|
Mustahkamlash
|
tarix | 02.06.2023 | ölçüsü | 3,06 Mb. | | #115049 |
| Ko\'rish organlarining funksiyasi MUSTAHKAMLASH BIOLOGIYA KO‘RISHNING FUNKSIYASI - Ko‘zni optik kameraga o‘xshatish mumkin. Uning to‘r pardasi yorug‘likka sezgir, ko‘z gavhari va shox parda yorug‘likni sindiradi. Ko‘zning ikki nuqtani, ular orasidagi eng kam masofada ajrata olish xususiyati ko‘rish o‘tkirligi deyiladi.
KO‘RISHNING FUNKSIYASI - Kipriksimon muskullar ko‘z gavhari qavariqligini o‘zgartirib, yorug‘lik nurini ko‘proq yoki kamroq sinishini ta’minlaydi. Gavhar shaklining o‘zgarishi akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya tufayli buyumlar aniq ko‘rinadi. Tasvirning sariq dog‘ga tushganida bitta bo‘lib ko‘rinishi stereoskopik ko‘rish deyiladi.
- Yaqindagi buyumlarga qaraganda ko‘z gavhari qalinlashadi
- Uzoqdagi buyumlarga qaraganda ko‘z gavhari yupqalashadi
- Ko‘rishning buzilishi tug‘ma uzoqni yoki yaqinni ko‘rishdan iborat. Tug‘ma yaqinni ko‘rish ko‘z kosasining cho‘ziq bo‘lishi – miopiyaga, tug‘ma uzoqni ko‘rish esa ko‘z kosasining qisqa bo‘lishi – gipermetropiyaga sabab bo‘ladi. Ko‘rish buzilganda shifokor maxsus ko‘zoynak tavsiya qiladi.
KO‘RISHNING BUZILISHI KO‘Z KASALLIKLARI - Melanin pigmenti kamalak pardada ko‘z rangini belgilaydi. Agar pigment bo‘lmaganda yorug‘lik faqat qorachiq orqali emas kamalak pardadan ham o‘tardi. Pigmentning bo‘lmasligi albinizm kasalligiga olib keladi.
KO‘Z KASALLIKLARI - Shapko‘rlik tayoqchasimon hujayralarda rodopsin yoki A vitamin yetishmasligi – glaukomaga sabab bo‘ladi. Keksalikda ko‘z pardasining qon bilan ta’minlanishi buziladi. Bu o‘zgarishlar ko‘z gavharining xiralashuvi – kataraktasiga sabab bo‘ladi.
KO‘RISH GIGIYENASI - Yozish, o‘qish, bichish, tikish kabi ishlarni bajarganda narsalarni ko‘zdan 40 cm uzoqlikda tutish va yorug‘lik ko‘zga chap tomondan tushishi kerak. Ko‘zga mikrob tushsa yallig‘lanish – konyunktivit paydo bo‘ladi.
KO‘RISH GIGIYENASI - Harakatlanayotgan transportda, ayniqsa, avtobusda o‘qish mumkin emas. Chunki transportda kitobning qimirlab turishi ko‘zni toliqtirib, ko‘rishning buzilishiga sabab bo‘ladi. Kitob o‘qiyotganda xat yozayotganda xonaning yoritilganligiga e’tibor berish kerak.
MUSTAHKAMLASH MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR: - Darslikning 162-sahifasidagi “Ko‘rish organlarining funksiyasi” mavzusini o‘qib o‘rganing va topshiriqlarga javob yozing, javoblaringizni tekshirib ko‘ring.
- Mavzudagi lug‘at so‘zlarni lug‘at daftaringizga yozib, yod oling.
- “O‘ylab javob bering” topshirig‘iga og‘zaki javob bering.
Dostları ilə paylaş: |
|
|