘yinlar maxsus usullarni mashqlar shaklida qo‘llash orqali mashg‘ulotlarda biror-bir mashqni bajarilishi birinchi navbatda uning sport yutuqlarini o‘sishiga ta’siri bilan belgilanishi qoidasidan kelib chiqish kerak. Aynan yosh futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga, harakatlanish harakatlari turlarini kengaytirishga, eng asosiysi futbolchi uchun muhim bo‘lgan taktik harakatlarga qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlovchi psixofizik jarayonlari va funksiyalarini rivojlantirish va takomillashtirishga yordam beradigan harakatli o‘yinlarni tanlab olish muhim deb xisoblaymiz.
Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichini albatta eng avvalo jamoani shakllantirib olishdan boshlanadi. Buning uchun saralash jarayonini amalga oshirmoq lozimdir. Futbol sport turida saralash mohiyatiga ko‘ra, bolalar maydonchasida eng epchil bolalarni “topishdan” iborat bo‘lgan. Ancha yuqori darajadagi mashg‘ulotlarga, futbolga o‘yinchilar layoqatini belgilashda, shu sohaga oid ilmiy tadqiqot natijariga tayanish maqsadga muvofiq. Demak, yuqori maxoratga erishishga kobilyatlilarni topish zarur yoki o‘rtacha qobiliyatli o‘yinchilardan (ular juda puxta tayyorlanganda ham) takomillashuvga faqat yagonalargina erishadilar.
Bolalar bu yoshda, nafas, qon aylanish organlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda ishtirok eta oladilar. 9-10 yoshda o‘g‘il bolalarda asab tizimi shunchalik rivojlangan bo‘ladiki, ular futboldagi barcha asosiy harakatlarni o‘zlashtirishga qodir bo‘ladilar. Charm to‘pning xaqiqiy ustasini tarbiyalash uchun 8-10 yillik mashg‘ulotlar talab qilinganligi tufayli, o‘g‘il bolalar bilan mashg‘ulot ishlarini 9-10 yoshdan boshlash maqsadga muvofiq. Ammo saralash ishlari 9-10 yoshda albatta to‘xtab qolmaydi. Yuqori darajadagi o‘yinga qobiliyatni aniqlash uchun anchagina ko‘p vaqt talab qilinadi. Yosh o‘yinchilarning ruhiy-jismoniy sifatlari katta o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. 10 yoshli bola keyinchalik nimalarga qodir, u qanday ishchanlik kobilyatiga ega bo‘ladi, qanchalik o‘sadi, bularni biz yaqinroq ham aniqlay olmaymiz. O‘smirlik davrida bola ruhiyatida kutilmagan va juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Lekin tanlashda, faqat ayni paytdagi bolaning jismoniy tayyorgarligi qanday, texnik tayyorgarlikka egami, uning tana va fiziologik ko‘rsatkichlari parametrlari qanday ekanligini belgilash mumkin. Albatta, bola katta yoshga kirganida kim bo‘lishi haqida jiddiy xulosalar chiqarish mumkin emas. Shuning uchun, saralash bolalikni tugashigacha tahminan 10 yoshdan boshlanib uzoq davom etuvchi jarayon bo‘lishi lozim.
Dastlabki o‘rgatish jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda bolaning ontogenetik hamda biopsixologik xususiyatlari e’tiborga olinishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki o‘rgatish jarayonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar yuklamalari shug‘ullanuvchi bolalarning jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab me’yorlanishi va qo‘llanilishi lozim.
Saralashning birinchi bosqichi, qabul sinovlari vaqtida sodir bo‘ladi. Aniq testlar asosida futbolga qobiliyatli bolalar tanlab olinadi va layoqatsizlar saralanadi.
Ikkinchi bosqich – qabul sinovlarini muvaffaqiyatli uddalaganlar ichidan eng yaxshilarini tanlash. U aniq testlarga qaratilgan mashg‘ulotlar davomida uzoq kuzatuvlar asosida o‘tkazadilar.
Uchinchi bosqichda yuqori maxoratga erishishga qobiliyatli futbolchilar aniqlanadi. Odatda ular, sport maktablarida shug‘ullanuvchilar yoki turli futbol klublarida ishtirok etuvchi yosh sportchilardir.
Saralash jarayonida quyidagi jihatlarni e’tiborga olish lozim:
Hozirgi paytda, sport maktablariga qabul sinovlari asosida qabul qilinadi. Odatda sport maktablari yon atrofdagi, uning ta’sir doirasidagi hududlarni qamrab olishga harakat qiladi. Lekin hozirga qadar, ko‘p sonli bolalar ichida saralashni amalga oshirish uchun sport maktablari qabul sinovlariga barcha bolalarni jalb qilishning ilojisi bo‘lmadi. 6-14yoshli bolalar umum ta’lim maktablariga boradilar, demak saralashni tashkil qilish ishlarini shundan kelib chiqib amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Yüklə 351,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə